Rivojlanish tarixi
Tuproqshunoslik fan sifatida uncha katta tarixga ega bo‘lmasada tuproq haqidagi dastlabki ma’lumotlar bundan 2-2,5 ming yillar oldin yuzaga kelgan. Qadimgi yunon olimlari va faylasuflari Teofrast va Aristotel asarlarida tuproq haqidagi dialektik qarashlar va g‘oyalar egallaydi. Teofrast (eramizning 372-287) ning “O‘simliklar haqida tadqiqotlar” asarida tuproq xossalarini o‘simliklarning talabi asosida o‘zgarish g‘oyalari keltirilgan.
Dokuchaev V.V. (1846-1903) Dokuchaev V.V. (1846-1903) V.V.Dokuchaev eng birinchi bo‘lib, tuproq qoplamining shakllanishi, fizik-geografik-muhit va uning rivojlanish tarixi bilan chabarchas bog‘liq ekanligini aniqladi, hamda tuproq haqidagi ta’rifni berdi: «tuproq – yerning ustki g‘ovak unumdor qismi – organik yaralma, qaysiki har doim o‘ziga xos hisoblanadi; tuproq - ona jins, tirik va o‘lik (yashab o‘tgan) organizmlar (o‘simlik va hayvonot), iqlim, joyning yoshi va rele`fning birgalikdagi faoliyatining mahsuli hisoblanadi». Sibirsev N.M. (1860-1900) Sibirsev N.M. (1860-1900) N.M.Sibirsev V.V.Dokuchaevning ilk shogirdi bo‘lib, u tuproqlarning klassifikatsiyasini o‘rganib, o‘z tadqiqotlari davomida tuproq kartografiyasini, qurg‘oqchilikni oldini olish haqida birinchi marta Tuproqshunoslik darsligini yaratgan olim. Kostichev P.A. (1845-1895) Kostichev P.A. (1845-1895) Tuproqshunoslik va dehqonchilikga asos solgan olim. Organik moddalar o‘simliklar, jonivorlar va mikroorganizmlarning har xil darajada chirigan qoldiqlaridan ular metabolizmining mahsulotlaridan hamda tuproqning o‘ziga xos moddasi – gumus yig‘indisidan iboratligini ta’kidlab o‘tgan. U o‘z tadqiqotlari davomida tuproq unumdorligiga fizik va biologik faktorlarni ta’siri borligini isbotlab bergan. Glinka K.D. (1867-1927) Glinka K.D. (1867-1927)
Do'stlaringiz bilan baham: |