Med univers
Download 9.16 Mb.
|
Rahmonova Durdona HOZIRGI DAVRDA JAHON MAMLAKATLARI TALIM TIZIMI
PEDAGOGIKA FANINING ASOSIY KATEGORIYALARI
Har bir fan o’zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Insonshunoslik fanlari tizimida pedagogika faning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u shaxsni shakllantirish va rivojlantirish uchun tarbiya, ta’lim, ma’lumot qonuniyatlarini o’rganadi va ularning yaxlitligini, uyg’unligini ta’minlash uchun pedagogik shart sharoitlar yaratadi. Shu bois pedagogika fanining asosiy tushunchalari (kategoriyalari) tarbiya, ta’lim, ma’lumotdir. Fanning mohiyatini ochib beruvchi asosiy tusuncha, atamalar kategoriya deb ataladi. Tarbiya- aniq maqsadga yo’naltirilgan ta’sir hisoblanib, ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirishga yo’naltirilgan jarayondir. Tarbiya jarayonida insonda alohida xususiyatlar, qarashlar, fikrlar rivojlanishi bilan bir qatorda, unining intellekti(aqliy qobiliyati), jismoniy hamda ruhiy sifatlarini tarkib toptirish amalga oshiriladi. Tarbiya inson ma’naviy olami-ko’zgusidir. Tarbiya xakida pedagogik nuktai nazardan keng ma’no beradigan bo’lsak, ta’lim tarbiya muassalari tizimida amalga oshiriladigan butun o’quv tarbiya jarayonining biror maqsadni amalga oshirish uchun oldindan tashkil etilgan faoliyat tushuniladi. Milliy mustakillik tarbiyasining maqsadi mehnat va ijtimoiy faoliyatga, Vatan himoyasiga tayyor bo’lgan, barkamol shaxsni tarkib toptirishdan iborat. 8 Zero, «Yurtiga Vataniga muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari, xalqimizning qon - qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdir. Ana shu noyob insoniy fazilatlarni asrab -avaylab va yanada takomillashtirish, farzandlarimizni ozod va demokratik O’zbekistonning munosib o’g’il - qizlari etib tarbiyalash masalasi ma’naviyat soxasidagi ishlarimizning asosiy yo’nalishini, tashkil etmog’i kerak»1. Ikkinchi asosiy pedagogik kategoriya - ta’lim ya’ni o’qitish, bilim berish, ko’nikma, malakalar bilan qurollantirish tushunchasidir. O’qitish o’qituvchi bilan o’quvchilarning o’zaro munosabatidan iborat bo’lgan, aniq maqsadga karatilgan jarayondir. Ta’lim jarayonida o’quvchilar, o’qituvchi boshchiligida insoniyat tomonidan yaratilgan, hayot uchun, kelajak faoliyati uchun zarur bo’lgan ilmlar bilan qurollanadilar, amaliy ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. Ta’lim jarayonining o’ziga xos xususiyatlardan yana biri shundan iboratki, bu jarayonda ijodiy tafakkur rivojlanishi, intellektual qobiliyatlarni jadal o’sishi, mustaqil bilim olishi uchun imkoniyatlar yaratiladi. Agar bu jarayon o’qituvchi va o’quvchining faolligi asosida tashkil etilmasa o’qishdan kutilgan maqsadga erishib bo’lmaydi. O’qituvchi bu jarayonda faqat ma’lumotlar bayon qilish, o’zlashtirish jarayonini boshqarish bilan cheklanmay, o’quvchilar o’quv-biluv faoliyatlarini tashkilotchisi bo’lishi kerak. Asosiy pedagogik kategoriyadan yana biri ma’lumot tushunchasidir. Ma’lumot- ta’lim tarbiya jarayonining natijasi orqali egallangan bilim, ko’nikma malakalar yig’indisi va shakllangan dunyoqarashlar majmuidir. Ma’lumot olishning to’g’ri va ishonchli yo’li davlat ta’lim standartlari bo’yicha bilim beradigan, aniq rejalar, dasturlar asosida o’quv yurtlarida tashkil kilinadigan ta’lim-tarbiya jarayonidir. Ma’lumot ta’lim tarbiya natijasidir. 1 Каримов И.А Ўзбекистоннинг сиёсий ва ижтимоий истикболининг асосий тамойиллари Т. «Ўзбекистон», 1995, 51 бет. 9 b. Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta'lim tizimi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat ichki siyosatiga faol tasir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligining e’tirof qilingani haqiqatdir. Shu tufayli ham rivojlangan mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashgaajratilayotgan mablag’ miqdori yildan-yilgaoshib bormoqda. Masalan, yaponlarda “maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli”gina bo’lib qolmay, “u insonlarni barkamollashtiradi”, degan fikr ishonch va e’tiqodgaaylangan. Ta’lim to’g’risida g’amxo’rlik qilish taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat e’tiborida bo’lgan. Shuning uchun xam AQSHning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Frantsiya Prezidenti F.Mitteranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni “Jamiyatni harakatlantiruvchi kuch” deb hisoblagan. Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalgaoshiradigan ko’p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni ikki mingdan ortiq. Frantsiya, AQSH, Yaponiyada ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat vaxususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shug’ullanmoqdalar. Ular faoliyatini esaxalqaro ta’lim markazlari, masalan, AQSHdaxalqaro ta’lim instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko’pchiligining faoliyati o’quv dasturini takomillashtirish va qayta ishlab chiqishga qaratilgan. XX asrning 80-yillaridan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSHdagi singari o’rganilishi majburiy bo’lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili vaadabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o’quv jadvalining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan o’quv fanlarini tanlab olish o’quvchilar vaota-onalar ixtiyoridadir. «Yangi dunyo»ning pedagogik g’oyalari Frantsiya va Germaniya ta’limiga ham sezilarli ta’sir etayotir. Germaniyada to’liqsiz o’rta maktablaridaasosiy o’quv fanlari bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o’quv dasturlari xam 10 amalgaoshirilayotir. Bu o’quv dasturi tobora to’liqsiz o’rta maktab doirasidan chiqib, o’rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda. Frantsiya boshlang’ich maktablarida ta’lim mazmuni ona tili vaadabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat ta’limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi o’quv fanlariga bo’linadi. Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinoq Amerika ta’limi yo’lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o’quv dasturida bir qator farqlar ko’zga tashlanadi. Yaponiyada o’quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy o’rta ta’lim maktablarining yangi musiqa ta’limi o’quv dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini o’rganish ham kiritilgan. Shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda XX asrning 60-80-yillarida tabiiy-ilmiy ta’lim dasturi tarkibiga fizika, ximiya, biologiya, ba’zi hollardaastronomiya, geologiya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AQSh va Frantsiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o’qitiladi. O’kuv dasturlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo’la boshladi. Frantsiyada XX asrning 70-80-yillarda to’liqsiz o’rta maktablar o’kuv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga eksperimental, iqtisodiy-gumanitar kurslar kiritiladi. Hozirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar o’quv dasturiga integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish to’laamalgaoshirildi: Frantsiya maktablarida ularga 6-10 foiz, Buyuk Britaniya maktablarida 15 foiz o’quv soatlari ajratildi. Maktablardaamalgaoshirilayotgan islohotlar ta’lim ishini tabaqalashtirish muammolarini keltirib chiqardi. Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’limni tabaqalashtirish eng dolzarb masalagaaylangan. O’quvchilarni tabaqalashtirib o’qitish xorijiy mamlakatlardaasosan boshlang’ich ta’lim kursidan keyin amalgaoshiriladi. 11 Masalan, frantsuz pedagoglari ta’lim jarayonida sinf o’quvchilarini uch tabaqagaajratib o’qitishni afzal ko’radilar. Bular quyidagilar: 1. Gomogenlar – matematika va gumanitar yo’nalishda ish olib borsa bo’ladigan o’quvchilar. 2. Yarim gomogen – tabiiy turkumdagi fanlarni o’zlashtiraolishga moyil o’kuvchilar. 3. Gegeron – barcha fanlarni xar xil saviyada o’zlashtiradigan o’quvchilar va hokazo. Tabaqalashtirish jarayonining yangi muhim yo’nalishi to’ldiruvchi ta’limni rivojlantirish bo’lib qolmoqda. To’ldiruvchi maktablar paydo bo’lishining sababi AQSh va G’arbiy Yevropada o’zlashtirishi past o’quvchilarning ko’payib borayotganligi, funktsional savodsizlik avj olayotganligidir. To’ldiruvchi ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab va litseylardaamalgaoshirilmoqda. AQShda bu xizmatgaommaviy axborot vositalarinig imkoniyatlari xam safarbar etilgan. Milliy telekompaniya maxsus o’quv kanali orqali 130 soatlik o’quv ko’rsatuvlari tashkil etiladi. O’quv jarayonlarini tabaqalashtirib olib borish bo’yicha chet el mamlakatlarining ko’pchiligida tadqiqotlar davom ettirilmoqda. Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor toboraortib bormoqda. Keyingi davrlarda o’z tengdoshlariga nisbatan qobiliyatda bir necha barobor ilgarilab ketgan bolalar ko’plab topilmoqda. Ular o’qishni juda erta boshlab ta’lim kurslarini o’zlashtirishda katta shov-shuvlarga sabab bo’ladigan darajada muvaffaqiyatlarga erishadilar. Shunday iqtidorlar maktabi G’arbda XX asrning 60-yillardayoq paydo bo’lgan edi. Bunday maktablarning o’quv dasturlari bolalar qobiliyati va imkoniyatini to’la ro’yobga chiqarishni ta’minlab berish darajasida murakkab tuzilgan. Qobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturlari AQSHda keng quloch yoygan. Ayrim shaharlardaoliy toifali bolalar bog’chalari ochilgan bo’lib, ularda 4-5 yoshli 12 o’quvchilar maktab dasturida o’qitiladilar. AQSHda “Merit” dasturi asosida har yili yuqori sinflar va kollejlardan eng qobiliyatli bolalardan 600 mingtasi tanlab olinadi. Ular o’rtasida test sinovlari o’tkazilib eng qobiliyatli 35 ming o’quvchi tanlab olinadi va o’qitiladi. Ularga turli imtiyozlar, stipendiyalar, yaxshi shart-sharoitga ega bo’lgan turarjoy, eng oliy darajadagi universitetlarga qabul va boshqalar amalgaoshiriladi. Lekin iqtidorli bolalarga qarama-qarshi qutbda turgan aqli zaif o’quvchilarning taqdiri ham chet ellik hamkasblarni tobora tashvishlantirmoqda, bunday holni kelib chiqish sabablarini o’rganish, oldini olish bo’yicha ko’pgina profilaktik ishlar olib borilmoqda va ular uchun maxsus maktablar ochilmoqda. Lekin statistik ma’lumotlar bunday bolalar soni toboraoshib borayotganligini ko’rsatayotir. XX asrning 70-yillarida AQSHda kelajak maktabi umummilliy loyihasini amalgaoshirishga kirishildi. Bu eksperiment mazmuni o’qituvchi buyrug’i bilan ish tutish, ko’proq o’quvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan iborat. Ta’lim tarkibi sinfda ishlash, mustaqil mashg’ulot, o’qituvchi konsultatsiyasini o’z ichigaoladi. Germaniya maktablarida sinfda o’quvchilar sonini qisqartirish sari yo’l tutilgan. Bunday o’quvchilarning har biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. Toshiriqlarni o’quvchi mustaqil bajaradi, lozim bo’lganda u o’qituvchidan konsultatsiya oladi. Yuqorida bayon qilinganlardan ko’zda tutilgan maqsadlar: - maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yo’nalishlarini kuchaytirish; - o’quvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo’llarini qidirib topish; - tarbiyaning yangi shakllarda – o’quvchilar kengashi, maktab kengashlaridan, tarbiyaviy o’yinlardan foydalanish; - maktab o’quv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o’zaroaloqasini mustahkamlash, takomillashtirish; - maktabni mehnat, insoniy faoliyat bilan yakinlashtirish, kasbga yo’naltirish ishlarini qayta tashkil etish; 13 - tabaqalashtirib o’qitishni yo’lga ko’yish, maxsus o’kuv muassasalarini (xam iqtidorli, xam aqliy, jismoniy zaif o’quvchilar uchun) rivojlantirish; - yangi, ya’ni o’quv texnik vositalarni ta’limdagi salmog’ini oshirish, o’kituvchilar uchun kompyuter ta’limini yo’lga ko’yish; - pedagogik g’oyalarni amalgaoshirishda keng kamrovli tadqiqotlarni amalgaoshirishdan iboratdir. Download 9.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling