Mazu; rdb dastgohlarining tasnifi
D Burilish koordinatasi (rezervdagi) E
Download 0.98 Mb.
|
5v
Shartli grafika belgilari va sxemalari standartlashgan kinematikaviy, gidravlik va boshqa sxemalaridan tashkil topgan. Koordinataviy texnologik sxemalarida qo’llaniladigan ayrim shartli belgilar rasm 51 va 52 berilgan. Belgilar to’rt guruxga bo’lingan: 1) Np - qo’zgalmas bloklar (stanina, ustunlar, tumbalar va boshqalar); 2) Fb - frezerli bloklar (boshqa qo’zgalmas va harakat qiladigan bloklar birgalikda); 3) PB - boshqa qo’zg’aluvchi bloklar; 4) VB - yordamchi qo’zg’aluvchi bloklar. Har qaysi qo’zgalmas blok o’ziga dastgohning barcha qo’zg’almas qismlarini birlashtirib, sxemada ularga tutashganqo’zg’aluvchi bloklar yo’naltirgichlarining shartli belgisini ifodaluvchi chiziq bilan ko’rsatiladi (rasm 51): Np.1 - konsolsiz vertikal-frezalash dastgohining staninasi (frezalash kallakining yo’naltirgichlari bilan); Np.2 - qo’zgalmas frezalash kallakli konsolsiz vertikal-frezalash dastgohining staninasi (frezaning surilishi pinol ko’chishi bilan amalga oshiriladi); Np.3 - konsolli vertikal-frezalash dastgohining staninasi (chapda - konsolning stoli va salazkalari uchun yo’naltirgich, o’ngda - frezalash kallakni burish uchun graduslarga bo’lingan staninaning flanetsi); Np.4 - maxsus vertikal frezalash dastgohi staninasining shartli belgilanishi, bunday dastgohda bo’ylama harakatni stol bajaradi, ko’ndalang harakatni esa frezalash kallak bilan polzun (sirpang’ich) amalga oshiradi; Np.5 - vertikal parmalash dastgohining staninasi, yuqoridagi yo’naltirgichlar - support va revolver kallak uchun, pastdagi - salazkalar uchun; Np.6 - tokarlik dastgohning staninasi. Frezalash bloklarni boshqa qo’zg’almas va qo’zg’aluvchi bloklar bilan tutashgan holda shartli belgilash printsipini quyidagi misollarda ko’rib chiqish mumkin: FB.1 - frezelash kallak qo’zg’almas, surish harakatini shpindel pinoli bajaradi; S -shpindelni freza bilan aylanishi; FB.2 - frezalash kallaki qo’zg’aluvchi, Z o’qi bo’yicha surish harakatini amalga oshiradi; FB.3 - frezalash kallaki qo’zg’aluvchi, Z o’qi bo’yicha surish harakatini amalga oshiradi; shpindel gilzasi sozlovchi (qo’l bilan) w harakatiga ega; FB.4 - frezalash kallakiY o’ki atrofida buriladi, surishni shpindel gilzasi bajaradi. Boshqa PB va VB qo’zg’aluvchan bloklarining shartli belgilari 52-rasmda ko’rsatilgan va quyidagilarni bildiradi. PB.1 - vertikal frezalash dastgohi Y1salazkalar va X1stolni tutalishi; PB.2 - tokarlik dastgohi supportida bo’ylama Zva ko’ndalang Xsalazkalarini tutalishi; PB.3 - konsolli frezalash dastgohining Y1salazkalari va r konsolni tutalishi; PB.4 - o’zaro ko’ndalang stolli vertikal parmalash (yoki konsolsiz frezalash) dastgohining Y1salazkalari va Xstolini tutalishi; PB.5 - qo’zgaluvchan Xblokiga o’rnatilgan wqo’zg’aluvchan blok bo’lish doirasi bilan tutalishi (wblokiningX o’qi bo’yicha burilishi qo’l bilan bajariladi, maksimal burilish burchagi ye ga teng); PB.6 - salazkalar vertikal 1 va gorizontal 2 yo’naltirgichlari bilan, masalan, MS12-250 rusumli ko’p operatsiyali dastgohining supporti; PB.7 - to’g’ri burchakli stol 2ga qurilgan buraladigan doiraviy stol 3 (1 - to’g’ri burchali stolning yo’naltirgichlari); PB.8 - gorizontal shpindel kallakni koordinataviy texnologik sxemasida chap, o’ng yoki tepadadan ko’rinish bo’yicha belgilanishi; PB.9 - prizmasimon yo’naltirgichli gorizontal shpindel kallakni koordinataviy texnologik sxemasida tepadadan ko’rinish bo’yicha belgilanishi; PB.10 - shpindel kallak uchun prizmasimon yopiq yo’naltirgichli ko’zg’aluvchan kolonna 1; PB.11 - gorizontal shpindel kallak 1 qo’zgaluvchan kolonna 2 bilan (3- stanina yo’naltirgichlari); PB.12 - supportni ko’ndalang 3 yo’naltirgichlariga o’rnatilgan to’rt holatli avtomatik buriladigan keskich tutqichi 1 ketingi keskich tutqichi 2 bilan; PB.13 - supportni ko’ndalang 2 yo’naltirgichlariga o’rnatilgan to’rt holatli V strelkasi bo’yicha avtomatik uzlukli buriladigan keskich tutqichi 1; PB.14 - revolver kallakli 2 vertikal parmalash dastgohining shpindel bloki 1 asboblar 3 bilan; Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling