Shuningdek, biz nashr etayotgan narsalarning aksariyati senzuraga uchraydi yoki ommaviy axborot vositalari egalarining manfaatlariga mos kelishiga qarab cheklanadi. Ularning daromad olish motivatsiyasi nafaqat biz ko’radigan yoki ko’rmaydigan ommaviy axborot vositalarini belgilabgina qolmasdan, balki oddiy foydalanuvchi nimani va kimga Internetda post qilishi va onlayn gaplashishi mumkinligini aniqlaydi. Bunga bizni "Axborot pufagi" yoki "filtrlar pufagi" deb atalmish narsada ushlab turadigan yangi Feysbuk algoritmlari misol bo’lishi mumkin. 5. Ko’pchilik mediaxabarlar g’oyalashtirilgan bo’ladi va u yoki bu qadriyatlarni targ’ib qiladi Aksariyat mediamahsulotlari ma’lum ma’noda reklama hisoblanadi, chunki ular brendlarni, savdo belgilarini, shaxslarni va qadriyatlarni va turmush tarzini targ’ib qilishadi. Media iste’molchilarning qiziqishini rag’batlantirish, hokimiyat idoralarining harakatlarini ma’qullash va boshqalar uchun xizmat qiladigan aniq yoki yashirin tarzdagi mafkuraviy xabarlarni ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |