Mazkur standartning maqsadi-xo'jalik yurituvchi sub'ektni auditdan o'tkazish davomida yuzaga keladigan, auditdagi muhimlilik darajasini baholash masalalari bo'yicha auditorlik tashkilotining harakatlarini belgilash hisoblanadi


Download 9.05 Kb.
bet3/4
Sana22.11.2023
Hajmi9.05 Kb.
#1794754
1   2   3   4
Bog'liq
Mazkur standartning maqsadi-xo\'jalik yurituvchi sub\'ektni auditd

Nazorat riski

Nazorat riski xo'jalik yurituvchi sub'ektda mavjud bo'lgan va muntazam ravishda qo'llanadigan buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida olingan yoki umumiy holatda jiddiy buzilishlarni o'z vaqtida aniqlamasligi va ularni tuzatmasligi va (yoki) bunday buzilishlarning paydo bo'lishiga to'sqinlik qilaolmaslik ehtimolini ifodalaydi.

Nazorat riski xo'jalik yurituvchi sub'ektning buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimining ishonchlilik darajasini tavsiflaydi.

Auditor o'z kasb malakasidan foydalanib, audit davomida xo'jalik yurituvchi sub'ektning nazorat tizimini, nazorat muhitini va alohida nazorat vositalarini baholashi shart.

Nazorat vositalari riskini baholash uchun auditor nazorat vositalarini test sinovidan o'tkazishi kerak.

Nazorat vositalarini test sinovidan o'tkazish quyidagilardan iborat:

Nazorat vositalarini test sinovidan o'tkazish quyidagilardan iborat:

1. Moliya-xo'jalik operatsiyalarini o'tkazishni aks ettiradigan hujjatlarni tekshirish va shu munosabat bilan auditorlik dalillarini olish nazorat vositalarining yetarli tarzda faoliyat ko'rsatganligini aniqlash.

2. To'g'ridan-to'g'ri hujjatlar bilan tasdig'ini olish imkoni bo'lmagan hollarda, nazorat vositalarining faoliyat ko'rsatishiga oid auditorlik dalillarini olish maqsadida operatsiyalarni rasmiylashtirish ustidan kuzatuvlar va so'rovnomalar o'tkazish.

3. Nazorat vositalarining ish qobiliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni olish uchun boshqa auditorlik tartib-taomillarining natijalaridan foydalanish.

  • Nazorat riskini baholashda auditor, o'tgan yillar auditining materiallaridan foydalanishi mumkin,bunda u ana shu tegishli nazorat vositalari uchun o'tgan yillarda baholangan riskning tekshirilayotgan yil uchun ham to'g'riligiga ishonch hosil qilishi kerak.
  • Nazorat riskini baholash natijalarini auditor auditning umumiy rejasida aks ettirishi kerak.

Aniqlamaslik riski

  • Aniqlamaslik riski auditor tomonidan sub'ektiv ravishda aniqlanadigan ehtimollik bo'lib, auditor tekshiruv davomida qo'llaydigan auditorlik tartib-taomillari buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda haqiqatda mavjud bo'lgan, alohida olinganda yoki umumiy holatda muhim xarakterga ega bo'lgan xatolar va buzilishlarni aniqlash imkonini bermasligini ifodalaydi.
  • Aniqlamaslik riski auditor ishi sifatining ko'rsatkichi bo'lib, auditor malakasiga va o'tkazilayotgan auditorlik tekshiruvining xususiyatlariga bog'liqdir.
  • Auditor, ajralmas va nazorat risklarini baholash asosida o'z ishida yo'l qo'yiladigan aniqlamaslik riskini aniqlashi va aniqlamaslik riskini iloji boricha kamaytirishni hisobga olgan holda tegishli auditorlik tartib-taomillarini rejalashtirishi shart.

Download 9.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling