Mbni loyihalash tushunchasi
Download 22.39 Kb.
|
5-ma\'ruza. MBni loyihalash masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1. MBni loyihalash tushunchasi.
5-ma’ruza. MBni loyihalash masalalari MBni loyihalash tushunchasi.Funksional bog’lanishlar. Trival va notrival bog’lanishlar. Bog’lanishlar to’plami yopig’i va Armstrong xulosasi qoidasi. Bog’lanishlarning keltirib bo’lmaydigan to’plami. Normal formalar – asosiy tushunchalar. Yo’qotishdiz dekompozitsiyasi va funksional bog’lanishlar. Funksional bog’lanishlarning diagrammalari. 5.1. MBni loyihalash tushunchasi.Bu ma’ruzada relyatsion MBni loyihalash haqida gap boradi. Umuman muammo quyidagicha ifodalanadi: berilgan ma’lumotlar majmui uchun biror MBda qulay mantiqiy tuzilishni qanday tanlash mumkin? Boshqacha aytganda, qanday bazoviy munosabatlar va qaysi atributlarni berish masalasini hal qilish lozim. Quyidagi xususiyatlarni ta’kidlash maqsadga muvofiq. Gap bu yerda fizik maket haqida emas, balki mantiqiy maket haqida boradi. Fizik maket alohida yo’l beruvchi qism sifatida qaralishi mumkin. Boshqacha aytganda MBning maketini “to’g’ri” tuzish uchun avvalo mantiqiy (ya’ni relyatsion) maketini tuzish kerak, so’ngra alohida qadam sifatida bu mantiqiy maketni MBBT bilan qo’llab quvvatlanadigan biror fizik strukturaga akslantiriladi. Fizik maket ta’rif bo’yicha berilgan MBBT uchun o’ziga xos hisoblanadi, mantiqiy maket aksincha SUBDdan umuman bo’lmasligi va uni amalga oshirish uchun qat’iy nazariy prinsiplardan foydalanish mumkin. Afsuski, amalda ko’pgina fizik darajadagi maketni amal oshirish mantiqiy maketga muhim teskari ta’sir ko’rsatishi mumkin. Boshqacha aytganda bunday holda kompromissga erishish uchun “mantiqiy maket – fizik maket” loyihalash bir necha sikllarini bajarish zarur. Yana shuni ta’kidlash zarurki, MBni loyihalash fanga qaraganda ko’proq san’at. Albatta, bunday maketlarni tuzishning ba’zi ilmiy prinsiplari mavjud, lekin MBni loyihalashda bu prinsiplar bilan hamma vaqt qamrab olib bo’lmaydigan boshqa muammolar to’plami paydo bo’ldi. Natijada MBni yaratish sohasida nazariyotchi va amaliyotchilar ko’p sondagi loyihalash matedologiyalarini ishlab chiqdilar. U orasida yetarlicha aniq va qat’iylarini ham, unchalik bo’lmaganlari ham bor, lekin ularning barchasi maxsuslashgan va berilgan konkret metodikani yaratish paytigacha hal qilinmagan muammoni yechish uchun mo’ljallangan. Boshqacha aytganda ular shunday mantiqiy maketni izlash uchun o’ylangan ediki, u berilgan holatda shubhasiz eng yaxshisi bo’lsin. Materialning keyingi bayonida foydalaniladigan ba’zi farazlarni ta’kidlash zarur: MBni loyihalash – bu ma’lumotlar strukturasini to’g’ri tashkillashtirishini olish uchun yagona shart emas, bundan tashqari tayanch shart bo’lib ma’lumotlar butunligi hisoblanadi. Keyin maketda ilovadan bog’liqmas qaraladi. Boshqacha aytganda, ma’lumotlar qanday foydalanishi eas, ma’lumotlarning o’zi qiziqish uyg’otadi. Ilovalardan bog’liq bo’lmasligi maqsadga muvofiq, chunki odatda MBni loyihalash paytida ma’lumotlar foydalanishning barcha mumkin bo’lgan usullari ma’lum bo’lmaydi. Shunday qilib, maket stabil bo’lishi zarur, ya’ni qolgan ma’lumotlarga yangi talablarni tadbiq qilishda paydo bo’lganda ham ishlash qobiliyatli bo’lib qoladi. Bu farazlarga asoslanib konusptual sxemani yaratish zarur, ya’ni apparat ta’minoti, operatsion tizim, MBBT, dasturlash tili, foydalanuvchi va hokazolarga bog’liq bo’lmagan abstrakt mantiqiy maket yaratish zarur. Download 22.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling