Mazvu: Matiq ilmi predmeti va axborotni tahlil qilishdagi o’rni. Reja: Mantiq fani predmeti, vazifalari va rivojlanish bosqichlari


Induktiv xulosa chiqarishning mohiyati


Download 164.19 Kb.
bet7/8
Sana30.10.2023
Hajmi164.19 Kb.
#1735373
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Mantiq fani predmeti, vazifalari va rivojlanish bosqichlari. -fayllar.org

Induktiv xulosa chiqarishning mohiyati. Induktiv xulosa chiqarish vositali xulosa chiqarish shaklidir. Induktiv xulosa chiqarishda bizning bilimimiz yakka va xususiydan umumiyga qarab boradi. Induktiv xulosa chiqarishning xarakterli xususiyatlaridan biri yakka, xususiy buyumlar mohiyatini o‘rganish orqali tegishli qonunlarni ochishdir.
Tajribada ko‘p takrorlash orqali induktiv xulosa yordami bilan erishilgan umumiy natijalar bizning bilimimizni o‘zgartirishga, to‘ldirishga va aniqlashga yordam beradi.
Induktiv xulosa chiqarishning moddiy asosini bilishda umumiylik, xususiylik va yakkalik dialektikasi haqidagi ta’limotga asoslanamiz.
Turli g‘ayriilmiy ta’limotlar voqelikdagi umumiylik, xususiylik hamda yakkalikni bir-biridan ajratib qo‘yadi. Masalan, umumiylikning ham, xususiylikning ham umuman ob’ektiv xarakterga ega ekanligini idealistlar inkor etadilar. Ayrim hollarda umumiylik faqat aqlga xos narsa, yakkalik bo‘lsa sezgilar bilan bog‘liq degan tezis olg‘a suriladi. Metafiziklar esa umumiylik bilan xususiylikni mutlaqo ajratib qo‘yadilar. Ular zo‘r berib ob’ektiv reallik faqat yakka jismlarning tasodifiy to‘plamidan iborat va ular o‘rtasida hech qanday qonuniyat hamda umumiylik yo‘q degan fikrni asoslashga urinadilar.
Ilmiy dunyoqarash esa bu fikrlarga qarama-qarshi o‘laroq ob’ektiv voqelikda umumiylik, xususiylik va yakkalik uzviy dialektik bog‘lanishda mavjuddir, degan ta’limotni olg‘a suradi. Ilmiy bilish yakkani umumiydan ajratish mumkin emasligini, yakkalik, xususiylik va umumiylik o‘zaro uzviy bog‘langan ekanligini asoslab beradi. YAkkalik, xususiylik va umumiylik birligi induksiyaning ob’ektiv asosidir.
Induksiya orqali yakka narsalar va hodisalar xususiyati o‘rganiladi hamda ulardagi umumiy xislatlar, qonuniyatlar aniqlanadi. Buyumlardagi umumiylik qonuniyatlarini bilish faqat yakka, xususiy xislatlarni o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Ammo bundan umumiylik faqat yakka yoki xususiy xislatning sun’iy yig‘indisi degan xulosa chiqmaydi, albatta. Umumiylik ham o‘ziga xos bo‘lgan ayrim xislatlarga egadir.
SHunday qilib, mantiqiy fikr narsalar va hodisalardagi umumiy xususiyat, munosabat va bog‘lanishlarni aks ettiradi.
Ma’lumki, har bir fanning vazifasi ayrim faktlarni yig‘sh bilan chegaralanish emas, balki ulardagi qonuniyatlarni aniqlashdir. SHuning uchun ham induksiyaning asosiy vazifasi ayrim faktlarni umumlashtirish orqali ulardagi qonuniyatlarni ochishdan iborat va har bir qonun o‘z ifodasini ayrim hodisa yoki faktlarda topadi. YAkka faktlarni o‘rganmay turib, ulardagi umumiylikni bilib bo‘lmaydi. Induktiv xulosa chiqarishning ob’ektiv asosi umumiylikning ob’ektiv va uning yakka va xususiylik bilan uzviy bog‘lanishidir. Vaholanki umumiylik bo‘lmaganda edi, bizda ilmiy abstraksiyalash ham, umumiylashtirish ham va nihoyat, induktiv xulosa chiqarish ham bo‘lmas edi.

Download 164.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling