Мазу: Ча=ало=лик даврининг психологик хусусиятлари
Tekshirish uchun savollar
Download 230.5 Kb.
|
Дефектология асослари маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-MAVZU: SURDOPEDAGOGIKA. ESHITISHDA NUQSONI BOR BOLALAR. Reja
- Tayanch iboralar: Surdapedagogika–lotincha surdus kar, gung sozidan olingan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Tekshirish uchun savollar.1. Tiflopedagogika faninig vazifalari. 2. Ko’r bolalar qanday turlarga ajratiladi. 3. Zaif ko’ruvchilar qanday turlarga ajratiladi. 4.Tug’ma ko’rlikning kelib chiqish sabablari. 5.Orttirilgan ko’rlikning kelib chiqish sabablari. 6.Qanday tug’ma ko’z kasallaiklarini bilasiz. 7.Brayl shriftining qulay tomonlari. 4-MAVZU: SURDOPEDAGOGIKA. ESHITISHDA NUQSONI BOR BOLALAR. Reja: 1. Eshitish nuqsonlarining kelib chiqish sabablari. 2. Eshitish nuqsonlari bor bolalarning tavsifnomasi. 3. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar. Tayanch iboralar: Surdapedagogika–lotincha surdus kar, gung so'zidan olingan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1.Karimov.I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. Toshkent 1998 yil. 2.Nikitina.M.I. Tahriri ostida “Surdopedagogika” M.1989 yil. 3. V.S. Raxmanova. “Defektologiya va logopediya asoslari”. T. “O’qituvchi” 1991 y. 4. V.S. Raxmanova.“Defektologiya asoslari. ma’ruza matni.T 2004yil. Nutq murakkab ruhiy faoliyatdir.U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman barkamol bo’lib o’sishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bolalik davrida eshitishni yo’qotish esa bolaning psixologik rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatib, bir qator ikkilamchi nuqsonlarning paydo bo’lishiga olib keladi, eshitish nuqsoni bolaning nutqiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Karlikning erta paydo bo’lishi esa nutqning umuman rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin. Eshitish nuqsonlarining kelib chiqish sabablari tug’ma va orttirilgan bo’ladi. Inson rivojlanishida nutq muhim faoliyatdir. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan, bo’lib atrofdagilarga taqlid etish yo’li bilan rivojlanib boradi. Og’zaki nutqning shakllanishida eshitish analizatori, nutqni harakatga keltiruvchi analizator bilan mustahkam bog’langan holda ishlaydi. Eshituv analizatorining rivojlanish darajasi ko’p jihatdan tafakkurga bog’liq. Bola nutqining o’sib borishi tovushlar talaffuzi fiziologik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina xarakterlanib qolmay balki muhimi o’z nutqi va atrofdagilar nutqidagi so`zlarni tuzilishini, tovush tarkibining farqlay bilish qobilyati bilan ham xarakterlanadi. Inson rivojlanishida fiziologik omillar turlicha ta`sir etadi. Embrionllik davrida, homilaning rivojlanishida va tug`ilgandan keyin eshitishning buzilishiga bir qancha sabablar ta`sir etadi: onaning yuqumli kasalliklari (qizilcha, gripp, skarlatina, qizamiq); onani antibiotiklar ta`sirida va alkagol ta`sirida zaxarlanishi; ona va bolaning qon rezus faktori to’g’ri kelmasligi; tug`lish jarayonidagi travmalar( shikastlar); tug`ilgandan keyingi yuqumli kasalliklar bilan kasallanish; e`tiborsizliklar natijasida quloq yo`liga yot jismlarining tushib qolishi; ona va bolaning qon rezus faktori to’g’ri kelmasligi. Defektologiya ma’lumotlariga ko’ra eshitishda nuqsoni bor bolalarni rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola hayotining qaysi davrida paydo bo’lganiga va o’gir yengilligiga bog’liq. Kichik yoshidagi bolalarning eshitish qobiliyati, nutqi rivojlangandan so’ng, masalan: 2 yoshida yo’qolganida ham karlik natijasida bola atrofdagilar nutqini eshitmaydi va hattoki bilganlarini ham asta–sekin unutadi. Boladagi karlik bilan soqovlik qoshilib u kar-saqov bo’lib qoladi. Bolaga o’z vaqtida mahsus yordam ko`rsatilmasa, unda aqli zaiflik belgilari ham paydo bo`ladi. Surdopedagogikada eshitishida nuqsoni bor bolalar kar soqov (gung), zaif eshituvchi, keyinchalik, qulog’i kar bo’lgan bolalar guruhiga bo’linib o’rganiladi. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maktabgacha muassasalarda bolani har tomonlama rivojlantirish,uni maktab ta’limiga tayyorlashni amalga oshiradi. Yasli bog’chalariga bolalar 1.5 yoshdan,bolalar bog’chasiga 3 yoshdan qabul qilinadi. Maxsus umumta’lim maktablarda ta’lim tasdiqlangan o’quv reja va dasturlar asosida amalga oshiriladi. Sinf va tarbiya guruhlari 10-12 kishidan iborat bo’ladi. Maxsus maktabgacha va maktab muassasalarida eshitishi buzilgan bolalarga ta’lim-tarbiya korreksion ishlar olib boriladi hamda ularni oilasiga tibbiy, moddiy va pedagogik yordam ko’rsatiladi. Respublika karlar jamiyati eshitishda nuqsoni bo’lgan o’smirlarni kasb-hunarga yo’llab, moddiy tomondan ta’minlab, mamlakatimiz siyosiy va madaniy hayotiga munosabatini oshirib boradi. Eshitish qobiliyati zaif bolalar bilan ishlashda surdopedagoglar katta yutuqlarga erishmoqdalar. Mamlakatimizda turli korxonalarda hamma bilan teng barobar zaif eshituvchilar ham mehnat qilmoqdalar. Tarbiyachi va o’qituvchilarning asosiy vazifasi – qulog’i og’ir bolalarni boshqa anomaliyalardan ajratib, ularga alohida maxsus muassasalarda ta’lim-tarbiya olishini ta’minlkashdan iborat. Download 230.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling