Media texnologiyalar kundalik hayotda


Download 55.48 Kb.
Sana03.09.2023
Hajmi55.48 Kb.
#1672311
Bog'liq
Media texnologiyalar kundalik hayotda


Media texnologiyalar kundalik hayotda
Reja:

Kompyuter grafikasi turlari.


Multimedia va grafik dasturiy ta’minotlar.
Turli sohalar bo`yicha grafik dasturiy vositalar
Kompyuter grafikasi turlari

Tuzilishiga ko`ra tasvirlar rastrli yoki vektorli bo`lishi mumkin. Masalan tasvir xosil qilishda skaner uni ko`pgina mayda elementlar (piksellar)ga bo`lib chiqadi va ulardan rastrli surat xosil qiladi.


Piksel – bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bo`lib, uning rangi kompyuter xotirasiga bitlarning ma’lum bir miqdori vositasida kiritiladi. Masalan 800x600 suratda bu sonlar gorizontal bo`yicha (800) va vertikal bo`yicha (600) piksellar sonini belgilaydi. Piksellar soni qanchalik ko`p bo`lsa tasvirning ekrandagi va qog’ozda chop etilgandagi sifati (razreshenie) yuqori bo`ladi.
Vektorli grafikada tasvirlar matematik egri chiziqlarni rangi va bo`yalish rangini ko`rsatish orqali xosil qilinadi. Maslan oq fondagi qizil ellips bor yo`g’i ikki formula – to`g’ri to`rtburchak va ellipsning ranglari, o`lchamlari va joylashuvini aniqlovchi formulalari orqali tasvirlanadi. Demak, bunday tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli rasmdan ko`ra kamroq joy egallaydi.
Vektorli tasvirlarning yana bir afzalligi – ularning sifatini yo`qotmagan xolda kattalashtirish yoki kichiklashtirish imkoniyatidir. Ob’ektlarni masshtablash matematik formulalardagi mos koeffitsientlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish orqali amalga oshiriladi.
Shunday qilib rastrli yoki vektorli formatni tanlash tasvir bilan ishlash maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Rangni uzatishning fotografik aniqligi talab etilganida rastrli formatdan foydalanish lozim. Logotip, sxemalar va chizmalarni tasvirlashda vektorli formatdan foydalanish maqsadga muvofiq. Shuni ta’kidlash lozimki, rastrli va vektorli tasvirlashda (matn ham) grafika ekranga yoki chop etish qurilmasiga nuqtalar jamlanmasi sifatida uzatiladi.
Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.

Xozirgi kunga kelib kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalari kirib bormagan soxani topish qiyin.


Kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalarini qo’llanish soxasiga ko`ra quyidagi guruxlarga ajratish mumkin:
poligrafiya ishlari uchun mo’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari; ikki o`lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi;
taqdimot ishlari uchun mo’ljallangan dasturlar; ikki o`lchamli animatsiya dasturlari;
uch o`lchamli animatsiya dasturlari; ikki o`lchamli animatsiya dasturlari;
ikki o`lchamli va uch o`lchamli animatsiya dasturlari; videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar; ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar.
Kompyuter grafikasi va animatsiyasi dasturlari rassom va dizaynerlar, poligrafchi va kinematografchilar, kompyuter uyinlari va o’qitish dasturlari yaratuvchilari, klipmeyker va olimlar, shuningdek o’z faoliyatida turli formatdagi tasvirlardan foydalanuvchi barcha mutaxassislarda xam katta qiziqish uyg’otadi.
Rang modellari

RGB modelining nomi Red - qizil, Green – yashil va Blue – ko`k birlamchi ranglarning bosh xarflaridan olingan bo`lib, ushbu ranglarning turli proportsiyalarda aralashtirish natijasida ko`rinuvchi spektrning turli xil boshqa ranglarini olish mumkin. Birlamchi ranglarning aralashmasidan ikkilamchi moviy (cyan), pushti (magenta) va sariq (yelow) ranglar xosil bo`ladi

. RGB modeli

RGB modelining tashkil etuvchilari 0 dan 255 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin. R=255, G=255, B=255 bo`lganda oq rang, R=0, G=0, B=0 bo`lganda esa qora rang xosil qilishimiz mumkin.

CMYKmodeli bo`yoqlarningnurni yutishqobiliyatiga asoslangan. Oq rangningnur o`tuvchi bo`yoqdano`tishidaspektrningbirqismi yutiladi. Yutilmagannurqaytadivaodamko`zigatushadi

Ranglarmoviy (Cyan), pushti (Magenta) va sariq (Yellow) ranglar aralashmasidan paydo bo`ladi. Ularning to`liq aralashmasidan qora (black) rang xosil bo`ladi. Modelining tashkil etuvchilari 0 dan 100 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin.


HSB (HSV) modeli. Model nomi unga asos bo`lgan uch komponentning bosh xarflaridan olingan: Hue - rangtoni; Saturation - to`yinganlik; Brightness - yorqinlik. Model odam ko`zining rangni xis qilish qobiliyatiga asoslangan.
Rang toni 0 dan 360 gradusgacha diapazondagi burchak kattaligi bilan tavsiflanadi. To`yinganlik (yoki xromatiklik) rangning tozalik darajasidir. U kul rangning boshqa rangga
nisbati bilan aniqlanadi (0% – kul rang, 100% – to`la to`yingan rang). Rangning yorqinligi 0 dan 100 gacha o`zgarishi mumkin.
Multimedia va grafik dasturiy ta’minotlar.

Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun qo`shimcha dasturiy ta’minot sifatida foydalanush mumkin. Shu sohaga yo`naltirilgan foydalanuvchilar xuddi muhandislar, arxitektorlar, nashriyotchilar kabi grafik dasturlardan doimo foydalanishadi. Bunday dasturiy vositalar esa ularga grafika va multimedia bilan ishlashga xizmat qiladi. Bu dasturiy ta’minot avtomatlashtirilgan loyihalashtirish, nashriyot tizimi, bo`yoq/tasvir tahrirlagichlar, foto tahrirlagichlar, video va audio tahrirlagichlar va multimedia yaratish hamda Web-sahifa yaratish kabilarni o`z ichiga oladi. 1-jadval bir qancha ommabop dasturlar professional va texnik ziyrak foydalanuvchilar uchun kategoriyalari bilan maxsus ko`rsatmalar asosida keltirib o`tilgan.




Ko`pgina multimedia va grafik dasturlar foydalanuvchilar tomonidan foydalanish orqali oson interfeysli va sodda versiyalari bilan bu dasturda grafikli hujjatlar yaratiladi. Keyingi bo`limda multimedia va grafik dasturiy vositalarning funktsiyalari va afzalliklari ko`rib chiqiladi.1
Jahon miqyosida nazar soladigan bo`lsak kompyuter grafikasi va elektron dizayn juda ham keng darajada rivojlangan. Ularni jismoniy tarbiya va sport sport musobaqalaridan olingan video tasvirlarni yaratish va montaj qilishda ham foydalanilishi kata ahamiyat kasb etadi. Ko’pincha bu yaratilayotgan barcha dasturlar, reklama roliklar, dizaynlarning asosiy qismi kinofilmlar, multfilmlar, web-saytlar uchun yaratilmoqda. Sport sohasida ham ta’lim jarayonida multimedia va grafik dasturlar foydalanilgan holda darsning didaktik materiallarini ishlab chiqishda foydalanilsa bo’ladi. Darsliklarning multimedia shaklida o`tilishi o`qituvchilarga bir qancha qulayliklar tug’diradi. Chunki, shu fanga mavzulashtirilgan ovozli dasturlar, rasmli ishlanmalar, harakatli yozuvlar (prizentatsiyalar), multiplikatsiya ko`rinishida yaratilgan filmlar, animatsiyalar va reklama roliklar bir tomondan o`qituvchi uchun engillik bo`lsa, ikkinchi tomondan tinglovchilar uchun qiziqarli va diqqatini o`ziga jalb qiladi. Va mavzuni yaxshi o`zlashtirilishiga turtki bo`ladi. Ta’lim sohasining multimedia ko`rinishida o`tkazilishiga sabab ham shu. Chunonchi, foydalanuvchi televizorda qo`yilayotgan multfilm va reklama roliklarini ko`rish o`rniga darsga boradi, bu esa o`z-o`zidan o`quv muassasalariga yanada qiziqishni oshiradi. Animatsiyali rolik mavzuni har jihatdan o`rganib, keng qamrab olishiga qaramasdan uni ham kamchiliklari bor.
Kompyuter grafikasi uzoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham to`laqonli grafik tizimlar mavjud bo`lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (KG) va kompyuter animatsiyasi (KA) atamalaridan foydalaniladi. Kompyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha ko`rinishlari o`z ichiga olsa kompyuter animatsiyasi dinamik o`zgaruvchi tasvirlar Bilan ishlaydi.


Kompyuter animatsiyasi – Innovatsion kompyuter
Mushakbozlik dasturiy vositasi yordamida real «portlash» yaratish mumkin. Ushbu maxsus dasturiy vosita yordamida hattoki mushakbozlikni pirotexnik va musiqali javobini eshitish mumkin. Asosiy mushakbozlik xiyobonda o`tkazilgan mustaqillik kuni uchun ishlab chiqilgan. Undahar
bir mushak musiqa kuchi bilan aniqlangan (

20 minutlik shouni rejalashtirilish uchun 4 oyga yaqin vaqt ketgan. Operator dasturni ishga tushirganda har bir grafik bo`shliqqa bog’lanishda kompyuterni ishchi moduldan ozod etish uchun signal yuboradi.


Loyihalashtirishni avtomatlashtirish



Loyihalashtirishni avtomatlashtirish (CAD) dasturiy vositalari amaliy dasturiy vositalarning qiyin turlaridan hisoblanib, ular professional foydalanuvchilar ilmiy loyihalarni, arxitektura ishlanmalarini yaratish uchun yordam beradi. Masalan, muhandislar transport vositalari uchun dizayn va xavfsizlik ta’minotini yaratishadi. Arxitektorlar binolarni loyiha strukturasini va bino rejasini tuzishadi (11.4-rasm).
Arxitektorlar CAD dasturlaridan binoni strukturasini loyihalashda foydalanadi


Sport inshootlarining loyihasini avtomatlashtirilgan tizimda tizim dizaynini loyihalash usullarini ishlab chiqadilar
CAD dasturiy vositalari loyiha dizaynini va loyiha ustida ish olib borish jarayonini engillashtiradi.
Uch fazoli CAD dasturlari loyihachiga ob’ektlarni har qanday burchak ostida aylantirib, ko`rib ishlash imkonini beradi.
Nashriyot tizimidagi grafik dasturiy vositalar (professionallar uchun)
Nashriyot tizimidagi dasturiy vositalar (DTP. Desktop publishing software) professional loyihachilar uchun qiyin matnli, grafikali va ko`p ranglardan tashkil topgan hujjatlarni yaratishga xizmat qiladi.Ushbu dasturiy vositalar yordamida darsliklar uchun yuqori sifatli rangli hujjatlar, korporativ axborot byulletenlari, mahsulotlar kataloglari hamda yillik hisobotlar tayyorlashlari mumkin.
Sahifalarni tayyorlash jarayonida matn va grafik hujjatlar ranglarning standart to`plami kutubxonasidan foydalangan holda loyihachilar va matn teruvchilar aniqlangan ranglar asosida matnni kiritib boradilar. Loyihachilar ushbu yakunlangan grafik hujjatlarni nashr qilish uchun rangli printerlardan foydalanishlari mumkin.3
Turli sohalar bo`yicha grafik dasturiy vositalar Bo`yoq/tasvir tahrirlagichlar dasturiy ta’minoti (professionallar uchun).
Multimedia va grafika mutaxassislari, texnik illyustratorlar va nashriyotchilar bo`yoq/tasvir tahrirlagich dasturiy ta’minotlaridan foydalanib, Web-sahifalar va nashriyot hujjatlari uchun grafik tasvirlar yaratadilar va ushbu dasturlardan foydalanib hujjatlarga o`zgartirishlar kiritadilar. Bo`yoq dasturiy vositalari foydalanuvchilarga rasm chizish, shakllar va turli vositalar yordamida ekranda grafik tasvirlar yaratishga imkon beradi (11.6-rasm). Tasvirlarni tahrirlashda dasturiy vositalardan foydalangan holda mavjud tasvir va rasmlarni kattalashtirish va o`zgartirish kiritish mumkin. Tasvirlarni rang sifatini oshirish, maxsus effektlar qo`shish, soya, multiplikatsiya yaratish va tasvirlarni bir-biriga ulash kabilar vazifalarni modifikatsiya qilish mumkin
Professional fototasvirlar tasvirlarni tahrirlash vositalari yordamida avtoyozuvchi video uskunalar, muhandislar va olimlar hamda katta hajmdagi raqamli fototasvirlar bilan ishlovchi foydalanuvchilar raqamli tasvirlarni sozlashlari va qayta tahrirlashlari uchun mo`ljallangan.. Professional fototasvirlarni tahrirlash dasturiy vositalari foydalanuvchilarga faylning keng, har xil turdagi formatlari asosida asosiy qiyofani saqlashga xizmat qiladi. Ushbu dasturiy vositalar yordamida foydalanuvchilar fototasvirlarni xiralashtirish, tasvirlarni qisqartirish, tasvirdagi «qizil ko`z» ni olib tashlash, tasvirni o`zgartirish shakllari, rangli tasvirlar, ob’ektlarni olib tashlash yoki qayta joylashtirish hamda filtrlarga murojaat qilish kabi vazifalarni bajarishi mumkin.
Video va audio tahrirlash dasturiy ta’minoti (professionallar uchun).
Video tahrirlash dasturiy vositasiprofessionallarga klip deb nomlanuvchi video segmentlarni o`zgartirish imkonini beradi. Misol uchun, foydalanuvchilar videoklipni uzunligini qisqartirishlari, klip qismlarini qayta tartiblashi yoki maxsus effektlar qo`shishlari mumkin bo`ladi. Video tahrirlash dasturiy vositasi audio tahrirlash kabi o`xshash bo`ladi. Audio tahrirlash dasturiy vositasi foydalanuvchilarga audio faylni o`zgartirish, studiyada sifatli saundrek tayyorlash va videokliplarga audio fayl qo`shish kabi imkoniyatlar yaratib beradi Audio tahrirlash dasturiy vositasi odatda, filtrlarni qo`llagan holda ovoz sifatini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, audio filtr audio faylning fondagi keraksiz shovqinlarni olib tashlaydi. Aksariyat hollarda teleshou yoki filmlarda videolar yaratishda audiotahrirlash dasturiy vositalaridan keng foydalaniladi.
Mutaxassis uchun multimedia dasturiy ta’minoti
Multimedia dasturiy vositalar foydalanuvchilarga matnlarni birlashtirish, grafika, audio, videovainterfaol arizalar multiplikatsiyasini yaratishimkonini beradiUshbudasturiy vositalar yordamida foydalanuvchilar matn va tasvirlarni joylashtirish, ovozning uzunligi, video va multiplikatsiyalarni boshqaradilar. O`quv markazlari, ta’lim muassasalari va elektron jurnal nashr etuvchilar multimedia dasturiy vositalarning interfaol ilovalaridan foydalanadi. Ushbu tayyor multimedia hujjatlari va ilovalardan Internet orqali, lokal tarmoq va optik disklarga yozib foydalanish mumkin.

Multimedia dasturiy vositalari sizga multiplikatsiya, ovoz, video, grafika va matnlarni dinamik namoyishini yaratishingizga imkon beradi


Web-sahifalar yaratish uchun dasturiy ta’minotlar

Web-sahifalar uchun dasturiy vositalar foydalanuvchilarga web-sahifalarga grafik tasvirlar, audio va video, multiplikatsiya hamda boshqa maxsus effektlar yaratishda yordam beradi Ulardan tashqari ko`pgina web-sahifalarda foydalanuvchilarga web-sahifalarni qo`llab-quvvatlash va tashkillashtirish dasturlari yaratiladi. Amaliy dasturiy ta’minot, ya’ni Word va Excel dasturlari ko`pincha web-sahifalarni yaratish hamda uning xususiyatlarini oshirishda qo`llaniladi.
Ushbu multimedia dasturiy vositalari tarmoqda web-sahifalarni rivojdanishiga xizmat qilmoqda
Shaxsiy moliyaviy dasturiy ta’minot

Shaxsiy moliyaviy dasturiy ta’minot – soda dastur hisobi bo`lib, iste’molchilarning kichik ofislari va uy ofislarida chek kitobchasi, xisob raqamidan to`lovni amalga oshirish, shaxsiy kirim-chiqimlarni kuzatib borish, byudjetni tuzish, material-texnik resurslarni boshqarish, investitsiya hamda moliyaviy rejalarni tarqatishga va balanslashtirishga yordam beradi Shaxsiy dasturiy ta’minot sizga qachon va qaerda, nima uchun qaysi maqsadda pullaringizni sarflashingizni boshqarishga maxsus dasturlar yordam beradi. Hisobotlar to`lovlarni qabul qiluvchi yoki vaqt bo`yicha tranzaktsiya kategoriyalari asosida hisoblanishi mumkin. Moliyaviy rejalashtirish funktsiyasi jismoniy shaxslar kreditlarini ichki tahlili, daromad soliqlari va nafaqa fondlarini o`z ichiga oladi. Bunday shaxsiy dasturlar onlayn xizmatlarni ko`plab takliflarini yuborish va qabul qilish uchun Internet tarmog’iga yo`l ochishni talab qiladi. Masalan, iste’molchilar investitsiyalarni onlayn kuzatib boradilar, sug’urta kompaniyalar stavkalarini onlayn tarzda taqqoslab boradilar va hakazolar. Onlayn ochiq yo`l sizga banklardagi hisob raqami savdosini, hisob raqamidan to`lov shartlarini namoyish etishga va haroylik tranzaktsiyalarni to`g’ridan-to`g’ri kompyuteringizga tarmoq .rqali yuklashga ruxsat beradi.


. Iste’molchining shaxsiy, natijaviy hisob raqami dasturi
Huquqiy dasturiy ta’minot

Huquqiydasturiy ta’minot qonuniy hujjatlar va alohida shaxslarning qonuniy axborotlari hamda oilaviy kichik biznes asosida tayyorlangan Huquqiy dasturiy ta’minot hujjatlarvakontraktlarme’yorini, sotibolishbilan bog’liqma’lumotlar, ijara, mulknirejalashtirish va xakazolarni bir-biri bilan bog’lanishini ta’minlaydi.


Soliq dasturiy ta’minoti
Soliq dasturiy ta’minot dasturiy ta’minotning seriya raqami va web-sahifalarga o`xshash soliq muassasasida ro`yxatdan o`tish jarayoni kabi ochiq holatda bo`lishi mumkin Bu dasturlar soliq majburiyatlarini va iqtisodiy soliqlarni bashoratlash takliflari ishlab chiqiladi, ya’ni sizning soliq haqidagi qonuniy loyihangizni o`tkazish uchun. Shu bilan bir qatorda elektron pochta xizmati orqali shakllarni yuborish soliq to`lovchilarga o`zlarining soliq to`lovlarini onlayn tarzda elektron ro`yxatdan o`tish orqali olishga xizmat qiladi.
. Soliq dasturiy ta’minoti foydalanuvchilarga soliq muassasalaridan ro`yxatdan jarayonini ta’minlaydi

Nashriyot tizimining dasturiy ta’minoti (shaxsiy foydalanish uchun) Professionaldasturiy ta’minot DTP yuqorida ta’kidlaganimizdek, ko`pgina sug’urtaga oid

va kichik biznesda ishlash uchun anchagina sodda hamda oddiy dastur hisoblanadi. Professionaldasturiy ta’minot DTP iste’molchilarga yangiliklar asosida kichik biznesni tashkil etish, brashuralar, reklamalar, otkritkalar, qutlov otkritkalari, firma blankalari, e’lon ishlari, bannerlar, kalendarlar, logotiplar va hakazolar joylashtirishga yordam beradi (
Ko`pgina matn dasturiy vositalari DTP funktsiyalarini o`z ichiga oladi va DTP hujjatlarini yaratishga xizmat qiladi. Masalan, shaxsiy DTP dasturlari yuz minglab grafik tasvirlar bilan ta’minlab beradi. Undan tashqari xususiy raqamli hujjatingizga import qilishingiz ham mumkin. Keyin esa internet shaklida rangli printer yordamida xabarlaringizni shaxsiy DTP dasturlarisiz bosmaga chiqarishingiz mumkin. Ko`pgina shaxsiy DTP dasturlari bo`yoq/tasvirlarni tahrirlagichlar va fototasvirlarni tahrirlash hamda fototasvirlarni boshqarishni ham o`z ichiga oladi.
Bo`yoq/tasvir tahrirlagichlar dasturiy ta’minoti (shaxsiy foydalanish uchun) Bo`yoq/tasvir tahrirlagichlar dasturiy ta’minoti dastur interfeysidan oson foydalanishni
ta’minlaydi. Xuddi dasturning professional versiyasiga o`xshash sizga sodda instrumentlar yordamida rasm chizishga va turli rasm hamda shakllar ustida amallar bajarishga xizmat qiladi.Shaxsiy tasvirlarni tahrirlash dasturiy ta’minoti dasturning bo`yoq imkoniyatlarini va mavjud grafika hamda fototasvirlarni modifikatsiya qilish (o`zgartirish)ni ta’minlaydi. Bu dasturlarda bulardan tashqari hujjatlar va tasvirar uchun turli andozalar, otkritkalar, bannerlar, kalendarlar, tashrif qog’ozlari va hakazolarni ham kiritish mumkin. Ba’zi operatsion tizimlar asosiy bo`yoq/tasvir tahrirlagichlarini o`z ichiga oladi.
Fototasvirlarni tahrirlash dasturlarini boshqarish
Professional tasvirlarni tahrirlash dasturlari web-sahifalarda keng miqyosda ishlash imkonini ham beradi. Professional tasvirlarni tahrirlash dasturlari foydalanuvchilarga raqamli fototasvirlarni tahrirlash, tasvirdagi “qizil ko`z” ni o`chirish, dog’larni yo`qotish, fototasvirlarni haqiqiyranglar asosidaqaytatiklash, maxsus effektlarqo`shish, tasvirsifatini yanada oshirish yoki elektron fotoalbomni yaratishga xizmat qiladi. Agarda siz raqamli kamera bilan ishlayotgan bo`lsangiz, bu o`z navbatida fototasvirlarni dasturlar yordamida tahrirlashingizga to`g’ri keladi .
Raqamli fototasvirlarni shaxsiy dastur asosida tahrirlash

Uy egalari uy loyiha/sun’iy landshaft yaratish dasturlaridan foydalanishlari mumkin. Uy loyiha/sun’iy landshaft yaratish dasturlari turli materiallar ro`yxatini loyihaning sarf-xarajatlar miqdorini ham o`z ichiga oladi.


Maxsus dasturlar yordamida tasvirlarni joylashtirish va aks ettirish
Maxsus dasturlar yordamida tasvirlarni joylashtirish va aks ettirish foydalanuvchilarga foydalanganda ekranda xarita, manzili, pochta indeksi, telefon raqami kabi ma’lumotlarni olish mumkin bo`ladi. Bunday dasturlar foydalanuvchilarga harakatni yo`nalishini va yakuniy punktni kiritishni ta’minlaydi. Bu dasturlar mobil qurilmalarga o`xshash smartfonlardagi kabi mediaharakatlantirgich yordamida ishlaydi va ko`pgina navigatsiya uskunalari kabi dasturlarda aks ettiriladi. xaritani ko`rish, yo`naltirilgan marshrutni va qiziqarli joylarni aniqlash mumkin. Ushbu dasturlar
Bu dasturda yo`nalish vaqtlari navbatma-navbat ta’minlangan

Ta’lim va ichma-ich kirish (ssilka) dasturiy ta’minoti


Ichma-ich kirish dasturlari barcha alohida shaxslarni qimmatli va to`liq axborotlar bilan ta’minlaydi. Ommabop dasturlar entsiklopediyalarni, lug’atlarni va tibbiyot qo`llanmalarni o`z ichiga oladi.
Ta’lim dasturlariga esa ta’limning barcha sohalarini kitirish mumkin. Maktabgacha ta’limda va o`rta maktablarda o`quvchilar ta’limning maxsus dasturlardan foydalanadilar. Ya’ni masalan, matematika fanidan tayyorlanib, tayyorlov kurslariga yoki kollejlarga kirish uchun imtihon topshiradilar
Ta’lim dasturlari ko`pincha o`yinlarni va boshqa kontentlarni o`z ichiga olishi mumkin. Ko`pgina o`quv-ta’lim dasturlaridan kompyuter mashqlari yondashuvida foydalaniladi. Kompyuter mashqlaridan (CBT), avtomatlashtirilgan instruktsiyalardan (CAI) talabalar doimiy ravishda foydalanib keladilar. Harbiy sohada va aviakompaniyalarda CBT modelidan turli muhit va sharoitlarda uchishni o`rganishda foydalanadilar.
Harbiy sohada CBT modelidan yozgi amaliyot uchun foydalanish

Ko`ngilochar dasturiy ta’minotlar


Kompyuterlar uchun ko`ngilochar dasturiy vositalar o`yinni ulash uchun qo`shimchalarni, mobil qurilmalar interfaol o`yinlarni, video va boshqa dasturlarni o`z ichiga oladi. Masalan, ko`ngilochar dasturlar, yakka tartibdagi o`yinlar yoki onlayn tarzda boshqalar bilan o`yin o`ynash dasturlari kiradi. Ko`pgina o`yinlar xudi web-sahifalardagidek, sizga yakka tartibda, yoki boshqalar bilan onlayn tarzda o`yinlarni o`ynash imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4732-sonli, 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli, 2019-yil 27-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5789-sonli Farmonlari, shuningdek 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2909-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-sentabrdagi 2909-sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, u oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasb mahorati hamda innovatsion kompetentligini rivojlantirish, sohaga oid ilg‘or xorijiy tajribalar, yangi bilim va malakalarni o‘zlashtirish, shuningdek amaliyotga joriy etish ko‘nikmalarini takomillashtirishni maqsad qiladi.
Ta’lim sohasi bo‘yicha pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari va o‘quv rejalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, uning mazmuni O‘zbekistonning milliy tiklanishdan milliy yuksalish bosqichida oliy ta’lim vazifalari, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning normativ-huquqiy hujjatlari, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va pedagogik mahorat, ta’lim jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, amaliy xorijiy til, tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari, maxsus fanlar negizida ilmiy va amaliy tadqiqotlar, o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari bo‘yicha so‘nggi yutuqlar, pedagogning kreativ kompetentligini rivojlantirish, global Internet tarmog‘i, multimedia tizimlaridan foydalanish va masofaviy o‘qitishning zamonaviy shakllarini qo‘llash bo‘yicha tegishli bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Demak, soha olimlari va mutaxassislari ushbu imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish, shu yo‘nalish bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan ilg‘or ilmiy-pedagogik texnologiyalar ishlab chiqishlari, ta’lim standartlari zamon talablariga mos ravishda shakllantirishlari zarur bo‘ladi.
Hozirgi davrda deyarli barcha bilim sohalarini tezkor axborotlashtirish har qanday sohadagi mutaxassislar, shu jumladan jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislari tomonidan axborot texnologiyalarini egallashga ehtiyoj tug‘diradi.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari modullarini o‘rganish: axborot madaniyati va axborot texnologiyalari - tinglovchiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining barcha yutuqlaridan foydalanishni.
Jismoniy tarbiya va sportda o‘quv-mashq mashg‘ulotlarini sifati va samardorligini oshirishda va sport faoliyati va matematik bilimlarni taqqoslamaslikni, balki noyob imkoniyatlardan foydalangan holda ularni sintez qilishni o‘rgatishga mo‘ljallangan.
Jismoniy tarbiya va sportda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari moduli bo‘yicha tayyorlangan darslik materiallarini o‘zlashtirish jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha pedagog kadrlarning ma’naviy-axloqiy hislatlarini shakllanishiga, ularni tanlagan kasbiga bo‘lgan qiziqishini kuchayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’minlaydi.

Mavzu bo’yicha muhim atamalar izohi



  1. TEXNOLOGIYA -(grekcha: „techno“ — hunar, usta va „logos“ — fan, taʼlim)[1] — ilmiy-praktika asosida xom-ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishning usullari.

2.AXBOROT -biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma’lumot.
3.KOMMUNIKATSIYSA-Aloqa (lotincha: communicatio — umumlashtiraman, bogʻlayman) — 1) kibernetikada — informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni.
4. Innovatsiya (ing . innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablagʻlar; 2) ilmiy-texnika yutuklari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanilishi.
5.AXBOROTLASHTIRISH-(ingliz tilidan „Informatization“) — bu koʻp maʼnoli atama boʻlib, ilgʻor axborot texnologiyalari yordamida jamiyatda axborotdan foydalanish.
6.KOMPETENT-(lotincha: competo — erishyapman, munosibman, loyiqman) — 1) muayyan davlat organi (mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi.
7. web sahifa( yoki web-sahifa) World Wide Webdagi hipermatnli hujjatdir. Veb-sahifalar foydalanuvchiga veb-server tomonidan joʻnatiladi hamda ularni veb-brauzer yordamida koʻrish mumkin.[1] Veb-sayt bir domen nomidan foydalangan bir-biriga bogʻlangan koʻplab veb-sahifalardan iborat boʻladi.
8. Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart minimal internet protokoli (I) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir.

QO’LDOSHEVA MAXFIRATXON TO’LQIN QIZI
Download 55.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling