Mazkur to’plam Respublika ta’lim markazining Tasviriy san’at va


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana23.10.2017
Hajmi0.67 Mb.
#18472
1   2   3   4   5   6   7   8


 

26 


gumbaz bir – biri bilan uzviy va mustakam bog’langan. Ularning uyg’unligi va 

mustahkam turishi binoga alohida musiqaviy ohang kiritgandek bo’ladi. Bir oz 

mungli ko’ringandek bino abad uyqudagilar uchun nihoyatda sokin va mungli 

sukut saqlayotgandek tuyuladi. 

 

 

 



6 – “Ansambl” guruhiga berilgan savollar: 

1.  Temur va Temuriylar davrida me’morchilik. 

     Shohizinda me’moriy majmuasi. 

2.  Registon me’moriy majmuasi    

3.  Shayboniylar davrida Buxoro me’morligi. 

4.  Xiva me’morligi. 

 

Temur va Temuriylar davrida me’morlik san’ati nihoyatda rivojlandi. Bu 



davrda me’morlikda birinchi bor vujudga  kelgan yirik va murakkab me’morlik 

majmualari  muhim  o’rinni  egallaydi.  Me’morchilik  yodgorliklarini  rangli 

koshinlar  bilan  boyishi  katta  badiiy  –  estetik  ahamiyat  kasb  etadi.  Albatta, 

rangli    bezak  O’rta  Osiyo  me’morligida  avval  ham  bo’lgan  lekin  XIV  asrga 

kelib  bino  ichki  va  ayniqsa  tashqi  pardozida  bu  uslub  alohida  o’rinni  egallay 

boshladi. Sirli sopol taxtachalardan ishlangan rangli koshinlar XIV asr oxiridan 

keng tarqaldi.  

Temur  nafaqat  o’z  ona  shahri  Kesh  va  poytaxti  Samarqandda,  balki  o’z 

tasarrufidagi yerlarda ham hashamatli binolar qurdirdi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



Shohizinda me’morlik majmuasi Afsonaviy Afrosiyob yonbag’riga XI – 

XII asrlarda mavjud maqbaralar o’rniga qurilgan. Bu yer musulmonlarga qadar 

ham  muqaddas  sajdagoh  joyi  bo’lgan.  Afsonalarga  ko’ra  bu  yerda  avliyo 

Qusam  ibn Abbos maqbarasi  bo’lib,  go’yo  u  shu  yerda tirilib yer  ostiga kirib 

ketgan  va  oxiratgacha  o’sha  yerda  yashashga  qaror  qilgan.  «Shohizinda»  - 

«tirik shoh» nomi shu yerdan olingan. Hozirgi Shohizinda majmuasi ko’rinishi 

XIV  –  XV  asrlarning  birinchi  yarmida  shakllangan.  U  1434  –  1435  yillarda 

Ulug’bek  tomonidan  qurdirilgan  peshtoq  bilan  boshlanadi.  Ulug’bek 

rasadxonasi uch qavatli bo’lib ichki qismi rasmlar bilan bezatilgan. Unda tabiat 

manzaralari keng o’rinni egallagan.  

 

Go’ri  Amir  maqbarasi  (1404  –  1405)  sodda  me’morlik  shakllardan  – 



sakkiz qirrali asos, silindrik baraban va qirrali ko’k moviy gumbazdan tashkil 

topgan. Binoning ichki qismi ham juda serjilva. Uning ichki devorlari marmar 

bilan pardozlangan. O’yma va rangli, shuningdek, oltin suvi yuritilgan naqshlar 

bilan ichki qismiga alohida fayz bergan.  



 

27 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Shayboniylar davrida Imonqulixon xizmatida bo’lgan Yalangto’sh nomli 

amaldor  Samarqanddagi  katta  qurulishlarga  homiylik  qildi.  Uning  mablag’i 

hisobiga  Registon  maydoni  to’liq  shakllandi.  U  avval  qurilgan  Ulug’bek 

madrasasi  

(1417  –  1420)  qarshisiga  mahobatli  Sherdor  va  uning  yoniga  Tillaqori 

madrasalarini  qurdirdi.  (Tillaqori  m  1646  –  1660,  Sherdor  m.  1619  –  1936). 

Sherdor  madrasasi  peshtoqida  real  tasvir  (yo’lbars,  quyosh,  odam  qiyofasi), 

boshqa  obidalarda  islimiy  va  girih  usulidagi  naqshlar,    suls  uslubida  bitilgan 

yozuvlar aks ettirilgan. 

 

Shayboniylar  davrida  Buxoro  Markaziy  Osiyoning  yirik  shaharlaridan 



biriga  aylandi.  Shaharda  Temuriylar  davrida  qurilgan  binolarga  o’xshash 

hashamatli binolar qad ko’tardi. Peshtoqlari bir – biriga qaratib qurilgan qo’sh 

madrasalar  qurildi.  Buxorodagi  markaziy  ansambllardan  Katta  Kalon  Jom’e 

masjidi va Mir Arab madrasasi ham shu uslubda barpo etildi. XIV asrda Buxoro 

yaqinida Chor – Bakr majmuasi barpo etildi. 

 

Buxorodagi  Kalon  masjidi  minorasi  (balandligi  60  m,  O’rta  Osiyodagi 



eng  baland  minora)  g’ishtning  badiiy  imkoniyatlari  bino  tashqi  bezagini 

belgilashda muhim ro’l o’ynagan. Aslida g’isht minora yuzasi naqshini tashkil 

etuvchi birdan – bir element bo’lib qolgan. Ularning taxlanishi va turish holati 

hisobiga yuza o’ziga xos ko’rinish va latofat kashf etgan. 

 

XVIII  asr  oxiri  XIX  asr  boshlarida  Xivaning  mashhur  yodgorliklari 



o’zining  tugallangan  ko’rinishiga  ega  bo’ladi.  Darvozalar,  karvonsaroylar  va 

madrasalar hisobiga shahar ko’rki ochiladi. Pahlavon Mahmud maqbarasi, Tosh 

hovli  kabi  yodgorliklari  bugungi  kunda  bezakdorligi  hamda  go’zalligi  bilan 

kishilarni hayratga soladi. Islomxo’ja minorasi shaharning ajoyib me’morchilik 

yodgorligi hisoblanadi. 

 

Fikr – almashuv hamda bahs – munozara uchun ajratilgan vaqt payoniga 



yetgan har  bir  guruh  yetakchisi  navbatma  –  navbat  berilgan  tarqatma  savollar 

yuzasidan  so’zga  chiqadi.  Boshqa  guruhlar  tomonidan  berilgan  qo’shimcha 

savollarga ham javob beradi. 

 

         



           

 

28 


Darsni yakunlash: 

Vazifalari  qaysi  guruh  a’zolari  qanday  yoritib  bera  olganliklari  muhokama 

qilinadi, baholanadi. 

 

1.  O’quvchilar bilimini sinash 



 

 

5 ball 



 

2.  Yangi mavzuni o’zlashtirganligi 

          5 ball 

 

3.  Guruh nomiga rasm ishlash 



 

 

5 ball 



 

 

 



 

 

 



Jami: 15 ball 

 

 



 

 

 



 

 

 



  

 

 



 

 

               



 

 

 



 

        Uyga vazifa: 

Me’morchilik 

tarixiga 

oid 

materiallar, 



me’moriy 

obidalarning 

fotoreproduksiyalarini  yig’ish.  Interfaol  usulining  “Zanjir”  mashqiga 

tayyorgarlik ko’rib kelish. 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.  Umumiy o’rta ta’limning Davlat Ta’lim Standarti va O’quv dasturi. 1999 – 

yil,  

     6 – maxsus son. 



2.  Tasviriy  san’at,  7  –  sinf  uchun.  Toshkent  –  2002  Asqarali  Sulaymonov,       

Ne’mat Abdullayev. 

3.  Maktabda  tasviriy  san’atni  o’qitish  metodikasi.  Toshkent  –  2004.                      

Rahim Hasanov 

4.  O’zbekiston tarixi, 6 – sinf uchun. 

5.  O’zbekiston tarixi, 7 – sinf uchun. 

6.  Ilg’or pedogogik texnalogiya. 

Baliqchi – 2006. B.Do’monov 

   

 

 



 

 

 



 

29 


“Kitobat san’atining badiiy-grafik elementlari” mavzusida 

 7-sinf uchun ochiq dars 

 

I.Mavzu: Kitobat san’atining badiiy-grafik elementlari 



Topshiriq: Kitobat muqovasining eskizini ishlash. 

1. Maqsad:  

Ta’limiy  -o’quvchilarga  kitobning  badiiy-grafik  elementlari  va 

funksiyalarini tushuntirish hamda amalda bajarishga o’rgatish. 

Tarbiyaviy-kitob  insonning  do’sti  ekanligi,  uni  har  doim  qadrlash  va 

e’zozlash kerakliligini o’quvchilar ongiga singdirish. 

Rivojlantiruvchi-o’quvchilarning  shaxsiy  hayotida  kitobat  san’ati 

an’analariga amal qilish va uni ijobiy davom etirishga intiltirish. 

2. DTS talablari: Kitob san’atining tarixi, uning o’ziga xos xususiyatlari,  

tasviriy  usul  va  vositalari,  kitob  bezovchi  rassomlar  haqida 

ma’lumotga ega bo’lish. 

3. Dars tipi: 

Yangi bilim berish. Mustahkamlash.   Ijodiy ish. 

Dars turi:   

Noan’anaviy. Aralash metodlar. 

4. Jihozlar: 

7-sinf  darslik  kitobi,  I.Karimov  «Yuksak  Ma’naviyat-

Yengilmas  kuch»  asari,  A.Kodiriy  «O’tkan  kunlar»  romani, 

«O’tkan  kunlar»  romaniga  o’qituvchi  tomonidan  ishlangan 

badiiy-grafik  elementlar  eskizlari,  o’quvchilar  tomonidan 

ishlangan  muqova  eskizlari,  videoproyektor,  DVD,  o’quv 

plakatlari. 

5. Material: 

Oq  qog’oz  (A4),  qalam,  guash,  akvarel  bo’yoqlari, 

mo’yqalamlar, flomasterlar 

6. Metodlar: «Aqliy hujum» «Zanjir mashqi», «Suhbat», «Musobaqa», «Test», 

«Boshqotirma». 

7. Tasviriy san’at atamalari: Muqova, supermuqova 

 

Darsning borishi: 



II.Tashkiliy qism: a) O’quvchilarning-darsga tayyorligini va sinf  

xonasining-gigiyenik holatini nazorat qilish. 

b) O’quvchilarga bugungi darsni musobaqa usulida o’tkazilishini aytib o’tish va 

sinfni 7 ta kichik guruhlarga bo’lib olish. 

s) Dars qoidasi, rejasi, baholash mezoni bilan tanishtirish. 

(sinfdagi  o’quvchilar  7  guruhga  bo’linadi,  sardorlari  tayinlanadi.  Har  bir 

guruhga  kartochkalar  beriladi.  Guruh  sardorlari  kartochkalariga  o’zlarining 

tanlagan nomlarini yozib qo’yishadi. Guruh nomi mavzuga oid tanlanadi. Sinf 

taxtasiga  kamalakning  rangidan  iborat  cho’ntakli  «Bo’yoqlar  taxtasi»  ilingan. 

Dars  davomida  har  bir  to’g’ri  topilgan  javob,  bajarilgan  topshiriqlar  uchun 

guruh  sardori  nomi  yozilgan  kartochkani  «Bo’yoqlar  taxta»sidagi  o’zlari 

tanlagan rangli cho’ntakka solib turadi. Dars nihoyasida rangli cho’ntaklardagi 



 

30 


kartochkalar  sanab  chiqiladi.  Kaysi  guruh  kartochkalari  ko’p  bo’lsa,  o’sha 

guruh  bugungi  darsning-g’olib  guruhi  ya’ni  iqtidorli  o’quvchilar  guruhi 

hisoblanadi). 

 

         O’quvchi o’zini-o’zi baholab boradi 



Baholash mezoni 

O’tilgan dars bo’yicha: 

1.  Nazariy bilim «Zanjir Mashqi»-   

 

5 ball 



2.  Uy topshiriqlari tahlili-  

 

 



         5 ball 

Yangi mavzu bo’yicha: 

3.  Reproduksiyalar tahlili, savol-javob- 

 

5 ball 



4.  Mavzu matnidagi bajarilgan mustaqil ish- 

5 ball 


5.  Mustahkamlash. Test. Boshqotirma- 

 

5 ball 



Jami:- 

25 ball 


25:5q 5 ball 

Kirish (Aqliy hujum, suhbat) 

 

Aziz  o’quvchilar!  Mana  shunday  jannatmakon,  tinch  ,  osoyishta, 



mehmondo’st  yurt  O’zbekistonda  tug’ilib  o’qib,  uqib,  ulg’ayib  bormoqdasiz. 

Prezidentimiz 

I.AKarimovning 

«Yuksak 


Ma’naviyat-yengilmas 

kuch»asarining148-sahifasidan  o’qib  beriladi:  «Hozirgi  kunda  milliy 

ma’naviyatimiz rivojini tasviriy san’at namunalarisiz tasavvur  etib bo’lmaydi. 

O’zbek  rassomlarining  keyingi  yillarida  samarali  ijod  qilib,  yangi-yangi 

yutuqlarni  qo’lga  kiritayotgani,  bu  sohaga  ko’plab  yosh  iste’dod  egalari  kirib 

kelayotgani uning ravnaqi istiqbolidan dalolat beradi». 

Savol: 

Bu kimning asariga ishlangan badiy-grafik elementlar? 



Javob: 

Bu 


A.Kodiriyning 

«O’tkan 


kunlar» 

asariga 


ishlangan 

illyustratsiyalar. 

 

Bukletli illyustratsiyalar namoyish qilinadi. 



 

Prezidentimiz  I.Karimovning  «Yuksak  Ma’naviyat-yengilmas  kuch» 

asaridan o’qib beriladi. (55-bet). 

 

«Oilaviy  tarbiya  masalasida  xatoga  yo’l  qo’ymaslik  uchun  avvalo  qaysi 



xonadondagi  ma’naviy  iqlimni  o’zaro  hurmat,  ahloq-odob,  insoniy 

munosabatlar asosida qurish ayni muddao bo’lur edi, bu haqda gapirganda, men 

mumtoz 

yozuvchimiz 



A.Kodiriyning 

«O’tkan 


kunlar» 

asaridagi 

qahramonlarning  o’zaro  muomala  va  muloqotlari,  ularning  hatto  kichik 

farzandlarini  ham  «siz»lab  gapirishi  misolida  ota-bobolarimizning  oila 

ma’naviyatiga qanchalik katta e’tibor berganiga ishonch hosil qilaman. 

 

Shu  nuqtai  nazardan  qaraganda,  bugungi  kunda  ham  yurtimizda  ana 



shunday  go’zal  ahloq  mezonlari  bilan  yashab  kelayotgan  o’g’il-qizlarni  shu 

ruhda  tarbiyalayotgan  ko’plab  ibratli  oilalar  barchamizda  havas  uyg’otishi 

tabiiydir». 

 


 

31 


1. Savol: Bu yil O’zbekistonimizning mustaqilligini necha yilligini  

nishonlaymiz? 

Javob: 

18 yilligini 



2. Savol:  2009 yil qanday yil deb nomlandi? 

Javob: 


Kishloq taraqqiyoti va farovonligi yili. 

3. Savol:   Biz qanday davlat quryapmiz? 

Javob: 

Huquqiy demokratik davlat. 



4. Savol:  Diyorimizda sohibqiron A.Temir tavalludining necha   

                  yilligi nishonlanmoqda? 

Javob: 

673 yilligi 



5. Savol:  O’zbekiston poytaxti Toshkent shahrimizning barpo  

etilganligini necha yilligi diyorimizda nishonlanmoqda? 

Javob:        2200 yilligi. 

6.Savol:  Prezidentimiz I.Karimovning «Yuksak Ma’naviyat yengilmas   

                   kuch» asari qachon nashr ettirildi? 

Javob: 


 

2008 yil, aprel oyida. 

7. Savol:    

Komil inson kim? 

Javob: 

 

Har tomonlama mukammal shaxs. 



Barakalla,  bolalar!  Vatanimizning  kelajagi  uchun  sizlar  ham  har 

tomonlama mukammal shaxs «Komil inson» bo’lib yetishinglar. 

 Har bir guruh «Bo’yoqlar taxtasi»dagi kamalakning 7 ta rangidan biriga 

izohli so’z, she’r aytib rangli cho’ntak tanlashadi va guruh sardori kartochkasini 

solib qo’yadi. 

1.  Sariq rang - muqaddaslik, yorug’lik, quyosh ramzi 

2.  Zarg’aldoq - kayfiyatni yaxshilaydi va ishtahani ochadi. 

3.  Kizil rang - g’alaba, shodlik va xursandchilik ramzi. 

4.  Yashil rang - Tabiat ramzi-kishilar kayfiyatini ko’tarib, dam oldiradi, 

qon bosimini pasaytiradi. 

5.  Moviy rang - erta tongdagi sof havo rangi  

6.  Ko’k rang - moviy osmon, tinchlik ramzi. 

7.  Binafsha rang - bahor faslida ochiladigan binafshagul rangi-nofarmon 

deb ataladi. 

1.  Kitob-bilim manbai 

2.  Kitob bezochi rassomlar 

Har bir guruh 2 ta dan kitob haqida she’r, maqol, hikmatli so’z aytadi. 

Kitob bezovchi rassomlar nomlari ham aytiladi. 

III. O’tilgan dars: bo’yicha «Zanjir mashqi» 

1) Har bir guruh nomini uzulmasdan izohlab  

beradilar:   

        1. «Muqova» guruhi 

 

 

 



 

2. «Forzats» guruhi 

 

 

 



 

3. «Titul» guruhi 

 

 

 



 

4. «Frontispis» guruhi 



 

32 


 

 

 



 

5. «Zastavka» guruhi 

 

 

 



 

6. «Konsovka» guruhi 

 

 

 



 

7. «Illyustratsiya» guruhi 

2) Uy topshiriqlari bajarilganligi tahlil qilinadi. 

IV. Yangi dars mavzusi ekranda namoyish qilinadi. 

O’quvchilar matnni mustaqil ravishda o’qishadi. 

«Kitob muqovasining eskizini ishlash» 

 

Kitob  elementlari  ichida  eng  qadimiylaridan  biri,  shubhasiz,  muqovadir, 



Asarning  asosiy  g’oyasini  ochib  beruvchi,  uning  obrazi,  yo’nalishini 

tasvirlovchi  muqova  asrlar  davomida  turli  shakllarda  tayyorlanib  va  ishlanib 

kelinadi. Ular taxta, teri, qog’oz, plastmassa metallardan tayyorlanishi mumkin. 

Kadimda kitob muqovasini turli qimmat baho matolar, toshlar, tilla bilan ham 

bezatilgan. (47-rasm tahlil qilinadi). 

 

Supermuqova  ayrim  kitoblardagina  bo’ladi.  U  oddiy  shriftli,  badiiy 



bezakli,  naqshinkor,  foto  bezakli  bo’lishi  mumkin.  Uning  asosiy  vazifasi 

kitobhaqida tasavvurga ega bo’lish uchun kerakli ma’lumot berish hamda kitob 

muqovasini himoya qilishdan iborat. (48-rasm tahlil qilinadi) 

 

Kitob  haqidagi  umumiy  ma’lumotni  muqovasidagi  shriftli  va  bezakli 



kompozitsiyalar ifodalaydi. (49-rasm tahlil qilinadi). 

Ko’rgazmali muqova eskizlari, bukletlar tahlil qilinadi. Kanday chizish va 

bo’yash kerakligi o’quvchilarga tushuntiriladi, doskada chizib ko’rsatiladi. 

V. O’quvchilarning mustaqil ishlari. 

Tabaqalashtirilgan 

ta’lim 


metodining 

ikkinchi 

turi 

«Darajali 



tabaqalashtirishning» guruhli ta’lim metodi qo’llaniladi. 

O’quvchilar idroki va qobiliyatiga, qiziqishiga qarab tabaqalashadi, lekin 

qatordan (guruhidan) ajralmaydi. 

1-variant. Dasturning minimum darajasi. 

2-variant-Dasturning o’rtacha darajasi. 

3-variant-Dasturning  yuqori  darajasi  bo’yicha  kitob  muqovasi  eskizini 

ishlay boshlaydilar. «Musiqa» kuylari yangrab turadi. 

O’quvchilarning ishlari kuzatilib turiladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

33 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarga individual tarzda yordam ko’rsatilib 



boriladi. 

VI.  O’quvchilar  bajargan  ishlari  tahlil  qilinadi.  Har  bir  guruh o’ziga 

belgilangan joyga rasmlarini yopishtiradilar va o’zlari baholaydilar. 

VII. Mustahkamlash 

1. Test sinovii (kartochkalar)  

 

2. Boshqotirma (ko’rgazmali plakat) 



 

Dars  nihoyasida  2  ta  o’quvchi  «Bo’yoqlar  taxtasida»gi  kartochkalarni 

sanaydilar. Kaysi guruhning kartochkasi  ko’p bo’lsa, o’sha guruh g’olib ya’ni 

«Iqtidorli o’quvchilar guruhi» hisoblanadi. 

 

Dars  davomida  o’quvchi  o’zini-o’zi  baholab,  25  ball  to’plagan  bo’lsa  5 



ball, ya’ni sinfda «Eng iqtidorli o’quvchi» hisoblanadi. 

 

VIII. Uyga vazifa: Kitob muqovasi  eskizini ishlashni tugallash. Chorak 



davomida  bajarilgan  kitob  grafikasiga  oid  badiiy-grafik  elementlarni  bir  xil 

shaklga keltirish, kamchiliklarini to’g’rilash. Kitob maketi yasashga tayyorlanib 

kelish. 

Qo’shimcha manbaalar: 

1.  Tasviriy san’atni o’qitish metodikkasidan amaliy mashg’ulotlar.  

2-qism. T.2006 R.Hasanov 

2.  Kitobat  san’atiga  oid  iboralarning  izohli  illyustrativ  lug’ati,  2007. 

A.Ibragimov, A. Sulaymonov   

     

 


 

34 


“Chizmachilik fanidan” 

8- sinf uchun 1 soatlik dars ishlanmasi 

 

Mavzu  :  Aksonometrik  proyeksiyalar  haqida    umumiy  tushuncha. 



O’qlarning joylashishi. 

Dars tuzilishi: 

Dars mavzusiga ajratilgan vaqt - 45-daqiqa 

I.    Tashkiliy  qismi:  O’quvchilarning  davomati  aniqlanadi,  darsga  tayyorligi 

nazorat qilinadi, qatorlarga nom beriladi.                               2 

Kirish “Aqliy hujum” 

II.   O’tilgan mavzu bo’yicha                                                  

a) III nazorat ish tahlili  

b) Uy topshiriqlarining tahlili                                                 10                                          

s)  Test  

III.  Yangi mavzuni o’rganish: 

a)  Mustaqil o’qish                                                                   

b)  Savollarga javob                                                                 25                                               

s) Mavzuni to’ldirish                                                                 

d) Mavzu matnidagi grafik ishni bajarish                              

IV.  Mustahkamlash. Test. Chizmalar tahlili                         6                   

V.  Darsni yakunlash. Uyga vazifa.                                        2                                           

Darsning maqsadi:  

Ta'limiy: O’quvchilarga narsalarning aksonometriyalarini 

chizish usullarini o’rgatish. 

Tarbiyaviy:  Ilmiy-texnika  taraqqiyoti  uchun  asosiy  grafik  bilimlar  va 

malakalarini  shakllantirish  samaradorligini  o’rganish  g’oyat  muhim 

masalalardan biri ekanligini o’quvchilar ongiga singdirib borish. 

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning  fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish.  

Dars turi: Yangi bilim beruvchi dars.  

Dars metodi: Guruhlar bilan ishlash. 

Darsning  jihozi:  -  8-sinf  darslik  kitobi,  standart  va  qolda  bajarilgan  o’quv 

plakatlar; 

-  Texnik vosita — kodoskop, video proyektor, televizor, DVD 

-  Didaktiv materiallar — test kartochkalari.  

Material:    Albom    (yoki    A4    format),    qalamlar,    chizmachilik    asboblari, 

kerak-yaroqlar. 

Darsning borishi: 

I. Tashkiliy qism: O’quvchilarning   darsga tayyorgarligini va sinf 

xonasining  gigiyenik  holatini  nazorat  qilish,  navbatchi  o’quvchi  hisoboti. 

Qatorlarga  nom  beriladi  (o’quvchilar  o’zlari  tanlashadi)  qator  sardori 

tayinlanadi.  

Masalan:   1-qatorga — «Chizma» 



 

35 


                 2-qatorga — «Proyeksiya»  

                 3-qatorga — «Ko’rinish»  

Dars jarayonida o’quvchilar bilimini reyting bo’yicha baholash rejasi:  

o’tilgan dars mavzusi bo’yicha: 

1. Nazariy bilim                                                                   -5 ball 

2. Chizma tahlili                                                                  -5 ball 

3. Konspektlar                                                                     -5 ball 

Yangi dars mavzusi bo’yicha: 

1. Mavzuni mustaqil o’rganib savollarga javob berish       -5 ball  

2. Mavzu matnidagi grafik   ish bajarish                             -5 ball 

3. Ditaktik material. Test                                                     -5 ball 

                                                                              Jami:      30 ball 

KIRISH (Aqliy hujum, suhbat) 

Aziz  o’quvchilar  !  Mana  shunday  jannatmakon,  tinch,  osoyishta, 

mehmondo’st yurt O’zbekistonda tug’ulib  o’qib, uqib,  ulg’ayib bormoqdasiz.  

 

Savol: Bu kimning  asariga  ishlangan  badiiy - grafik elementlar ? 



Javob:  Bu  A.Qodiriyning    “O’tkan  kunlar”  asariga    ishlangan  

illyustratsiyalar (bukletli illyustratsiyalar  namoyish qilinadi).  

 

Prezidentimiz  I.A.Karimovning  “Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch” 



asaridan o’qib beriladi. (55 bet.) 

 “Oilaviy tarbiya  masalasida xatoga yo’l qo’ymaslik uchun  avvalo  qaysi 


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling