Mazkur o‘quv-uslubiy majmua orqali universitetni bitiruvchi talabalar bo‘lg‘usi mutaxassis-kadrlar kundalik ish yuritish jarayonida ko‘plab duch kelinadigan hujjatlar bilan ishlashni o‘rganadilar


Download 1.52 Mb.
bet29/90
Sana14.03.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1266423
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90
Bog'liq
-Davlat tilida ish yuritish

BILDIRISHNOMA. Bildirishnoma xodimning yoki quyi tashkilot rahbarining yuqori tashkilot rahbariga biron bir voqyea-hodisa munosabati bilan axborot tarzida yozilgan xatidir. Bildirishnomalar tashkilotda ishlaydigan xodimni mukofotlash yoki jazolash haqidagi taklif, belgilangan rejaning bajarilganligi yoki jarayonning borish tafsiloti mazmunida bo‘lishi mumkin.
Bu hujjatning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bildirishnoma muallifi yuqori tashkilot yoki uning rahbarini ma’lum voqea-hodisa to‘g‘risida xabardor yoki ogoh etishi bilan birga bu voqyea-hodisaga o‘z munosabatini ham bildiradi va aniq takliflarini bayon qiladi. Shundan kelib chiqib, bildirishnomani boshda bu nomaning yozilishiga sabab bo‘lgan omillar, keyin muallifning unga bo‘lgan munosabati va oxirida aniq taklif-mulohazalari bayon etilgan qismlardan iborat deyish to‘g‘ri bo‘ladi.
Bildirishnoma yuboriladigan tashkilot va rahbarning lavozimi va ism familiyasi, bildirishnomani yozgan kishi yoki tashkilot va uning rahbarining lavozimi va ism-familiyasi, lozim bo‘lganda, bildirishnomaning nima haqda yozilayotganini bildiruvchi sarlavha va yangi qatorda Bildirishnoma degan so‘z, shundan so‘ng xat mazmuni va oxirida bildirishnomani tayyorlagan xodim yoki rahbarning imzosi hamda sana yozilgan zaruriy qismlardan iborat bo‘ladi.
Bildirishnomalarni tayyorlashda faqat biror voqea, holat to’g’risida xabar berish bilan cheklanish yetarli emas, ularning sabablari tahlil qilinishi, xulosa chiqarilishi, takliflar berilishi ham lozim.
Shuning uchun bildirishnomalarda xulosa va takliflar aniq va ishonarli yozilishi talab qilinadi.
Bunday hujjatlar matni ikki qismdan iborat bo’lib, birinchisida, yozilishiga sabab bo’lgan voqea, dalillar berilsa, ikkinchisida, shunga oid xulosa va aniq takliflar bayon qilinadi. Agar bayon qilinayotgan ma’lumotlar aniq sana yoki vaqtda tegishli bo’lsa, bu sana yoki vaqt matn oldidan ko’rsatilishi lozim. Masalan: 2002-yil 1-oktyabrdagi holatga ko’ra
BILDIRGI. Bildirgi - ishgа tushgаnlik, muаyyan vаzifаni bаjаrgаnlik hаqidа mаnsаbdоr shаxs nоmigа yozilаdigаn qisqа аxbоrоt bеruvchi rаsmiy hujjаt.
Ijtimоiy fаоliyatdа bildirgi kеng qo‘llаnilаdi. Mеhnаt tа`tilidаn, turli sаbаblаr bilаn xizmаt sаfаridаn qаytgаndа, bа`zаn bеtоb bo‘lib sоg‘аygаch, muаssаsа rаhbаrlаrini xаbаrdоr qilish mаqsаdidа yozilаdi.



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling