Mazvu: Matiq ilmi predmeti va axborotni tahlil qilishdagi o’rni. Reja: Mantiq fani predmeti, vazifalari va rivojlanish bosqichlari


Download 164.19 Kb.
bet6/8
Sana30.10.2023
Hajmi164.19 Kb.
#1735373
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Mantiq fani predmeti, vazifalari va rivojlanish bosqichlari. -fayllar.org

Sillogizm qoidalari
Sillogizm qoidalarining asosi sillogizm aksiomasidir. Sillogizm qoidalari sillogizmdagi terminlar va hukmlar tarkibiga qarab guruhlarga bo‘linadi.
Sillogizm qoidalari sillogizm aksiomasi asosida sillogizm terminlarining hajmlariga qarab buyumlarning bir-biriga nisbatan to‘liq yoki qisman mosligi yoki mos emasligini, ularning sig‘ishadigan yoki sig‘ishmaydiganligini ifodalaydi.
Bunda o‘rta terminning mazmun va hajmiga qarab tutgan roli muhim rol o‘ynaydi.
Sillogizmlar undagi terminlar munosabatiga ko‘ra uch qoidaga egadir :
1. Har bir to‘g‘ri tuzilgan sillogizm uch termindan iborat bo‘lmog‘i lozim. Agar fikr ikki hukm yoki ikki termindan iborat bo‘lsa, u sillogizm bo‘la olmaydi. Bunday vaqtda ikki termin ikki asosda takrorlanadi. Xulosada ham shu terminlardan biri takrorlanishi zarur bo‘lib qoladi. Unda ikki terminli mulohaza sxemasi quyidagicha bo‘lar edi:
S—M
M—M
S—M
O‘rta terminning katta va kichik terminlar uchun xizmati bizga sillogizm tarkibi degan qismdan ma’lum. Bayon etilgan sxemadagi kamchilik shundan iborat: birinchidan, ikki asosda faqat ikki termin (S va M) ifodalangan. Ikkinchidan, katta termin (P) ifodalanmagan. Uchinchidan, kichik asosda faqat bir termin (M—M) munosabati bir xil hajmda ko‘rsatilgan. Demak, sxemada ikki termin (S va M) bo‘lgan va uchinchi termin (P) bo‘lmagani uchun bundan sillogizm aksiomasi asosida xulosa chiqarish mumkin emas.
2. Agar sillogizm to‘rt termindan iborat bo‘lsa, bu paytda undan xulosa chiqarish mumkin emas. To‘rt terminli hukmlardan faqat mantiqsiz xulosa chiqadi. To‘rt terminli sillogizmning xato natijali bo‘lishi undagi katta va kichik asosda turli ma’noli bo‘lib keluvchi o‘rta terminni bir ma’noli deb tushunishdir. Bu tarzda tuzilgan mulohaza ikki chetdagi terminlarning (S va P) o‘rta terminga (M) bo‘lgan munosabatini aniqlay olmaydi. Masalan, agar biz: materiya (M), abadiy (P), atlas (S)—materiya (M) desak, bundan atlas abadiy degan mantiqsiz xulosa chiqadi. Bunday xato va mantiqsiz xulosa sababi unda o‘rta terminning, ya’ni «materiya» tushunchasining ikki ma’noda qo‘llanilishidir. Birinchi hukmda «materiya» o‘rta termin (M) falsafiy ma’noda, ikkinchi hukmda «materiya» turmush uchun kerakli buyum ma’nosida ishlatilmoqda.
Bunday xato mantiq ilmida terminlarni to‘rtlashtirib yuborish deyiladi. CHunki o‘rta termin deb hisoblangan «materiya» termini haqiqatda ikki ma’noda kelib, o‘zining o‘rta, ya’ni bog‘lovchi terminlik vazifasini o‘tay olmayotir. Demak, har qanday sillogizmda uch termin bo‘lishi zarur, degan qoida o‘rta terminsiz sillogizmning vujudga kela olmasligini ta’kidlaydi. Bu qoida mantiqning ayniyat qonunini, ya’ni ma’lum muhokamada har bir tushuncha bir xil ma’noda ishlatilishi zarur degan qonunning sillogizmda ifodalanishini ko‘rsatadi.
O‘rta termin (M) hech bo‘lmaganda biror asos hukmda bo‘lingan bo‘lmog‘i zarur. Misolga murojaat etaylik:
XIX asr oxiri, XX asr boshida Turkistonda yashagan hamma ilg‘or shoirlar (M)—demokratdirlar (P).
Furqat (S) — XIX asr oxiri va XX asr boshida Turkistonda yashagan ilg‘or shoir (M).
Furqat (S) — demokratdir (P).
Misoldagi yakka hukmda o‘rta termin (ilg‘or shoir), bo‘linmagan umumiy hukmda esa u bo‘lingandir. O‘rta terminning yakka hukmda bo‘linmaganligining asosiy sababi uning to‘la hajmda fikrlanmasligidir. Agar umumiy tasdiq hukmni (hamma ilg‘or shoirlar — demokratdirlar) juz’iy tasdiq hukm (XIX asr oxiri, XX asr boshida Turkistonda yashagan ba’zi ilg‘or shoirlar demokrat)ga aylantirsak, birinchidan, bu noto‘g‘ri, ikkinchidan, bunda ilg‘or shoir tushunchasi oldingi hukmdagiday to‘la hajmda tushunilmay, balki uning ayrim qismi ba’zi progressiv shoirlar hajmida tushuniladi. Natijada, xulosa progressnv shoirlarning qaysi qismi demokratlarga mansubligi noma’lum bo‘lib qolar edi.

Download 164.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling