Mazvu: Falsafiy antropologiya (Inson falasafasi) Reja: Inson borlig’ining o’ziga xos xususiyatlari. Ong tushunchasi va uning mohiyati
Download 88.98 Kb.
|
7 мавзу (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson borlig’ining o’ziga xos xususiyatlari. Ong tushunchasi va uning mohiyati.
Mazvu: Falsafiy antropologiya (Inson falasafasi) Reja: 1. Inson borlig’ining o’ziga xos xususiyatlari. Ong tushunchasi va uning mohiyati. 2. Ongning kelib chiqishi va rivojlanishi. 3. Yuksak ong — inson bunyodkorlik faoliyatining omili. 4. Sharq va G’arb falsafasida inson muammosi. Inson borlig’ining o’ziga xos xususiyatlari. Ong tushunchasi va uning mohiyati. Tabiatning oliy mahsuli, gultoji bo’lgan inson borlig’iga, o’ziga xos manfaat va ehtiyojlarga ega bo’lgan, o’zligini anglay biladigan shaxslar kiradi. «Til va tushuncha sohibi bo’lgan tirik zotdan ortiqroq mukammal bo’lgan biror zot yo’qdir»1, - deydi Abu Nasr Forobiy. Shaxs - bu o’zining ijtimoiy shart-sharoitlariga bog’liq bo’lgan va individual suratda ifodalangan xislatlarga, intellektual, emotsional va irodaviy sifatlariga ega bo’lgan odam. Har bir shaxs o’zining tug’ma xususiyatlari bilan bir qatorda ijtimoiy xususiyatlarga egadir. Ijtimoiy — munosabatlar majmui, kishilarning kundalik turmush tarzi, insonning mohiyatini belgilaydi. Inson borlig’i uning aqliy va jismoniy mehnati, ehtiyoj va manfaatlarini qondirish uchun xatti-harakatlari, axloq-odob, dunyoqarashi va h.k. namoyon bo’ladi, o’z ifodasini topadi. O’ziga xos individual xarakterga, intellekt, emotsional xususiyatlariga, temperamentga ega bo’lgan har bir insonning mavqei, uning jamiyat taraqqiyotiga qo’shgan hissasi bilan uzviy bog’liq. Jamiyatda mavjud bo’lgan barcha narsalar insonning mehnati tufayli va inson uchun yaratilgan. Shuning uchun insonning qadr-qimmati qanchalik yaxshi e’zozlansa, ularning faolligi ham, jamiyat taraqqiyotiga qo’shgan hissasi ham shunchalik ko’p bo’ladi. Sho’rolar hukumati hukmronlik qilib turgan vaqtlarda so’zda «hamma narsa inson uchun, inson baxt-saodati uchun», deb e’lon qilinsa-da, amalda insonning erki va huquqlari chegaralanib, ularning qadr-qimmati oyoq osti qilinib kelingan edi. Mustaqil respublikamizda insonning shon-shuhrati, qadr-qimmatini e’zozlash davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishlariga aylangan. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining ikkinchi moddasida «davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi», «xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir», deb mustahkamlab qo’yilgan. Jamiyatimizda shiddat bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi ham bitta - fuqarolarning munosib hayot kechirishini, tinchlik va milliy totuvligini ta’minlashdan iboratdir. «Barcha islohotlarning - iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat»1, - deydi O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov. Ma’lumki, inson borlig’i jamiyat taraqqiyotining birdan bir manbaidir. Ijtimoiy borliq hodisalarning barcha turlarini o’z ichiga qamrab oladi. Jamiyat bir biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy etnik, oilaviy va h.k. munosabatlardan tarkib topgan, doimo taraqqiy etib, rivojlanib turadigan jonli organizmdir. Jamiyat tabiat taraqqiyotining zaruriy oqibatidir. Organik olamning taraqqiyoti ma’lum bir davr sharoitlarida odamning kelib chiqishiga, uning jamoa munosabatlari va mehnat jarayonida o’sishiga, so’ngra kishilik jamiyatining tashkil topishiga olib kelgan. Shuning uchun ham tabiat jamiyatni bir-biridan ajratib qarash, ularni qarama-qarshi qilib qo’yish noto’g’ri. Borliq jonli tabiatning oliy mahsuli bo’lgan inson ongida aks etadi. Shunday ekan ong nima, u qanday qilib paydo bo’lgan degan savollar ustida inson eng qadim zamondayoq o’ylay boshlagan. Natijada ong muammolarini talqin qilishda turli holatdagi tasavvurlar vujudga keladi. Sharq falsafasi va islom ta’limotiga ko’ra, ong Olloh tomonidan insonga in’om qilingan ruhning zahuroti, u o’lmas va abadiydir. Forobiyning fikricha, “odamlarning bir avlodi o’lib ketgach, ularning jismlari yo’q bo’lib ketadiyu, ammo ularning ruhlari vujud (qafasi)dan qutilib, saodatga erishadilar. So’ng boshqalari ularning o’rnini egallab, ular qilgan ishlarni qiladilar. Bu avlod odamlari ham dunyodan o’tgach, xuddi shunday yo’l bilan ruhlari avvalgilarning izidan borib, qiyofalari (fe’l va fazilatlari), quvvati va sifati o’xshash, yaqin ruhlar bilan qo’shilishlari mumkin... Har bir yangi kelgan ruh bilan qo’shilganida huzur - halovati ham yanada ortadi”1. Nemis faylasufi Gegelning fikricha, ong «mutlaq g’oya», tabiat va jamiyatdagi barcha hodisalarning asosini, zaminini tashkil etadigan hodisa. Ingliz faylasufi Berklining fikricha, inson faqat o’z “narsalar sezgilarini idrok etishga qodir, shunday ekan real narsa — bu ong, narsalar esa — kishi ongida, sezgi va tasavvuridagina mavjuddir”. Xuddi shunday fikrni XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G’arbiy Yevropa olimlari Max va Avenarius ham ilgari surganlar. Ilmiy falsafa ta’limotiga muvofiq, ong jonli tabiatning (oliy shakli bo’lgan) inson miyasining mahsulidir. Uning xususiyati voqelikni aks ettirishdan iboratdir. Voqelikni in’ikos ettirish inson miyasining ishidir. Ong miyadan tashqarida bo’lishi mumkin emas. Ong miyaning faoliyati, uning ruhiy funktsiyasi, miya esa fikrlash a’zosi, moddiy narsa. Shunday qilib, ilmiy falsafa ong — inson miyasining funktsiyasidir, bu funktsiyaning mohiyati esa borliqni, mavjud narsalarni in’ikos ettirishdan iboratdir, deb tushuntiradi. Ongning mohiyatini to’g’ri ochib berish uchun unga ontologik ijtimoiy va gnoseologik tomonlardan yondashmog’imiz lozim. Unga ontologik jihatdan yondashish, ong — bu tabiat uzoq tarixiy taraqqiyotining mahsuli, materiya evolyutsiyasi jarayonida vujudga kelgan ruhiy hodisalarning xossasi demakdir. Odam ongi yuksak darajada tuzilgan materiyaning xossasidir, voqelikning in’ikosidir. Ongga ijtimoiy jihatdan yondashish — ongning shakllanishi va rivojlanishi inson mehnati faoliyatining natijasi demakdir. Ongning shakllanishi va rivojlanishida mehnat hal qiluvchi omildir. Inson o’zining mehnati tufayligina tabiatdan ajralib chiqdi. Inson o’zining mehnati natijasida ijtimoiy hayotni tubdan qayta qurishga qodir bo’lgan yagona kuchdir. SHuning uchun ham, mehnat odamning bebaho boyligi, uning yashashi va hayotning asosiy zamini hisoblanadi. Insoniyat kundalik ehtiyoji uchun zarur bo’lgan narsalarni topish jarayonida tabiat predmetlariga duch kelib ularning xossalarini bila borgan, ularni bir-biri bilan taqqoslab ajrata boshlagan. Ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mehnat qurollarini tayyorlash va takomillashtirish jarayoni ongning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatganligi shubhasizdir. Mehnat qurollarining avloddan - avlodga o’tib kelishi, o’z navbatida oldingi avlodning ishlab chiqarish tajribasini, bilimi va ongini keyingi avlodlarga ham olib o’tgan. Keyingi avlod esa o’z ajdodlarining mehnat qurollarini tayyorlash va ulardan foydalanish usullarini bilib olib, ularni yanada takomillashtirgan. Ong ana shu tariqa mehnat bilan tafakkurning birligi asosida inson ongi rivojlanib, takomillashib borgan. «Insonning eng asosiy vazifasi va o’rni, - deb yozgan edi Beruniy, - mehnat bilan belgilanadi, inson o’z xohishiga mehnat tufayli erishadi». Mehnat inson ongini shakllantirgan va kamolga yetkazgan asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Kishilarning mehnat faoliyati tafakkur organi bo’lgan miyaning rivojlanishiga ham hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Unga gnoseologik jihatdan yondashish — ong voqelikdagi narsa va hodisalarning in’ikosi, deb qarashdir. Ongning muhim belgilaridan biri shuki, u tushunib yetilgan bilimdir. Inson miya yorlamida fikr qiladi. Ongning ma’nosi narsalarni bilish, o’zlashtirish, uning mohiyatini ochib borishdan iborat. Ong faqat ob’ektiv olam in’ikosigina emas, balki insonning ichki ruhiy holatlari, kechinmalari, hissiyotlarining ham in’ikosidir. Inson tabiatning yuksak mahsuli, hayot gulidir. Insonning buyukligi unda bebaho marvarid — aql zakovot mavjud. Aql - idrok sohibi bo’lganligi uchun u tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar, voqealarni biladi, ilmu tafakkuri, dahosi, mehnati, salohiyati bilan dunyoni boshqaradi. Keyingi sahifalarda bu masala batafsilroq yoritib beriladi. Download 88.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling