Mazvu: Matiq ilmi predmeti va axborotni tahlil qilishdagi o’rni. Reja: Mantiq fani predmeti, vazifalari va rivojlanish bosqichlari


Download 164.19 Kb.
bet5/8
Sana30.10.2023
Hajmi164.19 Kb.
#1735373
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Mantiq fani predmeti, vazifalari va rivojlanish bosqichlari. -fayllar.org

Sillogizm tarkibi
Har bir sodda sillogizmning tarkibiga ikki asos, xulosa va uch atama kiradi. Asoslar biz uchun tanish bilimni ifodalashi, xulosa esa bu asoslarning mantiqiy bog‘lanishi natijasida yangi bilim berishi ma’lum. Fikrimizga dalil sifatida quyidagi uch hukm bog‘lanishini qarab chiqamiz:
1. Hamma ilmiy qonunlar ob’ektivdir.
2. Materialistik dialektika qonunlari ilmiy.
3. Demak, materialistik dialektika qonunlari ob’ektivdir.
Misolimizdagi uchinchi yangi hukm — «Materialistik dialektika qonunlari ob’ektivdir», birinchi va ikkinchi hukmlarning mantiqiy bog‘lanishi natijasida paydo bo‘ladi.
Misoldagi birinchi — «hamma ilmiy qonunlar ob’ektivdir» va ikkinchi — «Materialistik dialektika qonunlari ilmiydir» hukmlari sillogizm asoslari, uchinchi hukm esa sillogizm xulosasidir. Sillogizm asoslari o‘z hajmiga qarab katta va kichik qismga bo‘linadi. Sillogizmda keng hajmga ega bo‘lgan hukm katta asos va unga nisbatan tor hajmga ega bo‘lgan hukm kichik asos bo‘ladi. Keltirilgan misoldagi birinchi hukm shu sillogizmning katta asosi, ikkinchi hukm esa uning kichik asosi bo‘lib hisoblanadi. Odatda, katta asos predikati sillogizm xulosasining kesimi, kichik asos sub’ekti esa sillogizm xulosasining egasi bo‘lish bilan bir-birlaridan farqlanadilar.
Sillogizm terminlari deb, sillogizmda xulosa chiqarish uchun xizmat qiladigan tushunchalarga aytiladi. Har bir sodda sillogizm uch termindan iborat. Odatda, sillogizm xulosasining kesimini ifoda etuvchi tushuncha katta termin deb ataladi. Agar tushuncha sillogizm xulosasining sub’ektini ifoda etsa, kichik termin deb ataladi.
Mantiqda katta va kichik terminlar xulosa — hukmning oldingi va oxirgi tomonida turgani uchun chetdagi tushunchalar yoki terminlar deb aytiladi. Agar tushuncha ikki asos uchun umumiy bo‘lib, xulosada uchramasa, o‘rta termin bo‘ladi.
Sillogizmda tushunchalar bir-biriga nisbatan bir xil hajmga ega emaslar, shuning uchun ularning hajmi nisbatlariga qarab ularga katta, kichik va o‘rta termin nomi berilgan. Odatda, katta termin «P» harfi bilan—(lotincha Predikatum — kesim) kichik termin «S» harfi bilan (lotincha Sub’ektum—ega) va o‘rta termin «M» harfi bilan (lotincha Medius — o‘rta) ifodalanadi.
YUqorida keltirilgan misolimizdagi sillogizmning «ob’ektivdir» tushunchasi — katta termin (P), «ilmiy qonunlar» tushunchasi — o‘rta termin (M) va «Materialistik dialektika qonunlari» tushunchasi—kichik termin (S) bo‘ladi.
O‘rta termin (M) sillogizm shaklida xulosa chiqarish uchun katta ahamiyatga ega, usiz katta va kichik asoslar orasida mantiqiy bog‘lanishning bo‘lishi mumkin emas. SHuning uchun u sillogizmning muhim belgisi hisoblanadi. O‘rta termin buyumlar orasidagi ob’ektiv munosabatlarni aks ettiradi. Unda buyumlarning ayrim xususiyatlarini buyumlar jinsi — guruhiga xos yoki xos emasligi ifodalanadi. O‘rta termin sillogizmdagi ikki asos munosabatini aniqlab, yangi hukm, yangi bilim kelib chiqishi uchun xizmat qiladi. O‘rta termin bir jinsdagi buyumlar orasida qisman aynanlik va tafovutni aniqlashga xizmat qiladi.
Bayon etilgan mulohazalar asosida har bir sillogizm mazmunini ikki asos, bir xulosa va uch tushuncha, ya’ni termin tashkil etadi, degan yakunga kelamiz.

Download 164.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling