Механика кириш


Download 0.84 Mb.
bet53/72
Sana08.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#234819
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72
Bog'liq
FIZIKA FANIDAN MA'RUZA MATNI

K I R I SH

Ma’lumki, jismlarga yorug’lik nuri tushganda ular ko’zga ko’rinadilar. Bu yorug’lik nurlarini yorug’lik manbalari sochadi. Qizigan metall va ko’mir, gaz alangalarini yorug’lik manbalari sifatida qarash mumkin. YOrug’lik elektr razryadlar jarayonida ham sochiladi, shuningdek ko’p moddalar yorug’lik, rentgen va boshqa nurlar ta’sirida lyuminessensiya sababli nurlanadilar.



YOrug’lik chiqarish jarayonini o’rganish shuni ko’rsatdiki, yorug’likni elementar manbalari - atomlar, molekulalar va elektronlardir. Agar atom yoki molekulaga ma’lum energiya berilsa, u uyg’ongan holatga o’tadi va bunday atom yoki molekula ma’lum chastotali yorug’lik to’lqinini chiqarish qobiliyatiga ega bo’lib qoladi. Atom yoki molekulani uyg’onish darajasiga qarab u har xil chastotali yorug’lik to’lqinini chiqaradi. SHu sababli atom va molekulaning nur sochish sohasi infraqizil, ko’zga ko’rinadigan va ultrabinafsha sohada yotadi. SHuninng uchun keng ma’noda yorug’lik infraqizil, ko’zga ko’rinadigan va ultrabinafsha nurlar to’plamidir. Bu nurlanishlarning tabiatini o’rganadigan fanga optika deyiladi va nurlanishlar spektriga optik spektr deyiladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling