Мазу: Ча=ало=лик даврининг психологик хусусиятлари


Tеkshirish uchun savollar


Download 230.5 Kb.
bet11/17
Sana15.03.2023
Hajmi230.5 Kb.
#1270218
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Дефектология асослари маъруза матни

Tеkshirish uchun savollar

  1. Harakat tayanch a'zolari buzilgan bolalar boshq toifadagi anomal bolalardan nima bilan farq qiladi?

  2. Nima uchun bolaning harakat tayanch a'zolari jarohatlanadi?

  3. Ushbu bolalardagi nuqson nima sababdan kеlib chiqadi.

  4. Harakat tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar qaеrda ta'lim tarbiya olishlari kеrak?

7- MAVZU: LOGOPEDIYA FANINING PREDMETI, VAZIFALARI


Reja.
1.Logopediya fani va uning vazifalar.

  1. Nutq nuqsonlari haqida tushuncha.

  2. Nutq nuqsonlarining, kelib chiqish sabablari

  3. Nutq kamchiliklariga ega bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlar.



Tayanch iboralar:


Rinolaliya- burunli nutq.
Adabiyotlar ro’yxati:
1.Muminova L. Bolalarni logopedik tekshirish . Toshkent. 1994 y.
2.Muminova. L. Ayupova M. Logopediya. Toshkent. 2000 y
3.Raxmonova V. Defektologiya va logopediya asoslari. Toshkent:-1991. y.

Nutq murakkab funksional jarayondir. Nutq orqali odam borliqni, fikrni idrok etishi mumkin.


Logopediya fanining vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Turli xil nutq kasalliklari bor kishilarning nutq faoliyatini o’rganish.

  2. Nutq kamchiliklari kelib chiqishi sabablarini aniqlash.

  3. Nutq kamchiliklarining kishi faoliyati ruhiy rivojlanishiga ta’sirini o’rganish.

  4. Nuqsonli bolalarda nutq kamchiliklarini o’rganish.

  5. Nutq kamchiliklarini aniqlash usullarini ishlab chiqarish.

  6. Nutq kamchiliklarini sistemaga solish.

  7. Nutq kamchiliklarini oldini olish, bartaraf etish.

  8. Logopedik ishlarni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish.

Logopediya maktabgacha yoshli, maktab bolalari logopediyasi, o’smirlar va katta yoshdagilar logopediyasiga bo’linadi.


Artikulyasiya qilishga ilk urinishlar bola hayotining 2-3 oyida paydo bo’ladi. Bola kattalarga taqlid qilish orqali tovush va so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishga o’rganadi. Maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalarning ko’pchiligini aniq va to’g’ri nutqga ega bo’ladilar. Ammo ular orasida nutqiy niqsonga ega bo’lgan bolalar ham uchraydi.
Bolalar nutqida faqat tovushlarni buzib talaffuz qilish uchramay balki ularda nutqning umumiy rivojlanmaganligi ham kuzatiladi. Bunday nutqiy nuqsonga ega bo’lgan bolalar maktab dasturlarini o’zlashtirishga qiynaladilar va ular logopedik yordamiga muxtoj bo’ladilar. Shuning uchun ota-onalar, tarbiyachilar bolalarning nutqiga e’tibor berishlari va o’z vaqtida nutqida uchraydigan kamchiliklarini oldini olishlari zarur.
O’zbekistonda mutaxassislarning malumotlariga ko’ra 5 yoshli bolalarda tuvushlar ta’laffuzidagi kamchiliklar 41.5 %, 6 yoshli bolalarda 22.9 % ni tashkil etadi.
Bolalarning lug’at boyligi bog`chagacha bo’lgan davrda o’sishi: 1 yoshu 6 oyda 10-15 ta so’z, 2 yoshda 300 ta so’z, 3 yoshda 1000 ta so’z, 4–6 yosh 3000-4000 ta so’zni, 7- 17 yoshgacha bo’lgan davrda yozma nutq yetakchi rol o`ynaydi. Nutq nuqsonlari quyidagicha xarakterlanadi.

1. Nutq nuqsoni o’z- o’zidan barham topmaydi, balki vaqt o’tgan sari rivojlanib boradi.



  1. Nutq nuqsoni gapiruvchining yoshiga mos kelmaydi.

  2. Nutqida nuqsoni bo’lgan kishilar logopedik yordamiga muxtoj bo’ladi.

  3. Og’ir nutq kamchiliklari bolaning nafaqat nutqiga balki uning umumiy rivojlanishiga ham salbiy tasir ko’rsatadi.

Nutq kamchiliklari o’z xususiyatlari jixatidan bolalarda va kattalarda ba’zan vaqtincha uchrab turadigan nutqiy kamchiliklardan farq qiladi.
Nutq nuqsonining o’z vaqtida to’g’ri holatga kelish uchun maxsus sharoitlar zarur.
-Bola ruxiy va jismoniy jixatdan sog’ bo’lishi;
-Normal aqliy qobiliyatga ega bo’lishi;
-Normal ko’rishi va eshitishi;
-Yetarli darajada ruxiy aktivlikka ega bo’lishi;
-Gaplashish extiyojiga ega bo’lishi;

Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushuncgalarni o’zlashtirib olishga, tevarak atrof haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirishiga imkon yaratdi.


Bolalarda nutqiy nuqsonlarni kelib chiqishining asosiy sabablari:


1. Embrion rivojlanish davridagi tirli xil patalogiyalar.
2. Xomiladorlik vaqtidagi taksikozlar, virusli va endokrin jarohatlar, qon rezus faktoriga mos kelmasligi.
3. Tug’riq vaqtidagi shikastlanish, jarohat, asfiksiya
4. Bola rivojlanishining birinchi yildagi bosh miya kasalliklari .
5. Miya chayqalishi bilan sodir bo’ladigan bosh miya jarohatlari.
6. Nasliy faktorlar.
7. Sotsial-maishiy sharoitning yomonligi.
Hamma nutq buzilishlari kelib chiqish sabablariga ko’ra ikki guruhga bo’linadi.



Download 230.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling