Mazkur to’plam Respublika ta’lim markazining Tasviriy san’at va


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana23.10.2017
Hajmi0.67 Mb.
#18472
1   2   3   4   5   6   7   8

xonadondagi    ma’naviy    iqlimni    o’zaro  hurmat,  ahloq  –  odob,  insoniy 

munosabatlar  asosida  qurish    ayni  muddao  bo’lur  edi,  bu  haqda    gapirganda  

men  mumtoz  yozuvchimiz  A.Qodiriyning    “O’tkan  kunlar”  asaridagi  

qahramonlarning    o’zaro    muomala    va  muloqotlari,  ularning    xatto    kichik 

farzandlarini    ham  “siz”  lab  gapirishi  misolida    ota  –bobolarimizning    oila 

ma’naviyatiga  qanchalik  katta e’tibor  berganiga  ishonch hosil qilaman. 

 

Shu nuqtai nazardan  qaraganda , bugungi kunda  ham  yurtimizda  ana 



shunday  go’zal  ahloq  mezonlari  bilan    yashab  kelayotgan  o’g’il-qizlarni  shu 

ruhda  tarbiyalayotgan ko’plab  ibratli  oilalalar  barchamizda  havas uyg’otishi 

tabiiydir.”  

1 Savol :Bu yil O’zbekistonimizning mustaqilligini necha yilligini nishonladik? 

Javob : 19 yilligini 

2. 2010 yil qanday  yil deb nomlandi? 

Javob: Barkamol avlod yili. 

3. Biz qanday davlat qurayapmiz? 

Javob: Huquqiy demokratik  davlat. 

4.  Prezidentimiz    I.A.Karimovning    “Yuksak  Ma’naviyat-  Yengilmas  kuch” 

asari qachon nashr ettirilgan? 

Javob : 2008 yil Aprel oyida. 

5. Hozir qanday bayram arafasida turibmiz? 

Javob:  8-mart    -  Xalqaro  xotin  –  qizlar  kuni    ya’ni  onalarimiz  bayramini 



 

36 


nishonlaymiz. 

 6. Qani  onalar haqida qanday sh’er va maqollar bilasiz? 

O’quvchilar javob beradilar . 

7. Komil inson kim? 

Javob : Har tomonlama mukammal shaxs. 

 

Barakalla  bolalar  !    Vatanimizning  kelajagi  uchun    sizlar  ham    har 



tomonlama  mukammal shaxs “Komil inson” bo’lib  yetishinglar. 

II. Otilgan dars:  

“1.Detalning ikkita ko’rinishidagi  yetishmaydigan chiziqlarni aniqlash  va                   

3-ko’rinishini  chizish.  O’lchamlarini  qo’yish”  mavzusida    bajarilgan           

3- nazorat  ishi natijalari  e’lon qilinadi va kamchiliklari aytiladi 

2.  O’tilgan  mavzularni  takrorlash  uchun  ekranda    test  savollari 

ko’rsatiladi.  Har  bir  guruh    test  savollariga    javob    yozishi    guruh 

sardoriga  berishadi. Guruh sardori  ham ma  javoblarni  umumlashtirib 

javob beradi.   

1. Proyeksiya so’zining ma'nosini toping’. 

a) tekislik 

b) ko’rinish 

v) oldinga tashlamoq 

g) burchak 

2. Ortogonal proyeksiya qanday proyeksiyalash? 

a) markaziy proyeksiyalash 

b) to’g’ri burchakli proyeksiyalash  

v) qiyshiq burchakli proyeksiyalash                          

g) aksonometrik proyeksiya 

3.  Gorizontal  va  frontal  tekislik  o’zaro  kesishib  fazoni  necha  qismga 

bo’ladi va har bir qismi qanday ataladi?  

a) 3 qismga, proyeksiya     

b) 2 qismga, tekislik      

v) 4 qismga, chorak     

g) 3 qismga, profil 

4.  Gorizontal,  frontal  va  profil  tekislik  o’zaro  kesishib  fazoni  necha 

qismga bo’ladi va har bir qismi qanday ataladi?  

a) 5 qismga, proyeksiya                b) 8 qismga, oktant      

v) 9 qismga, oktant                       g) 6 qismga, chorak 

5. "Epyur" so’zining manosini toping. 

a) proyeksiya                  b) tekislik           

v) chorak                        g) tekis chizma 

 

 


 

37 


6. Monj metodi qanday usul? 

a) parallel proyeksiyalash 

b) mahalliy ko’rinish 

v) o’zaro perpendikulyar tekisliklarga to’g’ri burchakli proyeksiyalash  

g) markaziy proyeksiyalash 

7.  Buyumning  frontal  tekislikka  tushurilgan  proyeksiyasi  uning 

qanday o’lchami haqida ma'lumot  beradi? 

a) balandligi, bo’yi          b) bo’yi, eni 

v) balandligi, eni             g) qalinligi, bo’yi 

8. Frontal proyeksiya qanday ko’rinishning proyeksiyasi? 

a) yondan ko’rinish         b) olddan ko’rinish 

v) ustdan ko’rinish          g) mahalliy ko’rinish 

 

II. Yangi mavzu: Aksonometrik proyeksiyalar haqida umumiy tushuncha . 



O’qlarning joylashishi. 

Grafik tushunchalar: aksonometriya, dimetriya, izometriya. 

a)  Ekranda  berilgan  mavzu  va  darslikdagi  mavzu  matnini  qatorlarga  bolib, 

mustaqil o’qib tushunish uchun           5 minut vaqt beriladi: 

1-qatorga —  Darslikning  umumiy tushincha bo’limini o’qish topshiriladi: 

Buyumning  ikki  yoki  uch  ko’rinishidan  tashqari,  shu  buyum  haqida 

yanada  yaqqolroq  tasavvur  qiladigan  tasvirlar  zarur  boladi,  bunday  tasvirlar 

yaqqol  tasvirlar  deb  ataladi.  Yaqqol  tasvirlar  deb  maxsus  asboblar  va  kerakli 

yaroqlar  yordamida  aksonometriya  qonun-qoidalariga  rioya  qilinib  bajarilgan 

detalning tomoni ko’rinishi tasviriga aytiladi. 

1-rasm, a da burchaklikning uch ko’rinishdagi chizmasi ko’rsatilgan.    

1-rasm, b da xuddi shu burchaklikning texnik rasmi tasvirlangan. Haqiqiy 

burchaklik  qanday  taassurot  bersa,  texnik  rasm  ham  xuddi  shunday  taassurot 

beradi. 


 

 

 



 

 

 



Aksonometrik  tekislik  deb  ataluvchi  tekislikka  buyumning  koordinata 

o’qlari bilan birga tushirilgan parallel proyeksiyalari aksonometriya deb ataladi. 

«Aksonometriya»  grekcha  so’z  bo’lib,  «o'qlar  bo’yicha  olchash» 

ma'nosini  bildiradi.  Bunda  proyeksiyalovchi  nurlarning  yo’nalishi  turlicha 

bo’lishi  mumkin,  ammo  koordinata  o’qlari  yo’nalishi  bo’yicha  bir  xil 

bo’lmasligi  kerak. Aksonometrik  proyeksiyada  buyumning  3  ta  yog’i ko’rinib 



 

38 


turadi.  Aksonometrik  tekislikni  P  harfi  bilan  belgilanadi.  Aksonometrik 

proyeksiyalar tekisligidagi x, y, z lar aksonometrik o’qlar deb ataladi. 2- rasm 

 

 

 



 

 

 



 

  

 



 

 

2-rasm 



 

1-qator  sardoriga  savollar  yozilgan  kartochka  topshiriladi.  Mavzu 

mazmunini o’qib, tushunib, savollarga javob topishga harakat qilishadi. 

 

Savollar. 



 

1. Yaqqol tasvir deb nimaga aytiladi? 

2. Aksonometriya deb nimaga aytiladi va qanday so’zdan olingan bo’lib   

    qanday  ma'noni anglatadi? 

3.    Aksonometrik tekislik qanday harf bilan belgilanadi? 

2-qatorga  —  «qiyshiq  burchakli  frontal  dimetrik  proyeksiya  »  bolimini 

o’qish    topshiriladi. 

Maktab kursida darslikda tavsiya etilgan aksonometrik proyeksiyalarning 

ikki turi bilan tanishiladi. 

Qiyshiq  burchakli  frontal  dimetrik  proyeksiya  frontal  V  proyeksiyalar 

tekisligiga  parallel  bo’lgan  aksonomertrik  tekisligida  hosil  bo’ladi.  Bunda 

proyeksiyalovchi  nurlar  aksonomertriya  tekisligiga  nisbatan  90

o

  ga  teng 



bo’lmagan burchak ostida yo’nalgan bo’ladi. 

3-rasm,  a  da  kubning  qiyshiq  burchakli  dimetrik  proyeksiyasi 

ko’rsatilgan.  Kub  uning  proyeksiyasi  tushirilgan  P  aksonometriya  tekisligi 

oldida joylashgan, ya'ni uning oldingi va keyingi o’qlari shu tekislikka parallel. 

Shuning uchun bu o’qlar unda kvadrat shaklida o’z kattaligida tasvirlangan. 

Kubning boshqa yoqlari parallelogramm shaklida tasvirlangan. 

 

 

 



 

 



 

39 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Qiyshiq burchakli dimetrik proyeksiya yasashda x, z o’qlariga narsaning 

haqiqiy  o’lchami  qo’yiladi,  y  o’qiga  esa  shunga  tegishli  olcham  ikki  marta 

qisqartirib qo’yiladi. 

2-qator sardoriga savollar yozilgan kartochka topshiriladi. Mavzu matnini 

o’qib, tushunib, savollarga javob topishga harakat qilishadi. 

Savollar. 

 

1. Qiyshiq burchakli frontal dimetrik proyeksiya    qaysi tekislikda 



     hosil boladi?  

2.Dimetrik proyeksiya yasashda x, z, y o’qlariga qanday o’lchamlar 

             qo’yiladi? 

3.Dimetrik proyeksiya   o’qlari vaziyatini doskada chizib ko’rsating. 

 

 3-qatorga  —  «To’g’ri  burchakli  izometrik  proyeksiya»      bo’limini  o’qish 



topshiriladi. 

3-rasm,  b  da  dimetrik  o’qlari  sirkuldan  foydalanib,  3-rasm,  d  da 

uchburchaklik  bilan,  79-rasm  e  da  esa  kataklarda  yasash  usuli  ko’rsatilgan. 

Agar  kub  o’qlari  P  tekislikka  nisbatan  baravar  burchaklar  ostida  og’dirib 

joylashtirilsa  va  koordinata  o’qlari  bilan  birga  shu  tekislikda  perpendikulyar 

nurlar  bilan  birga  proyeksiyalansa,  to’gri  burchakli  izometrik  proyeksiya  deb 

ataluvchi  yana  bir  yaqqol  tasvir  hosil  boladi  (4-rasm,  a).  Shunday  qilib, 

izometrik  proyeksiya  uch  o’q  bo’ylab  bir  xil  o’zgarish  koeffitsientiga  ega 

bo’lgan  aksonometrik  tasvirdir.  Bundan  buyon  uni  qisqacha  izometriya  deb 

ataladi. 



 

40 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

To’g’ri  burchakli  izometrik  proyeksiya  yasashda  x,  y  va  z  o’qlariga 



detalning chizmadagi haqiqiy olchamlari qo’yiladi. 

3-qator sardoriga savollar yozilgan kartochka topshiriladi. Mavzu matnini 

o’qib, tushunib, savollarga javob topishga harakat qilishadi. 

 

Savollar. 



 

1. Izometrik proyeksiya deb nimaga aytiladi?  

2. To’g’ri burchakli izometrik proyeksiya yasashda x,   va z o’qlariga 

              detalning qanday o’lchamlari qo’yiladi?  

3. Izometrik proyeksiya   o’qlari vaziyatini doskada chizib ko’rsating. 

Har bir qator sardori savollarga topilgan javoblarni o’qib eshittirishadi va 

doskada  chizib  ko’rsatishi  lozim  bo’lgan  chizmalarni  doskada  chizib, 

tushuntirib  berishadi.  Har  bir  qatorga  bergan  javoblariga  qarab  rag’bat 

kartochkalari topshiriladi. 

Oqituvchi  o’quvchilarning  yangi  mavzu  asosida  o’rgangan  bilimlarini 

umumlashtirib,  o’quvchilarga  mavzu  asosida  qo’shimcha  malumotlar  beradi. 

Bunda texnik vositalardan  foydalaniladi. 

To’gri  burchakli  aksonometriya  to’g’ri  burchakli  izometriya,  to’g’ri 

burchakli dimetriya va tog’ri burchakli trimetriyani o’z ichiga oladi. 

Qiyshiq  burchakli  aksonometriyada  esa  qiyshiq  burchakli  izometriya, 

qiyshiq burchakli frontal dimetriyalarni o’z ichiga oladi. 5- rasm 



 

41 


 

 

5-rasm 



 

Texnikada  aksonometriyaning  to’g’ri  burchakli  izometriya,  to’g’ri 

burchakli  dimetriya  va  qiyshiq  burchakli  frontal  dimetriya  turlaridan  ko’proq 

foydalaniladi. 

Maktab  kursida  esa  darslikda  tavsiya  etilgan  aksonometrik 

proyeksiyalarning  2 turi bilan tanishiladi. 1. Qiyshiq burchakli frontal dimetrik 

proyeksiya . 

6-rasm  chizmalari  doskada  tahlil  qilinadi  va  dimetriyaning  yasash 

bosqichlari chizib kotsatiladi. 

Ikki  o’q  bo’ylab,  bir  xil  o’zgarish  koeffitsentiga  ega  bo’lgan 

aksonometrik  proyeksiyalash dimetriya deb ataladi. 

 

 



 

 

 



 

                                                                                                        m=n≠k 

 


 

42 


2.  To’g’ri  burchakli  izometrik  proyeksiya  7-  rasm  chizmalari  doskada 

tahlil qilinadi va izometriyaning yasash bosqichlari chizib ko’rsatiladi. 

Uch  o’q  bo’ylab    bir  xil  o’zgarish    koeffisentiga    ega  bo’lgan 

aksonometrik  proyeksiyalash izometriya deb ataladi. 

 

 

 



                                         

 

 



 

 

 



                                                                

 

      m=n=k                                                                 



 

O’quvchilarning mustaqil ishlari.  O’quvchilar A4 formatga  

aksonometriyada  frontal dimetriya va izometriya koordinata o’qlarini 

chizadilar.   

 

 


 

43 


  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

m



=

n≠



m

=

n=





 

44 


O’quvchilarning  ishlarini  kuzatib  turiladi.  Bo’sh  o’zlashtirayotgan 

o’quvchilarga yordam ko’rsatilib turiladi. 

IV. Mavzuni mustahkamlash uchun yangi mavzu yuzasidan test sinovi 

o’tkaziladi. 

a)  Har  bir  qator  sardori  o’qituvchi  stoli  ustidagi  test  kartochkalardan  1 

tadan olib, qatorga borib javob topishadi. Javobni umumlashtirib har bir qator 

sardori test javoblarni o’qib eshittiradilar va rag’bat kartochkalari beriladi. 

 

TEST 



1. Izometriya   so’zining ma'nosini toping. 

A)  tasvirlamoq 

B)  kuzatmoq 

V) oldinga tashlamoq  

G) bir xil o’lchash 

2. Qiyshiq burchakli frontal dimetrik proyeksiyaning koordinata o’qlarini 

toping. 

 

3. Qaysi aksonometriyada detal shakli haqiqiy kattaligida tasvirlanadi? 



A)  izometriyada 

B)  frontal dimetriyada  

V) perspektivada 

G) markaziy proyeksiyada 

 

b) Mavzu matnidagi grafik ishlar bajarilishi tahlil qilinadi. Kamchiliklari 



aytiladi.  Grafik  ishlar  yaxshi,  namunali,  o’rtacha  bajarilganligiga  qarab 

qatorlarga rag’bat kartochkalari beriladi. 

V. Darsni yakunlash. Uyga vazifa. 

Har  bir  qator  sardori  o’zlaridagi  rag’bat  kartochkalarini  sanaydi.  Qaysi 

qatorda  ko’p  rag’bat  kartochkasi  to’plangan  bo’lsa,  o’sha  qator  g’olib  qator 

ya'ni iqtidorli o’quvchilar nomiga ega bo’ladilar. 

Uyga mavzuni o’qish, grafik tushunchalar va mavzu bayonining qisqacha 

mazmunini  konspekt  daftarlariga  yozish,  aksonometrik  o’qlarni  chizib  mashq 

qilish. 

 

 



 

 

45 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



87- bet .11-1 

 

 



 

 

 



 

46 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 

 

1. Chizmachilik o’quv fanidan majburiy standart nazorat ishlarini 



    o’tkazish   bo’yicha tavsiyalar (8-9 sinf) Toshkent-2006  

 

2.Chizmachilik — 8. «Oqituvchi» Nashriyot Matbaa ijodiy uyi. 



   Toshkent-2006 yil. A. Umronxojayev 

 

3.Chizmachilik — 8-9. Metodik qollanma. «Oqituvchi» Nashriyot 



    Matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2006 yil. A. Umronxo’jayev 

 

4 «Ilg’or pedagogik texnologiya». Baliqchi — 2006. B. Do’monov 



 

5.  “Maktabda  chizmachilik  o’qitish    metodikasi”.  O’qituvchilar  uchun 

qo’llanma.  

      T-“O’zbekiston” – 2002. A. Umronxo’jayev. 

 

6. “Chizmachilik”. Umumta’lim maktablarining  8- sinfi uchun darslik. T-2004. 



       P. Odilov, I.Rahmonov, N.Hurboyev, A.Bo’riboyev. 

7. I.Rahmonov. Chizmachilik 8 T-2010 y. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

47 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

48 


 

Tasviriy san'at. 5-sinf uchun test. 

 

1-yarim yillik. 



 

1. Andijonlik grafik rassom kim? 

A). Bahodir Jalolov.  

B) Nizomiddin Holiqov  

S). Chingiz Ahmarov  

2. Rangtasvir asarlari qanday bo’yoq turlari bilan ishlanadi? 

A)  Suvbo’yoq, moybo’yoq, guash bilan 

B)  Plastilin, moybo’yoq, qalamlar bilan.  

S) Qalamlar, guash, suvbo’yoq bilan. 

3. «Qayroqqum GESi tongi» asarining muallifi kim? 

A)  P.Benkov 

B)  Z.Inog’omov  

S) O.Tansiqboyev 

4. Qaysi javobda rangtasvirda ishlatiladigan iboralar bayon etilgan? 

A)  Plastilin, stek, byust 

B)  Akvarel, moybo’yoq, palitra  

S). Illyustratsiya, zastavka, titul. 

5.  Suvbo’yoq  texnologiyasi  haqida  to’g’ri  fikr  yuritilgan  qatorni 

toping. 

A)  Suvbo’yoqni hech qanday eritma yordamida eritib bolmaydi 

B)  Suvbo’yoqni suvda eritish mumkin. 

S) Suvbo’yoqni maxsus eritmalar yordamida eritish mumkin. 

 6. «PodmaIyovka» so’zining ma'nosini toping. 

A)  Dastlabki bo’yoq berish 

B)  Shtrix berish  

S) Bo’yash 

7. «Peyzaj» so’zining ma'nosini toping. 

A)  Qoralama   . 

B)  Ranglama 

S) «Joy», «Makon» 

8.  Yoruglik  nurlarining  atrofdagi  jismlarga,  predmetlarga  va 

hokazolarga urilib qaytishida hosil bo’lgan bir natija. 

A)  Panno 

B)  Rang 

S) Model 


 

49 


 

9. To’qish, tuzish, bir-biriga ma'Ium tartibda joylashtirish, solishtirish va 

birlashtirishni anglatadigan so’zni toping. 

A)  Peyzaj 

B)  Kompozitsiya  

S) Qoralama 

10. Tasviriy san'at turlari qaysi qatorda to’g’ri yozilgan? 

A)  Tasviriy san'at, dekorativ-amaliy san'at, me'morchilik 

B)  Haykaltaroshlik, rangtasvir, me'morchilik  

S) Rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik 

11.  Narsalarning  bir-biriga  nisbatan  uzoq-yaqinligiga  qarab  rang-tussiz, 

tarhining tiniq yoki xira bo’lib ko’rinishi. 

A)  Fazoviy perspektiva 

B)  Chiziqli perspektiva  

S) Manzara 

12. Rangtasvir san’atida ijod qilayotgan andijonlik rassomlar toping. 

A)  Rustam O’rozov, Murod Umarov, Qosimjon Ortiqov 

B)  Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Alisher Mirzayev. 

 S) D.Ro’ziboyev, I.Jabborov, K.Jabborov 

13. Qalamda ishlanadigan tasviriy ish. 

A)  Rangtasvir 

B)  Haykaltaroshlik  

S) Qalamtasvir 

14. Yengil-yelpi, sinab ko’rish, belgilab topish niyatida ishlanadigan, chala 

bitirish zaruriyati bo’lmagan mashq ishlar. 

A)  Rangtasvir 

B)  Qoralama tasvirlar 

 S) Haykaltaroshlik 

15. «Sokolnikida kuz payti» asarini qaysi rassom yaratgan? 

A)  I.Levitan 

B)  N.Qo’ziboyev  

S) I.Shishkin 

16. Manzara janrida ijod qilgan rus rassomi 

A)  P.Benkov 

B)  N.Qo’ziboyev  

S) I.Levitan 

17.  Qarab  turgan  odamga  nisbatan  tomonlari  kichrayib  ko’rinayotgan 

predmetni  fazoviy  holatini  chiziqlarda  perspektiva  qonun  qoidalariga 

asoslanib tasvirlash. 

A)  Fazoviy perspektiva 

B)  Chiziqli perspektiva 

S) Peyzaj 



 

50 


 

18.  Rangli  tasvirlar  hamda  rasm  ishlash  sohasida  qo’llaniladigan 

moslamani toping. 

A)  Molbert 

B)  Panno  

S) Xolst 

19.  O’zbekiston  xalq  rassomi  Orol  Tansiqboyev  nechanchi  yillarda 

yashab ijod etgan? 

A)  1910-1970 yillarda 

B)  1900-1960 yillarda      

S) 1904-1974 yillarda 

20. Lotincha so’z bolib «Suv bilan suyultirib ishlatiladigan bo’yoqlar» 

ma'nosini anglatadigan bo’yoq turi? 

A)  Moybo’yoq 

B)  Suvbo’yoq  

S) Flomaster 

21.  Hayvonlarning  tasvirini  chizuvchi  yoki  haykalini  yasovchi 

mutaxassis 

A)  Haykaltarosh 

B)  Animalist  

S) Naqqosh 

22. San'at turlari qaysi qatorda to’g’ri yozilgan? 

A) Tasviriy san'at, dekorativ-amaliy san'at, me'morchilik 

B)Tasviriy san'at, grafika, haykaltaroshlik 

S).Haykaltaroshlik, rangtasvir, me'morchilik  

23. Qaysi boyoq turida oq bo’yoq ishlatilmaydi? 

A)  Moybo’yoqda 

B)  Guashda 

S) Suvbo’yoqda 

24.  Fransuzcha  «Graver»-kesmoq  so’zidan  olingan  graflkaning  bir 

ko’rinishi 

A)  Gravyura 

B)  Grafika  

S) Mozaika 

25. Gravyuraning linoleumga kesib ishlangan tasviri  

A) Grafika  

B) Linogravyura  

S) Qoralama 

 


 

51 


TASVIRIY SAN'ATDAN 5-SINF UCHUN 2-YARIM YILLIK 

BO’YICHA TEST SAVOLLARI. 

 

1. Ranglar doirasi haqida yozilgan qatorni toping. 



A)    Tabiatda  mavjud  bo’lgan  farqi  yaqqol  bilinib  turuvchi,  asosiy  sariq, 

qizil va zangori ranglar. 

B)    Ranglarni  tusi,  rangi,  xususiyatlari  bo’yicha  ajratib  olish  uchun 

tuzilgan jadval-sxema 

S) Qizil, sariq va zangori bo’yoqlarning aralashuvidan hosil 

boladigan omuxta ranglar. 

2. Fransuzcha-jonsiz tabiat ma'nosini bildirgan tasviriy san'at janri 

A)  Peyzaj                 B)  Portret                S) Natyurmort  

3. Perspektiva so’zining ma'nosini toping. 


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling