Med univers
Download 9.16 Mb.
|
Rahmonova Durdona HOZIRGI DAVRDA JAHON MAMLAKATLARI TALIM TIZIMI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TURON ZARMED UNIVERSITETI Sirtqi ta`lim fakulteti KURS ISHI Ta’lim yo’nalishi: Bajardi: Tekshirdi: Boshlang‘ich ta’lim yo`nalishi (tarmoqlar boʻyicha) 4-15 guruh talabasi Rahmonova Durdona _______________ BUXORO-2022 HOZIRGI DAVRDA JAHON MAMLAKATLARI TALIM TIZIMI VA PEDAGOGIKA FANI RIVOJI. REJA: I. KIRISH. a. Pedagogika fanining rivojlanishi. II. ASOSIY QISM. a. Pedagogika tizimini muvofiqlashtirish b. Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta'lim tizimi. III. XULOSA. Pedagogika fani rivojlanishida mening hissam. 2 KIRISH Inson paydo bo`libdiki, tarbiya jarayoni mavjud, tarbiya paydo bo`lgan vaqtdan beri pedagogik faoliyat uzluksiz davom etib kelmoqda. O`qituvchilik, tarbiyachilik kasbi barcha ijtimoiy tuzumlarda sharafli hamda o`ta mas`uliyatli, qiyin va murakkab kasb hisoblangan. Mustaqil O`zbekistonimizda uzluksiz ta`lim tizimining isloh qilinishi, ya`ni ta`lim standartlari asosida ta`lim va tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o`qituvchi faoliyatiga uning pedagogik mahoratiga alohida e`tibor berilmoqda. Mamlakatimizda o`qituvchi faoliyatiga, uning kasbiy nufuzini oshirishga bog’liqdir. Shunday ekan, sog’lom, har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta`lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash ishiga bo`lgan munosabatiga bog’liqdir. O`qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig’ini bajaradi. Shunday ekan, har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o`qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik talablarga javob berishi lozim. O`qituvchi mustaqillik g’oyasiga e`tiqodli, har tomonlama rivojlangan, ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma`lumoti bor ya`ni o`z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo`lishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda aniqlay bilishi, o`rganishi va baholay olishi zarur. Bugun pedagogning ma`naviyati, mafkuraviy e`tiqodi va o`quv jarayonini yaxshi bilishi katta ahamiyatga ega. Birinchidan, pedagog jamiyatning fuqarosi sifatida o`z mavqei va faol o`rnini o`quvchilarga namoyish eta olishi lozim. Xususan, uning jamiyat va o`z jamoasidagi o`rni, tanlagan kasbi, o`qitayotgan predmeti bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lishi, talab va qoidalarga amal qilishi, me`yor va qonunlarni hurmat qilishi lozim. Ikkinchidan, pedagogning e`tiqodi va bilimdonligi uning yangi bilimlar, o`zi tanlagan sohasidagi yangiliklarga nisbatan qiziqishida namoyon bo`ladi. 3 Uchinchidan, e`tiqodli va bilimdon pedagog o`ziga xos fikrlash tarzi bilan ajralib tura olishi shart. Chunki, yoshlar Shunday noyob, qaytarilmas, andozasiz fikrlash sharoitidagina mustaqil fikrlashga o`rganadilar va fanni boshqa fanlardan ajrata oladilar. Bugungi pedagogdan yangicha fikrlash, yangicha munosabatlar talab etilar ekan. Uning bilimdonligi darajasi masalasi ham o`ta muhim. Dunyo ta’lim makonining yuzaga kelishi, faol integratsion jarayonlar, ta’limni “inson kapitali” sifatida e’tirof etilishi, ma’lumot haqidagi diplomlarning dunyo bo’ylab tan olinishi chet el tajribasini o’rganish jarayonini tezlashtiradi. 1997 yilda XTSK (Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi) yangilandi. Unda yettita bosqich ko’rsatilgan. 0 – maktabgacha ta’lim; 1 – boshlang’ich ta’lim; 2 – o’rta ta’limning birinchi bosqichi; 3 – o’rta ta’limning ikkinchi bosqichi’ 4 – o’rta ta’limdan keyingi ta’lim (oliy ta’lim emas); 5 – oliy ta’limning birinchi bosqichi; 6 – oliy ta’limning ikkinchi bosqichi – oliy ta’limdan keyingi ta’lim. Jahon ta’lim tizimining ko’p omilli ko’rinishga egaligi metablokli, makroregional va alohida davlatlardaga ta’lim tizimini tahlil etishga imkon beradi. Jahon ta’lim tizimining o’zaro aloqadorligi va o’zaro harakati belgilariga ko’ra regionlarni bir necha turga bo’lish mumkin: Birinchi turga integrasion jarayon generatorlari hisoblangan regionlar kiradi.Bunday regionga eng yorqin misol sifatida G’arbiy Yevropani keltirish mumkin.Birlik g’oyasi 1990 yillardan G’arbiy Yevropa davlatlarida ta’lim islohotlarining asosiga aylandi. Birinchi turga mansub regionlarga shuningdek, AQSH va Kanada kabilarni ham kiritish mumkin. Jahonda integratsion jarayonlarning generatori sifatida yangi Osiyo-Tinchokeani regioni ham shakllanmoqda. Unga Koreya, Tayvan, Singapur va Gonkong, shuningdek, Malayziya, Tayland, Filippin va Indoneziya kabi davlatlarni kiritish mumkin. Ikkinchi turga integratsion jarayonlarga muvaffaqiyatli javob qaytarayotgan hududlar tegishli. Birinchi navbatda bu Lotin Amerikasi davlatlaridir. Tarixda bo’lgani singari bugungi kunda ham Lotin Amerikasiga integratsion o’choqlar zonasi sifatida AQSH va G’arbiy Yevropa tomonidan ta’sir ko’rsatilmoqda. 4 Uchinchi turga ta’lim jarayoni integratsiyasiga kam e’tibor qaratayotgan regionlar kiradi. Mazkur guruhga Saxara janubidan boshlab Afrika davlatlarining katta qismi, janubiy va janubiy-sharqiy Osiyoning qator davlatlari, Tinch vaAtlantikaokeani havzasidagi uncha katta bo’lmagan orol davlatlarini kiritish mumkin. Afrika davlatlarida maktab ta’limining davomiyligi minimal daraja – 4 yildan kam. Mazkur hududlardaaholining ko’pchiligi savodsiz. Masalan, janubiy Saxarada yashovchi 140 mln afrikalik savodsizligicha qolmoqda. Maktab ta’limi davomiyligining eng pastligi Nigeriyada – 2,1 yil, keyin Burkina-Fasoda – 2,4 yil, Gveniyada – 2,7 yil, Jibutida – 3,4 yil. XX asrning oxiriga kelib qator iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sabablarga ko’ra ta’limning uzluksizligi va integratsion jarayonlardaog’ishlar kuzatilayotan hududlar ajratib ko’rsatildi. Bunday hududlargaarab davlatlari, Sharqiy Yevropa va Sobiq SSSR davlatlari kiradi. Arab davlatlarida ichki integratsiyaga tayanadigan to’rtta subregionni shakllantirisha intilish kuzatilmoqda. Bu hududlarga: Mag’rib (Liviya bilan birga), Yaqin Sharq (Misr, Iroq, Suriya, Livan, Iordaniya), Fors ko’rfazi (Saudiya Arabistoni, Quvayt, BAA, Qatar, Ummon, Baxrayn), Qizil dengiz bo’yi va Mavritaniya davlatlari. 5 II. ASOSIY QISM. Download 9.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling