Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet14/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Paleotropikolam. Bu olam egallagan hududiga ko‘ra ikkinchi o‘rinda turadi, tarqalgan o‘simliklarning turlariga ko‘ra boshqa barcha olamlardagidan boyroq. U Eski Dunyoning tropiklar va subtropiklarini ya’ni Afrikaning katta qismini Old Osiyo, Hindiston, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Tinch okeanining orollarini o‘z ichiga oladi. Yangi Zelandiyaga kelsak, uni bir tadqiqotchilar paleotrop olamiga mansub hisoblashsa, boshqalari Avstraliya yoki Antarktik viloyatga birlashtirishadi.
Tropiklarda tarqalgan turkum o‘simliklarning 47% ga yaqini paleotropik olamda, 40% neotropik va faqat 13% esa har ikkala olamga mansub. Ularni pantotropik turkumlar deb ataladi. Pantotropik turlar juda oz. Shu bilan birga ko‘plab oilalar ham borki ularning vakillari bitta olamda yohud boshqa floristik olamda tarqalgan.
Paleotropik olamda Nepenthaceae, Pandanaceae, Myristicaceae, Asclepidaceae, Dipterocarpaceae poyasi sukkulentlar guruhidan Euphorbia turkumi, Moraceaeoilasining ko‘pchiligi, ayniqsa Ficus turkum Liliaceae oilasining turkumlari–Aloe, Sanservinia va Dracena tarqalgan.
Floradagi o‘ziga xos xususiyatlarga ko‘ra paleotrop olam Hindiston-Afrika (g‘arbiy) va Malaziya (sharqiy) qismga bo‘lishadi. Bunday bo‘linish floraning tarixiy rivojlanishi bilan bog‘lanadi.
Neotropikolam. YAngi Dunyoda joylashgan va Markaziy va deyarli jami Janubiy Amerikani egallaydi. Bu olam uchun quyidagi oilalarning o‘simliklari xarakterli: Bromeliaceae, Cactaceae, Tropaerolaceae, Cannaceae, Melastomataceae va boshqalar. Xarakterli turkumlari Yucca, Agave, Fuchsia. Neotropik olam endem o‘simliklarga ancha boy.
Avstraliya olami. Bu olamga Avstraliya va Tasmaniyani kiritishadi. Boshqa qit’alardan ancha ilgari ajralganligi natijasida Avstraliya va Tasmaniya uzoq vaqt mustaqil rivojlangan. Bu shunga olib keldiki, Avstraliya floristik olami boshqalarini orasida xilma-xilligi jihatidan o‘ziga xosligi tufayli alohida o‘rin egallaydi. U joyda o‘sadigan 1000 atrofidagi turlardan 860 dan ko‘prog‘i endemiklardir; ko‘pchilik turkumlar ham endemik. Bu joylar uchun eng xarakterlisi bo‘lib, Eucalyptus turkumi deyilsa bo‘laveradi, uning 500 ga yaqin turlari bor. Melaleucaturkumi proteylar oilasidan 100 ga yaqin turni, Xanthorrhoea turkumi, o‘tdaraxtlar (Casusarinaceae oilasidan) ajoyib ko‘rinishga ega. Morfologiyasida anchagina xilma-xil 700-800 atrofidagi turlarni o‘z ichiga olgan Acacia turkumining yarmidan ko‘p turlari faqat Avstraliya olami hududlarida o‘sadi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling