Mazkur o‘quv-uslubiy majmua orqali universitetni bitiruvchi talabalar bo‘lg‘usi mutaxassis-kadrlar kundalik ish yuritish jarayonida ko‘plab duch kelinadigan hujjatlar bilan ishlashni o‘rganadilar


Download 1.52 Mb.
bet32/90
Sana14.03.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1266423
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90
Bog'liq
-Davlat tilida ish yuritish

TUSHUNTIRISH XATI.
Tushuntirish xati talaba yoki xodim, ishchi yoki xizmatchi tomonidan ta’lim-tarbiya yoki ishlab chiqarish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, tartib-qoidaga rioya qilinmaganlik sabablari ko‘rsatilib yozilgan xatdir.
Rahbar o‘z nomiga yozilgan tushuntirish xati asosida xodimga nisbatan qanday chora ko‘rish-ko‘rmaslik haqida ma’lum xulosaga keladi. Uning zaruriy belgilari quyidagicha: tushuntirish xati kimga va kimdan yo‘llanmoqda, tushuntirish xati yozuvi, asosiy matn, imzo, sana.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Imamova.T, Tuxvato‘llina.L Ish qog‘ozlari qanday yoziladi? -Toshkent, 1992.
2.Tojiyev.Y,Hasanova.N,Tojimatov.Q,Yo‘ldosheva.O O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari. -Toshkent, 1994.
3. Mahmudov.N, Rafiyev.A, Yo‘ldoshev.I Davlat tilida ish yuritish (o‘quv qo‘llanma) .-Toshkent, 2004.
4. Mahmudov.N, Rafiyev.A, Yo‘ldoshev.I Davlat tilida ish yuritish (darslik) .-Toshkent, 2006.
5. Z.Muqimov o‘zining “O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi”.Zarafshon 2003 yil
6. Mukarramov M. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining ilmiy stili. – T., “Fan” 1984.
7. Qurbonov T.I. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining publisistik uslubi. ND. T., 1987.
Nazorat savollari:

1. Ariza, tarjimai holning yozilish uslubi qanday?


2. Bildirishnoma qanday yoziladi?
3. Yo’riqnoma, nizom, ustav–bo’lar qanday hujjatlar?
4. Vasiyatnoma nima maqsadda yoziladi va qanday rasmiylashtiriladi?
5. Tavsifnoma, tavsiyanoma, ularning yozilish uslubi, o’ziga xos xususiyatlari.
6. Mehnat daftarchasi va shaxsiy hujjatlar yig’majildida nimalar aks etadi, saklanadi?
7. Tilxat, tushuntirish xati, hisobotning tarkibiy qismlari?
8. Xizmat xatlarida nimalar yoziladi?
9. Qanday hollarda telegramma, telefonogramma yoziladi?

Aqliy hujum” metodini o’tkazish bosqichlari


O’qituvchi: Muammoni aniqlaydi.
1.Talabalarning o’zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratish;
2.Bildirilayotgan g’oyalarni ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish;
3. Qog’oz varaqalari g’oyalar bilan to’lgandan so’ng ularning yozuv taxtasiga osib qo’yish;
4. Bildirilgan fikrlarni yangi g’oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash;
5. Boshqalar tomonidan bildirilgan fikrlar ustidan qo’lish, kinoyali sharxlarning bildirilishiga yo’l qo’ymaslik;
7. Yangi g’oyalarni bildirish davom etayotgan ekan, muammoning yagona to’g’ri yechimini aytishga shoshmaslik;
8. Talabalar tomonidan bildirilayotgan xar qanday g’oya baholanmaydi;
9. Talabalarning mustaqil fikr yuritishlari, Shaxsiy fikrlari uchun qulay muhit yaratiladi;
10. G’oyalarning turlicha va ko’p miqdorda bo’lishiga ahamiyat qaratiladi;
11. Boshqalar tomonidan bildirilgan fikrlarni yodda saqlash, ularning fikrlariga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning talabalar tomonidan sodir etilishiga erishiladi.


Talaba: O’qituvchi tomonidan yaratilgan shart- sharoitlarga amal qilgan holda berilgan vazifani mustaqil bajaradi. Kerakli natijani qo’lga kiritadi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling