Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


O‘simliklarning qurg‘oqchilik davriga moslanishlari


Download 434.88 Kb.
bet22/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

O‘simliklarning qurg‘oqchilik davriga moslanishlari
Qurg‘oqchilik besh oydan ko‘p davom etmaydigan yog‘ingarchiliksiz davrning oxiriga kelib daraxtlar deyarli bargsizlanadi. Yog‘ingarchiliksiz davr besh-etti oy davom etsa bu xolat savanna tipidagi siyrak daraxtli o‘rmonlarga xos. Bunday o‘rmonlarning tarkibini qurg‘oqchilikka chidamli daraxtlar turlari tashkil qiladi. Quruq o‘rmon deb ataladigani savanna bilan o‘rmon va o‘t o‘simliklar jamoalarining oralig‘ini egallaydigani bilan almashadi. YOg‘ingarchilik kam bo‘ladigan joylarda quruqchilik davri etti to‘qqiz oy davom etib bu joylarda tikanli siyrako‘rmon o‘sadi.
Ekvator atrofidagi yomg‘irli o‘rmonlarning shoxlari pastga egilgan bo‘lgan xolda tropik mintaqalarda unday emas. Bu daraxtlarni yog‘ingarchilikni kamayshishi tufayli daraxt barglari suv bug‘latishni buta vaa o‘t o‘simliklaridan ko‘p bug‘latadi. O‘simlik bug‘latgani o‘rniga tuproqdan qancha kam suv olsa, daraxtni o‘sishi uchun sharoit qiyinlashadi. SHu boisdan yozgi nam davrli tropik mintaqalarning daraxtlari qurg‘oqchilik davriga o‘zlarida moslanishlarni hosil qiladilar. Bu moslanish suvni g‘amlash uni yo‘qolishini kamaytirishi bilan amalga oshadi.
Barglar orqali suv bug‘lanishini kamaytirish maqsadida daraxtlar qurg‘oqchilik davrida barglarini to‘kadi. Tropiklarda daraxtlar qurg‘oqchilik davrida tuproqdagi namlik etarli bo‘lganida yashilligini saqlaydi. Hamma daraxtlar ham qurg‘oqchilikda xazonrezgilikni amalga oshirmaydi. Bir xili yomg‘irli davr tugashi bilan barglarini to‘kadi, boshqalarida xazonrezgilik uzoq vaqt davom etadi. uchinchilari qurg‘oqchilik davrining oxirida yangi kurtaklar ochila boshlaganda bargini to‘kadi.
Doimo yashil o‘simliklarning barglari qurg‘oqchilikka chidamli bo‘ladi. Ularda kutikula qavati qalin, barglari kichkina. Mustahkamlik beruvchi to‘qimali yaproq tig‘iz, deformatsiyaga chidamligi tufayli ular shamolda ovoz chiqaradi. Boshqalarida barg patsimon tuzilgan, ular quyosh nurini o‘ziga eng kam tushiradigan xolda joylashadi.
Tikanbutali savannalardagi daraxt va butalarning barglari ko‘pincha redutsiyalangan yoki ular tikanga aylangan (Afrikaning ko‘pchilik akatsiyalari, kaktuslar va boshqalar). Bunday o‘simliklarda assimilyasiyani etdorsukullent deb ataladigan poyalar amalga oshiradi.
Uncha baland bo‘lmagan, kuchli shoxlangan savannalardagi daraxtlarning qalin po‘stloqlari masalan, Cussonia teri daraxtida 32 mm gacha qalinlikka ega, bu uni nam yo‘qolishidan, olovdan saqlaydi. Uni tashqi qismi olovdan qorayib ko‘mirga o‘xshab qoladi xolos, ichki qismi avvalo kambiy saqlanib qoladi. Butalarning erga yaqin joydagi kurtaklari olovdan saqlanadi.
Savannadagi daraxtlarning yassilangan, disksimon yoki soyabonsimon tanalari ularni qurg‘oqchilikdan yaxshi saylaydi. Qurg‘oqchilik davrida to‘xtovsiz esadigan shamollarga bunday tanali daraxtlar oson chidaydi. Bunga soyabonsimon akatsiya (Acacia spirocarpa)va boshqalar misol bo‘ladi. Soyabonsimon ko‘rinishni Burseraceae, Caesalpinaceae, Myrcaceae, Anacardinaceae oilalariga mansub turkumlarning turlarida ham ko‘rish mumkin.
Qurg‘oqchilikka moslanishning yana bir turi ayniqsa daraxtlar tanasida suvni g‘amlashi hisoblanadi. Sukullentlik qurg‘oqchilik ro‘y berib turadigan hududlarda tarqalgan boshqa o‘simliklarga ham xos. Bunday xolat daraxtlardan ko‘ra o‘t o‘simliklarda ko‘p uchraydi. Ular suvni tuproqlarida to‘playdi. Bunday sukullentlar bizda xonadonda gultuvaklarda o‘stiriladigan manzarali aloe, sanseveriya, kalonxoe, semizo‘tlar shunday .
Tanasida suv saqlaydigan daraxtlar bizga bir muncha g‘aroyib tashqi ko‘rinishga ega, ulardan baobab (Adansonia digitata) bo‘yi 20 metrlarga etib, aylanasi ba’zilarida 20 metrga, uning yumshoq yog‘ochligida ayrim ma’lumotlarga ko‘ra 12000 litrgacha suv bo‘ladi.
Avstraliyada butilkasimon daraxt (Brachychiton)Janubiy Amerikada kavanilleziya (Covanillesia) shishgan tanaga ega, uning ichida suv bo‘ladi. Xuddi shu maqsadlar uchun Janubiy Amerikadagi buta Andria lanrifolia o‘simlikning ildizlari xizmat qiladi. Uning odam bilagining yo‘g‘onligidagi xuddi erosti daraxtiday ildizlari 10 m atroflargacha ketadi, tuproq ustida uni mayda ildizlari ko‘rinadi xolos.
Janubiy Amerikaning savannasimon o‘rmonlarida daraxt ustida o‘sayotgan o‘simlikni ya’ni epifitlar ko‘p. Ular ildizi bilan tuproqdan suv olmaydi, kuchli yoritilish ostida va suv bilan ta’minlanishi juda kam. Mana shu ularning aniq ifodalangan kseromorf tuzilishini belgilaydi.
Bu mintaqaning epifitlariga paparotniklar ham xos bo‘lib, qurg‘oqchilikda ularning barglari deyarli quriydi, namgarchilikda ana “tiriladi”.
Bu mintaqadagi o‘simliklarning gullashi va mevalashi qurg‘oq va namli davrlarga moslashgan. Agar o‘simlik oziq moddalarni saqlayolsa (bu avvalo daraxtlarga tegishli) ularning gullashi quruq yog‘ingarchiliksiz davrga to‘g‘ri keladi. Qurg‘oqchilik davrining oxiriga kelib o‘t o‘simliklar ham gullaydi. Birinchi yomg‘irdan keyin o‘t o‘simliklar qiyg‘os gullaydi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling