Media ta’limning asosiy tushunchalari Mediataʻlim


Download 208.74 Kb.
bet1/5
Sana09.02.2023
Hajmi208.74 Kb.
#1180748
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Media


Mavzu: Shaxsning mediamadaniyatini shakllantirishda media-ta’limning o’rni
Reja:
1.Media ta’lim.
2.Media va Axborot savodxonligi.
3.Media madaniyati.


Media ta’limning asosiy tushunchalari

Mediataʻlim – o'quvchilarga berilmoqchi bo'lgan dars, bilim, ma'lumotning tez, tushunarli va yodda qolarli bo'lishini ta'minlovchi ta'lim usuli.
“2022 — 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022 yildagi PF-134-sonli farmonida, Xalq taʻlimi vazirligiga multimedia ilovalarini ishlab chiqish talabi qoʻyilgan, unga koʻra maxsus elektron tizimlar (S-testing, Onlinedu, Raqamli darsliklar va boshqalar) orqali multimedialar berib borilishi aytib oʻtilgan.
2022-yil yakuniga qadar yangi avlod darsliklari uchun 10 ta mobil elektron resurs
va 100 ta multimedia mahsulotlarini yaratish koʻzda tutilgan. Mutahasislar tomonidan tayyorlangan electron resurslar oʻquvchilarning bilimlarini toʻldirishga xizmat qiladi. Mavzular yuzasidan shaklllantirilgan multimedia mahsulotlari, oʻqituvchiga koʻmakchi, ota-onalarga yoʻl koʻrsatuvchi, oʻquvchiga esa bilimlarni mukammal oʻzlashtirish imkonini beradi. Multimedialar orqali oʻquvchilar oʻzlariga mediataʻlim beradilar.
Turli mamlakatlarning koʻplab olimlari "media muhiti", "media madaniyati",
"media taʼlimi", "media savodxonligi" kabi asosiy tushunchalarni shakllantirishning bir necha usullarini aytib oʻtishgan.
Media taʼlim – (ing. media education, lot. media – degan maʼnoni anglatadi). "Taʼlim" tushunchasining oʻzi nafaqat kasbiy va ilmiy bilimlarni, balki maʼnaviy meʼyorlar va madaniy qadriyatlarni takror ishlab chiqarishni, toʻplashni taʼminlaydigan ijtimoiy institutdir. Media taʼlim talabalarni ommaviy kommunikatsiya (matbuot, televideniye, radio, kino, video, internet va boshqalar) qonuniyatlarini oʻrganishga qaratadi.
Media taʼlimning asosiy vazifalari: yangi avlodni zamonaviy axborot sharoitida hayotga tayyorlash, turli maʼlumotlarni idrok etish, insonni uni tushunishga oʻrgatish, uning psixikaga taʼsirining oqibatlarini anglash, taʼsir qilish usullarini oʻzlashtirish va9ogʻzaki boʻlmagan shakllarga asoslangan muloqot texnik vositalardan foydalangan holda munosabatga kirishish demakdir.
Jamiyat va davlat rivojida taʼlim va media taʼlimning roli kattadir. Mediataʼlim orqali dunyoning yetakchi mamlakatlari taʼlim sohasining ustivorligiga erishdi. Bugungi kunda yangi sifatli taʼlimga erishish uchun taʼlimni axborotlashtirish va oʻqitish uslublarini optimallashtirish, ochiq taʼlim texnologiyalaridan faol foydalanishni amalga oshirish zarur.
Media taʼlim orqali maʼlum fanlarni oʻqitishning dunyodagi eng yaxshi dars
namunalari, tayyor kurslar dasturlarini internet tarmogʻi orqali oʻrganish mumkin. Bu har qanday shaxsning oʻz ustida ishlab, oʻzi qiziqgan sohani mukammal oʻrganishga imkoniyatdir. Mediataʼlim orqali dunyo kutubxonalari fondlari, axborot maʼlumotlar bazalari, eksperimental jihozlar va etakchi laboratoriya va institutlarning ilmiy natijalarining haqiqiy bitmas-tuganmas resurslariga masofadan kirish imkoniyati yuzaga keladi. Bu dunyo bolalarining deyarli bir xil imkoniyatga egaligini ham koʻrsatib beradi. Mediataʻlim jarayonida oʻquvchilarda mediasavodxonlikka urgʻu beriladi.
Media-ta’lim hozirgi davrda shaxs­ning ommaviy axborot vositalari orqali rivojlanish jarayonini anglatadi.

Download 208.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling