Мазу: Ер мониторинги


Mana shu qolgan tuproq, ya’ni quruqlikning 7,5% i 3.825.000.000 gektarni tashkil qiladi


Download 17.24 Kb.
bet3/6
Sana06.11.2023
Hajmi17.24 Kb.
#1751724
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu 1-dars Kirish Tuproqshunoslik fanining tarihi

Mana shu qolgan tuproq, ya’ni quruqlikning 7,5% i 3.825.000.000 gektarni tashkil qiladi.

Insoniyat mana shu qolgan maydondagi tuproq hisobiga kun kechiryapti.

Tuproqshunoslik rivojlanish tarixi

Qishloq xoʻjaligida tuproq unumdorligini oshirish, sanoat oʻgʻitlarini qoʻllash, yerning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq eroziyasiga qarshi kurash va boshqa masalalarni hal qilishda katta ahamiyatga ega. Tuproq XVIII asr oxirlaridan oʻrganila boshlandi.

XIX asr oʻrtalarida tuproqni geologik hosila deb qarovchi agrogeologik yoʻnalish vujudga keldi.

XIX asr oxirlarida V.V. Dokuchayev Rossiyada tirik va o`lik tabiat xususiyatlariga ega tabiiy tarixiy jins — tuproq toʻgʻrisidagi tushunchani asoslagan genetik tuproqni yaratdi.

Tuproqshunoslik rivojlanish tarixi

Tuproqning agronomik yoʻnalishi (tuproq bilan oʻsimlik oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik, tuproq unumdorligi)ni P.A.Kostichev, geografik yoʻnalishi (tuproq kesmasining tuproq hosil boʻlish jarayoni bilan bogʻliq holda solishtirma tahlili)ni esa K.D. Glinka, N.M. Sibirsev va boshqalar rivojlantirdi. Agronomik, oʻrmon va meliorativ tuproqshunoslik — tuproqshunoslikning amaliy sohalaridir.

XX asr boshlarida Tuproqshunoslikning yangi — kimyoviy yoʻnalishi vujudga keldi. Bu yoʻnalishni tuproq kolloid kimyosi asoschisi K. K. Gedroys yaratdi.

Tuproqshunoslik rivojlanish tarixi

1920 yillarda V.I.Vernadskiy tuproq hosil boʻlishida tirik organizmlar ahamiyatini oʻrganib, Tuproqshunoslikda biogeokimyo yoʻnalishga asos soldi. 1930 yillarga kelib, tuproq fizik kimyosi, fizikasi, mineralogiyasi, mikrobiologiyasi kabi boshqa boʻlimlar ham shakllandi. Tuproqshunoslikning shu davrdagi hamda keyinchalik rivojlanishida N.A.Dimo, N.A. Gerasimov, Ye.N. Ivanova, V.A. Kovda, B.B. Polinov, L.I. Prasolov, N.N. Rozov, I.V. Tyurin va boshqalarning ishlari yetakchi ahamiyatga ega boʻldi.


Download 17.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling