Мазу: Ча=ало=лик даврининг психологик хусусиятлари


Oligofreniyaga ikki muhim belgi xosdir


Download 230.5 Kb.
bet9/17
Sana15.03.2023
Hajmi230.5 Kb.
#1270218
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Дефектология асослари маъруза матни

Oligofreniyaga ikki muhim belgi xosdir.
1.Ularning ruhiy rivojlanishi kamolotga yetmasdan to’xtab qoladi va asosan, ularning klinik manzarasida aqliy yetishmovchilik belgilari ustunlik qiladi.
2.Ularda prosessual kasalliklarga xos bo’lgan alomatlar xastalikni yomon tomonga qarab yo’nalishi, rivojlanishi kuzatilmaydi.
Oligofren aqli zaif bolalar voqea va hodisalarni kuzatib, chuqur tahlil etib, umumlashtirib, to’g’ri xulosalar chiqarish qobiliyatiga ega bo’lmaydi. Bilim doirasi tor, mulohazalari yengil, sayoz va o’ta sodda bo’ladi. Bu kamchilik ularning diqqat e’tiboriga, aql-idrok etish qobiliyatiga, xotiralarining sifatiga ham ta’sir ko’rsatadi. Ularda faqatgina ruhiy rivojlanish to’xtab qolmasdan balki, jismoniy kamchiliklar ham ko’zatiladi. Jismoniy kamchiliklarning ko’zga tashlanadigan belgilari bolaning homilalik davrida zararli omillarni ta’siri bo’lganda hamda xromosoma apparatining patalogiyasi natijasida ham kuzatiladi. Aqli zaiflikning yengil darajasini aniqlash ancha murakkab, chunki ba’zilari boshqa bolalardan farqlab olish ancha qiyin.

Oligofreniya darajalari






Debil



Imbesil

Idiot

Aqliy nuqsonning chuqurligiga qarab oligofreniya 3 darajaga ajratiladi;


- debil
- imbesil
- idiot
Debillik -birmuncha yengil daraja bo’lib, oligofreniyaning eng ko’p tarqalgan darajalaridan biridir. Yordamchi maktab o’quvchilarining asosiy qismini debil bolalar tashkil etadi. Uni boshqa o’xshash anomaliyalar va sog’lom bolalardan ajratib olish ancha qiyin. Buning asosiy sababi shundaki, aqliy nuqsoni aytarli darajada chuqur emas. Aql idrok, xotira, tafakkur qobiliyatlarida kuzatiladigan kamchiliklar sezilarli darajada bo’lmaydi. Ular aniq masalalarni hal qilishlari mumkin bo’lsa ham keng va chuqur ko’lamli voqealar, hodisalar va muammolarni mustaqil tahlil etib to’g’ri xulosa chiqarishga ojizlik qiladilar. Ammo tafakkurni umumlashtirish qobiliyati yetishmasligiga qaramay, ular aniq fikrlash hisobiga maxsus maktab dasturlarini o’zlashtirishlari mumkin. Hamda, amaliy, ijtimoiy tajribalar orttirib, hayotning o’zgarib turadigan talablariga ma’lum darajada moslashishlari mumkin. Ularning his-tuyg’u, irodalarida ishonuvchanlik, soddalik hamda fe’l-atvorida g’o’rlik belgilari kuzatiladi. O’z-o’zini nazorat qilish va atrof-muhitga bo’lgan tanqid va hushyorlik sezilmaydi. O’qishga qobiliyatlari sust, zehni past bo’ladi. Bu bolalar umumlashtira oladilar. Debil bolalarda yetarli harakatchanlik, ish qobiliyatlari saqlangan bo’ladi. Tushunchalarning shakllanishi juda qiyin amalga oshadi. Umumlashtirish, taqqoslash jarayonlari juda zaifdir. O’qilgan muayyan mavzuni qiyinchilik bilan o’zlashtiradilar. To’g’ri yozish malakalarini qiyinchilik bilan egalklaydilar. Ularning nutqi sodda, grammatik tomoni buzilgan, tili chuchuk bo’lishi mumkin.
O’z vaqtidagi ta’lim-tarbiya, mehnat malakalarini berish aqliy nuqsonni murakkablashtiruvchi asab-ruhiy ta’surotlarni yo’q qilish orqali debil bolalarni muvaffaqiyatli holda hayotga moslashtirish mumkin. Bu bolalarda intilishlarining borligi, kelajakda jamiyatda o’z o’rinlariga ega bo’lishlarini bilishlari asosida mehnat malakalarini egallashlariga yordam beradi.
Imbesillik–oligofreniyaning o’rta darajasi bo’lib, debil darajadan bir muncha og’irdir. Ular umumlashtira olmaydilar. Oddiy tushunchalarni hosil qila olmasligi bilan ajralib turadi.
Imbesil bolalr ikki guruhga bo’linadi:
-o’zlashtira oladigan;
-o’zlashtira olmaydigan.
O’zlashtira oladigan imbetsil bolalar 20 gacha sanay oladilar. Oila a’zolarini taniydilar. Sodda mazmundagi elementar bilimlarni egallashlari mumkin. Ammo bu bilimlarni mantiqan tushunib yetmasliklari sababli mustahkam bo’lmaydi. Bu bolalarda mexanik xotira nisbatan saqlangan, ularning diqqatlari tarqoq, nutqi buzilgan, lug’at boyligi kambag’al bo’ladi. Ularda hissiyot nisbatan saqlanib qolgan. Imbesil bolalar voqealarga mos ravishda xursand va xafa bo’ladilar. Ular mustaqil yashay olmaydilar, yordamga muhtoj bo’ladilar. O’zlashtira olmaydigan imbesil bolalar materialning mazmunini ilg’ab ololmaydilar. Ko’rish va eshitish analizatorlari qabul qilgan axborotlarni tahlil qila olmasligi natijasida harflarni eslab qolishga qiynaladilar, o’xshash tovushlarni aralashtirib yuboradilar. Shu sababli ularni hayotga moslashtirishda doimiy nazoratga va yordamga muhtojlik sezadilar.
Idiot–oligofreniyaning eng og’ir darajasi. Idiotlik juda chuqur psixologik nuqsondir. Bu asosan ilk embrion yoki kech embrion davridagi bola markaziy asab tizimining qo’pol darajada buzilishidir.
Idiotlik ko’p hollarda jismoniy nuqsonlar bilan birga keladi. Bularga harakat tizimining qo’pol buzilishlari, ko’rlik, karlik, falajlik kiradi, ular o’z shaxsini aniq bilmaydi, o’zlariga qarab gapirilgan gapdan ko’ra mimika va yuz harakatlarini nisbatan ilg’ab oladilar. Ularda nutq ba’zida umuman bo’lmaydi, ba’zan ayrim sozlarni talaffuz qila oladilar. Tashqi olamga, atrof-muhitga umuman qiziqishlari bo’lmaydi. Ovqatlanish tizimi ham qo’pol buzilgan. Ular ba’zan 7-8 yoshlaridagina harakatlanishlari mumkin. Ularda teri nuqsonlari, ichki organ kamchiliklari, endokren va modda almashinuvining buzilishi kuzatiladi. O’zlariga xizmat qilish malakalari shakllanmagan. Hissiyotlari haddan tashqari sodda bo’lib, fiziologik hohishlar bilan bog’liq.
Imbesil va idiot bolalar ta'lim olish qurbiga ega emas. Ular ijtimoiy ta'minot vazirligi qoshidagi bolalar internatlariga tarbiyalanadi. Imbesil bolalar idiot bolalarga qaraganda nisbatan tuzukroq rivojlangan bo'lsa ham, mustaqil hayot kechira olmaydi. Ularga maxsus muassasalarda sodda bilimlar, mehnatning ayrim sodda turlari o'rgatiladi. Oligofreniyaning uchchala darajasida ham tarbiyachi va o'qituvchilar oligofren o'quvchilarni sog'lom tengdoshlari hamda o'xshash tarzdagi boshqa kamchiliklari bor bolalardan ajrata olishlari lozim. Lekin oligofreniyaning eng yengil darajasini – debillikni boshqa o'xshash anomaliyalardan va sog'lom bolalardan ajratib olish amalda ancha qiyin bo'ladi.
Savod o'rgatishning dastlabki davridayoq bu bolalar tovush va harflar o'rtasidagi bog'lanishlarning farqiga yaxshi bormay harflarni eslab qolish, bug'unlab o'qish, tez ravon o'qish malakalarini o'zlashtirishda qiynaladilar, juda ko'p xatolarga yo'l qo'yadi.
Debil bolalarning bilish faoliyatidagi kamchiliklar matematika darslarida ayniqsa yaqqol namoyon bo'ladi, negaki, eng oddiy hisoblash operatsiyalari ham abstrakt fikrlashni talab qiladi. Debil bolalar tartib sonlarini o'zlashtira oladilar, lekin qo'shish va ayirish, teskari sanash, eng oddiy masalalarni, misollarni yechishda juda qiynaladi.
Nerv jarayonlari muvozanati, bilish faoliyatining buzilganligi natijasida oligofren bolalarning xulq-atvorida ham bir qator kamchiliklar kuzatiladi. Qo'zg'alish va tormozlanish o'rtasidagi muvozanat buzilganligi tufayli ayrim oligofren bolalar haddan tashqari jonsarak, serharakat, sho'x bo'ladilar va tormozlanish jarayoni ustun turgan bolalarda esa, aksincha passivlik, bo'shanglik, beparvolik, hech narsaga qiziqmaslik kuzatiladi. Oligofren bolalar vaziyatni yetarli darajada anglay olmaydilar, hatti-harakatlarini vaziyatga qarab, adekvat o'zgartira olmaydi. Ularda o'z-o'ziga va atrofdagilarga nisbatan tanqidiy munosabat birmuncha sust bo'ladi.
Yuqorida ko'rsatilgan bir qator kamchiliklariga qaramay, oligofren bolalar bilan to'g'ri tashkil etilgan maxsus ta'lim-tarbiya ishlari natijasida defektologlar ularni mustaqil hayotga tayyorlash, kasb-hunarga o'rgatish borasida katta yutuqlarga erishmoqdalar. Maxsus yordamchi maktablarda ta'lim-tarbiya olib chiqqan debil bolalar hayotda o'z o'rnini topib, sanoat, qishloq xo'jaligining turli sohalarida, maishiy xizmat sohasida faol mehnat qilib yashamoqdalar.
Tarbiyachi va o'qituvchilarning muhim vazifasi oligofren bolalarni boshqa anomal bolalardan ajratib, ularning iloji boricha ertaroq tegishli muassasalarda ta'lim-tarbiya olishlarini ta'minlab berishdir.



Download 230.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling