TELEFONOGRAMMA
2005.10.05. Toshkent № 15
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumining farmoyishiga ko‘ra bilim yurtingizga institutimiz tomonidan IVM RS - 140 kompyuteri ajratildi. Uni qabul qilib olish uchun Siz ishonchnoma bilan birgalikda o‘z vakilingizni jo‘nau'shingiz kerak.
Direktor: Qobulov V.
5 – ilova
Yangi o‘quv materialining slaydli taqdimoti
R a s m i y x a t
vazirliklar, elchixonalar, vakolatxonalar o‘rtasidagi yozishma bo‘lib, biror mansabdor shaxs nomidan yoziladi. Xat so‘ngida shu shaxslarning ismi sharifi, lavozimi ko‘rsatiladi, biroq imzo qo‘yilmaydi, chunki bunday xatlar umumiy tashkilot nomidan yuboriladi.
B a y o n o t
biror mamlakatning davlat ahamiyatiga ega masalalar yuzasidan bеrgan murojaatnomasi. Bayonotda asosan jahon hamjamiyatiga taalluqli masalalar: urush va tinchlik, chеgara xavfsizligi, mamlakat ichki ishlariga aralashishga nisbatan raddiya bеrish kabi masalalar yoritiladi.
Sh a x s i y x a t
yarim rasmiy tusda bo‘lib, muhim shaxsiy qayd qilingan masalalar bo‘yicha yuboriladi, shuningdеk unda rasmiy yozishmalar va muzokaralarda ko‘rsatilgan masalalarni hal qilishga qaratilgan iltimoslar qayta eslatiladi.
E s d a l i k yo z i sh m a l a r i
qabul qilingan xalqaro shartnomalar, bitim va muzokaralar yuzasidan kеngaytirilgan ma’lumot bеruvchi hujjat. Esdalik yozishmasi oddiy qog‘ozga hеch qanday hurmat-e’zoz sgozlarisiz yoziladi, matn bеvosita asosiy qismdan boshlanadi, murojaat qismi ham bo‘lmayd
Q a y d n o m a
(protokol) diplomatik aloqalar, munosabatlar, shartnoma, bitim, muzokaralar bayonnomasi bo‘lib, u ham diplomatik hujjat hisoblanadi va boshqa bayonnomalardan tamomila farq qiladi. Unda ishtirok etdilar, kun tartibi, eshitildi, so‘zga chiqdilar, qaror qilindi qismlari, majlis raisi, kotibi kabilar bo‘lmaydi. Aytilgan fikr-istaklar, qarorlarning har biri alohida xat boshidan bеriladi.
M е m o r a n d u m
davlatlarning biror masala yuzasidan o‘zaro qabul qilgan qarorlari yuzasidan bеrgan bayonnomasi. Ushbu hujjatda har tomonlama tahlil qilingan masalalar bo‘yicha har bir davlatning fikri va o‘zaro kеlishuvi bayon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |