Meade lx90 Shmidt-Kassegren teleskopi vositasida Yupiterni kuzatishning ahamiyati Y. I. Tursunbayeva


Download 319 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi319 Kb.
#259617
Bog'liq
Meade LX90 Shmidt-Kassegren teleskopida kuzatish


Meade LX90 Shmidt-Kassegren teleskopi vositasida Yupiterni kuzatishning ahamiyati

Y.I.Tursunbayeva – Ajiniyoz nomidagi NDPI fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi ta’lim yoʻnalishi magistranti

B.Ya.Yavidov – “Fizika oʻqitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari doktori

XX asr insoniyatning buyuk ishlariga guvoh bo‘ldi. Fan va texnika tarixida juda ko‘plab ixtiro va kashfiyotlar qilindi. Raketaning yaratilishi, insonning kosmosga ilk marotaba chiqishi, Oyga qadam qo‘yishi va minglab sun’iy yo‘ldoshlarning Yer orbitasiga uchirilishi bularning bari ko‘p yillik orzuning ro‘yobga chiqishi kabi ajoyib bo‘ldi. Koinot sirlari barcha davrlarda qiziq bo‘lib kelganidek bugungi kunda ham o‘zining sirlarini to‘la bayon qilganicha yo‘q. Osmon jismlari haqidagi bilimlar bilan astronomiyani to‘liq o‘rganib bo‘lmaydi. Kuzatish ishlarini amalga oshirish uchun albatta kuzatish qurilmasi - teleskop bo‘lishi kerak. Astronom uchun teleskop muhim ahamiyatga ega. Teleskop osmon jismlarini o‘n, yuz, ming martagacha kattalashtirib ko‘rsatishi mumkin. Shu tariqa ob’yekt haqida oddiy ko‘z bilan kuzatgandan ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi. Teleskop - osmon jismlarini kuzatuvchi inson uchun asosiy qurilma ekan, uning qanday ishlashini o‘rganish muhim vazifa sanalanadi. Kuzatish asboblaridan biri Nukus Davlat Pedagogika institutining ilmiy-o‘quv observatoriyasidagi teleskop hisoblanadi. Ushbu teleskop Meade Instruments Korparation kompaniyasining LX90 Shmidt-Kassegren tipidagi reflektor teleskop bo‘lib, ko‘plab imkoniyatlarga ega.

Meade LX90 Shmidt-Kassegren teleskobining tuzilishi va ba’zi qo‘shimcha qurilmalari quyida keltirilgan[1].

1. Teleskop okular. U 26 mm va 9 mm li linzalardan iborat.

2. Okularni diaganal prizma bilan ulovchi moslama.

3. Diagonal prizmani teleskop bilan ulovchi moslama.

4. Tasvirni okularga yo‘naltirib beruvchi diagonal prizma.

5. Teleskopning asosiy ko‘zgusi va Shmidt korrektorini ushlab turuvchi asosiy truba.

6. Dek qulfi - teleskopning zenitdan balandligini hisoblovchi qism.

7. Teleskopni aylantirishda qo‘llaniladigan tutqichlar.

8. Teleskopning bosh optik obektividan qaytgan nurlarni yig‘ib fokuslovchi qurilma.

9. R.A qulfi teleskopning azimutini belgilavchi qism.

10. Yoritgichlarning azimut koordinatasini belgilovchi qism.

11. Yoritgichlarning koordinatasini aniqlashda burchak kattaliklarni hisoblovchi burchak shkalalari bor aylana.

12. Strelka - yoritgichning zenittan balandligini hisoblashda foydalaniladi.

13. Teleskopni kompyuter bilan bog‘lovchi qism.



  1. Autostar boshqarish pultini ulash o‘rni.

  2. Teleskop elektrga ulanganligini bildiruvchi lampa.

  3. Teleskopni o‘chirib-yoqish tugmasi.

  4. Teleskopning Autostar pultiga qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritishda kompyuter bilan bog‘langanligini taminlovchi port.

  5. 12 V kuchlanishga mo‘ljallangan tok manbayini ulash uchun joy.

14. Teleskopning qo‘shimcha qismi - “Autostar” pulti.

15. Teleskopning asosiy trubasi qopqog‘i.

16. Batareyalar uchun joy.

17. Kichik izlovchi teleskop 8 marta kattalashtirib beradi.



18. Izlagich teleskopi va LX90 teleskopining obyektivini bir nuqtaga qaratishda kerakli sozlashda qo‘llaniladigan brondali vintlar.

1-rasm. LX90 Shmidt-Kassegren teleskopining tuzilishi.



Autostar pulti teleskopda avtomatik kuzatishlarni amalga oshirishda muhim vazifalarni o‘z zimmasiga oladi. Autostar pultida ma’lumotlar bazasi joylashgan (2-rasm).

  1. Display ekran Autostarda bajarilayotgan barcha amallarni ko‘rsatib turadi.

  2. ENTER tugmasi Autostarning ichki ma’lumotlaridan foydalanish uchun qo‘llaniladi.

  3. MODE tugmasi menyu ichida yuqoriga va pastga harakatni ta’minlaydi.

  4. Go To tugmasi kuzatuvchi izlayotgan osmon jismini topishda qo‘llaniladi.

  5. Belgi va harflardan foydalanish uchun yo‘nalishga ega bo‘lgan tugmachalar bo‘lib, (Arrow keys) to‘rt tomonga yo‘nalish beradi.

  6. Bu belgilar Autostarni sozlaganda sana, vaqt, kuzatish joyi koordinatasini kiritishda va tezliklarni o‘zgartirishda qo‘llaniladi.

  7. Har bir bosqichdagi ketma-ketlikda menyu bo‘limlariga kirish imkoniyati Autostarning quyi bo‘limidagi Skroll Down juft tugmasidan foydalanamiz.

  8. Autostarni teleskop bilan ulovchi kabel o‘rni.

  9. Teleskop yoqilganda va osmon jismini topganda, osmon jismi haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni ovozli xabar berish uchun ovoz kalonkasi[2].

-rasm. LX90 Shmidt-Kassegren teleskobining boshqarish pulti

Astronomiya fanida olingan nazariy bilimlar asosan kuzatish orqali mustahkamlanadi. Kuzatish ishlari esa astronomning asosiy ish quroli teleskopsiz bo‘lmaydi. Teleskop osmon jismlarini bir necha yuz marotaba kattalashtirish xususiyatiga ega. Shu sabab osmon jismlarini teleskop yordamida kuzatish ko‘z bilan kuzatgandan ancha samarali bo‘lishi mumkin. Teleskop bilan ishlash uchun uni o‘rganish kerak bo‘ladi. Turli xil teleskoplar mavjud bo‘lib, bu maqolada Meade LX90 Shmidt-Kassegren teleskopi va uning qurilmalari haqida ma’lumot berildi. Teleskopdan foydalanish uchun albatta uning yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqish kerak. Teleskop bilan o‘z imkoniyatlari chegarasida ish olib borilsa, albatta yaxshi natijalar olish mumkin. Meade LX90 Shmidt-Kassegren teleskopi vositasida ham osmon jismlarini kuzatish va natijalar olish imkoniyati mavjud.



Quyosh tizimining gigant planetalari ichida eng yirigi hisoblangan Yupiter tabiati va tuzilishiga ko‘ra boshqa planetalardan ajralib turadi. Uning yuzasi boshqa planetalar kabi qattiq emasligi va qatlamlari orasida ekvator qismidagi qatlami tezroq aylanishi, harorat juda past bo‘lsa ham atmosferasida suv bug‘larining topilganligi kuzatuvchilarning Yupiter planetasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi. Yupiterning Quyoshdan uzoqligi 778,5 million kilometr, o‘rtacha sekundiga 13 kilometr tezlik bilan 12 yilda bir marta aylanib chiqadi. Yupiterning 79 ta tabiiy yo‘ldoshi topilgan bo‘lib, ularning qatori yanada ko‘payishi mumkin. Yaqin kelajakda astronomlarning e’tibori Yupiter va uning yo‘ldoshlariga qaratiladi. 1979-yili mart oyida Yupiterdan 278 ming kilometr naridan o‘tgan AQSH ning “Voyajer-1” va keyinroq “Voyajer-2” avtomatik stansiyalarining Yupiter va uning yo‘ldoshlarini o‘rganishda xizmatlari juda katta bo‘ldi. “Voyajer” olgan rasmlardan planetaning 30 ming kilometrga cho‘zilgan qutb yog‘dusi va atmosferasida yashinni eslatuvchi chaqnash kuzatildi. Shuningdek, planeta sirtidan 57 ming kilometr balandlikda, kengligi 8 ming 700 kilometr va qalinligi 30 kilometrdan katta bo‘lmagan, Saturnnikiga o‘xshash halqasi borligi ham ma’lum bo‘ldi [2]. Ba’zi osmon jismlari Yerdagi kuzatuvchiga yil davomida birdek ko‘rinmaydi. Ular qatoridan Yupiter planetasi ham joy olgan. Tunda osmonga qarasangiz janubiy yarim sharda Yupiter va Saturn planetalari yonma-yon harakatlanayotganiga guvoh bo‘lasiz. Bu jarayon bahorning may oyidan boshlab kuzning noyabr oyiga qadar davom etadi. Aynan shu vaqtda Yupiter sayyorasini Quyosh botgandan keyin kuzatish mumkin bo‘ladi. Kuzatishning kulminatsion nuqtasi iyun-avgust oylariga to‘g‘ri keladi. Kuzatish uchun Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika institutining ilmiy-o‘quv observatoriyasi ham qulay joy hisoblanadi. Nukus shahrida (Nukus - N 42̊ 27̍ 11̎ , E 59̊ 36̍ 37̎) bemalol kuzatishlarni amalga oshirish imkoniyati bor.

Adabiyotlar

  1. A.Matekov. Meade LX90 Shmidt-Kassegren teleskobida kuzatishlarni olib borish // Diplom ishi 11-27 (2015)

  2. B.Yavidov, Y.Tursunbayeva. Yupiter va uning yo‘ldoshlarini kuzatish metodikasi // Fan va Jamiyat № 2 (112) 93-95 (2020)

  3. www.ZiyoNET.uz

Download 319 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling