Med univers
Download 9.16 Mb.
|
Rahmonova Durdona HOZIRGI DAVRDA JAHON MAMLAKATLARI TALIM TIZIMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagog
a. Pedagogika tizimini muvofiqlashtirish
Zamonaviy pedagogik jarayon bir qator o’zaro bog’liqlikdagi jarayonlar: o’qitish, tarbiyalash, o’z-o’zini tarbiyalash, rivojlanish, ta’lim, psixologik tayyorgarlikni o’zida qamrab oladi. Zamonaviy talqinda pedagogikaning ob’ekti bo’lib-pedagogik jarayon ishtirokchilarining o’zaro ta’siri hisoblansa, predmeti esa- o’zaro ta’sirning maqsadi, mazmuni, yo’llari hamda pedagogik texnologiyalarda o’z aksini topadi. Pedagogikaning predmeti yanada yaqqolroq holda pedagogik kategoriyalarda namoyon bo’ladi. Ularning eng ahamiyatlilari: pedagogik jarayon, o’qitish, tarbiyalash, o’z-o’zini tarbiyalash, pedagogik printsiplar, ta’lim va tarbiyaning shakl hamda metodlari hisoblanadi. Pedagogika-insonning butun hayoti davomida rivojlanish vositasi va faktori sifatidagi pedagogik jarayonni tashkil etish va amalga oshirishning qonuniyatlari, printsiplari, metodlari, vositalari, shakllarini o’rganuvchi fan hisoblanadi. Pedagogik nazariyalar poydevorida inson tabiati, uning etilishi, o’sishi, rivojlanishi haqidagi g’oyalar yotadi. Umuman olganda, Pedagogika fani ham boshqa fanlar qatorida o’zi o’rganadigan faoliyat sohasidagi hodisalarni tasvirlash, tushuntirish, bashorat qilish funktsiyalarini amalga oshiradi. Ammo pedagogika ilmi ijtimoiy-gumanitar sohani o’rganish asnosida o’z alohida xususiyatlariga ham ega.U o’rganilayotgan sohani faqatgina obektiv namoyon qilish bilan chegaralanib qolmaydi. Undan pedagogik voqe’likka ta’sir ko’rsatish, uni o’zgartirish, takomillashtirish talab qilinadi. Shu sababli, pedagogika ilmida ikkita funktsiya birlashadi. Ya’ni ilmiy-nazariy (pedagogik voqe’likni o’z boricha qabul qilish), hamda konstruktiv-texnik(pedagogik voqe’lik aslida qanday bo’lishi kerak). Download 9.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling