Media va axborot savodxonligining zamonaviy dunyodagi o’rni va roli. Globallashuv asrida axborotlarni boshqarib, saralab auditoriyaga uzatish imkoni yo’qligi. Mediamahsulot - tovar. Media iste’molchi – tovar talabgori. Axborotdan foydalanishda tanqidiy fikrlash.
Manipulyativ texnologiyalar. Manipulyasiyasi turlari, ko’rinishlari. Manipulyasiyasi himoyanishda media va axborot savodxonligining roli. Axborot xavfsizligi tushunchasi. Shaxsiy ma’lumotlar, ularning turlari va ular bilan ishlash: bo’lishish, e’lon qilish, saqlash. Axborotning erkin oqimi: afzalliklari va ziddiyatlari.
Axborotni filtrlash ko’nikmasi. Axborotni turli manbalardan tekshirish imkoniyati va zarurati. Axboriy jamiyatdagi odamni zamonaviy dunyodagi, kodli va reprezentasion tizimlarda faoliyat yuritayotgan medianing ijtimoiy-madaniy, siyosiy kontekstini tushunishga, mediamatnlarni idrok etish, yaratish, tahlil etish, baho berishga tayyorlash jarayoni.
Raqamlashtirish va tarmoqlardan foydalanish asta sekinlik bilan turli OAVlar o’rtasidagi chegaralarni yo’qqa chiqarayotgani. Bosma medialar, elektron medialar (radio va televideniye), Internet, uyali telefonlar va boshqalarning bir vaqt va makonda birga mavjud bo’lishi media kontentning bir platformadan boshqasiga ko’chib yurishi imkonini berayotgani va axborot olish imkoniyatlarini ham kengaytirayotgani.
Do'stlaringiz bilan baham: |