Мазу: Ер мониторинги


tog‘ va tog‘-oldi hududlaridan tarqalgan tuproqlarning genezisi va klassifikatsiyasiga asos solgan


Download 17.24 Kb.
bet5/6
Sana06.11.2023
Hajmi17.24 Kb.
#1751724
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu 1-dars Kirish Tuproqshunoslik fanining tarihi

Bu olim tog‘ va tog‘-oldi hududlaridan tarqalgan tuproqlarning genezisi va klassifikatsiyasiga asos solgan. 1908 yilda fundamental tuproqshunoslik bo‘yicha darslik yozgan. V.V.Dokuchaev nomli institutda Tuproqshunoslik uyushmasining a’zosi bo‘lib ishlagan.

Kossovich P.S. (1862-1915)

Kossovich P.S. (1862-1915)

Tuproqlarning fizikaviy, kimyoviy va agrokimyoviy xossalarini o‘rgangan olim. Bundan tashqari tuproq qoplamining klassifikatsiyasi va evolyusiyasiga asos solgan olimlardan biridir.

Vilyams V.R. (1863-1939)

Vilyams V.R. (1863-1939)

V.R.Vilyams tuproqshunoslik fanini rivojlantirishda va tuproq paydo bo‘lish qonuniyatlarini hal etishda hizmat qilgan. U tuproqshunoslikda biologik nazariya asoschisi hisoblanadi. Vilyams tabiatda moddalarning kichik biologik aylanish ta’limoti yaratib, birinchi bo‘lib tuproq unumdorligiga agronomik izoh berdi.

Gedroys K.K. (1872-1932)

Gedroys K.K. (1872-1932)

Uning ta’rifiga ko‘ra, tuproqning singdirish qobiliyati tuproqshunoslik va dehqonchilikda katta ahamiyatga ega, chunki singdirish natijasida o‘simlik hayoti uchun zarur oziq element (azot, fosfor, kaliy va boshqa)lar tuproqda vaqtincha ushlanib qoladi, bu esa o‘simliklar oziqlanish rejimining va tuproq unumdorligini yaxshilanishiga sabab bo‘linishini aniqlagan olim.

Tyurin I.V. (1892-1962)

Tyurin I.V. (1892-1962)

Tuproqshunoslikda tuproq organik moddalarini o‘rganish masalalari alohida o‘rin egallaydi. Bu borada akademik I.V.Tyurin tomonidan tuproq gumusi sohasidagi juda katta tadqiqotlar olib borilgan.

O`zbekiston tuproqshunos olimlari

O`zbekistonda tuproqshunoslikning rivojlanishiga M.B. Bahodirov, B.V. Gorbunov, V.B. Gussak, N.V. Kimberg, M.A. Orlov, M.A. Pankov, A.M. Rasulov, S.N.Rijov, X.M. Maxsudov, M.U. Umarov, O.K. Komilov va boshqalarning hissasi katta.


Tuproq paydo bo‘lish jarayonlarining umumiy sxemasi va tuproq profilining shakllanishi - tuproq paydo bo‘lishi nihoyatda murakkab biofizik-kimyoviy jarayondir. A.A.Rodening ko‘rsatishicha tuproq paydo bo‘lish jarayoni deb moddalar va energiyaning tuproq qatlamida o‘zgarishi va harakatlar singari hodisalar yig‘indisiga aytiladi.

Download 17.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling