Reja: Kirish Interferentsiya


Download 92.29 Kb.
bet1/7
Sana17.09.2023
Hajmi92.29 Kb.
#1680011
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Reja Kirish Interferentsiya



REJA:
1.Kirish………………………………………………………………………………3
2.Interferentsiya ……………………………………………………………………6
3. Interferometr nima……………………………………………………………...18
4. Reyle interferometri……………………………………………………………..21
5. Interferometr va ularni qo'llash………………………………………………..23
6.Xulosa……………………………………………………………………………..26
7.Foydalanilgan Adabiyotlar………………………………………………………27


KIRISH

XXIаsrdа ilmiy-texnikаviy inqilobning yanаdа shiddаtli rаvishdа o’sishi oliy texnikа o’quv yurtlаridа fizikа kursining mаzmunini tubdаn qаytа ko’rib chiqishni tаqozo etmoqdа. Zаmonаviy muhаndisdаn fаqаt klаssik fizikаdаnginа emаs, bаlki hozirgi zаmon fizikаsi (kvаnt mexаnikаsi vа elektronikаsi, qаttiq jisimlаr fizikаsi vа boshqаlаr) dаn hаm chuqur bilimlаr tаlаb qilinmoqdа. Biroq dаvrimizning аsosiy xususiyati — аxborotlаr texnologiyasi vа ko’lаmining tez kengаyib borishi, vаqt tаnqisligi esа kаttа hаjmdаgi o’quv аdаbiyotlаrigа ehtiyojni kаmаytirib, аsosiy mаhlumotlаrni mujаssаmlаshtirgаn ixchаm vа uslubiy jihаtdаn yuqori did bilаn tuzilgаn qo’llаnmаlаrgа zаruriyat tug’dirmoqdа.

Ma’lumki, jismlarga Yorug’lik nuri tushganda ular ko’zga ko’rinadilar. Bu Yorug’lik nurlarini Yorug’lik manbalari sochadi. Qizigan metall va ko’mir, gaz alangalarini Yorug’lik manbalari sifatida qarash mumkin. Yorug’lik elektr razryadlar jarayonida ham sochiladi, shuningdek ko’p moddalar Yorug’lik, rentgen va boshqa nurlar ta’sirida lyuminessensiya sababli nurlanadilar.


Yorug’lik chiqarish jarayonini o’rganish shuni ko’rsatdiki, Yorug’likni elementar manbalari - atomlar, molekulalar va elektronlardir. Agar atom yoki molekulaga ma’lum energiya berilsa, u uyg’ongan holatga o’tadi va bunday atom yoki molekula ma’lum chastotali Yorug’lik to’lqinini chiqarish qobiliyatiga ega bo’lib qoladi. Atom yoki molekulani uyg’onish darajasiga qarab u har xil chastotali Yorug’lik to’lqinini chiqaradi. SHu sababli atom va molekulaning nur sochish sohasi infraqizil, ko’zga ko’rinadigan va ultrabinafsha sohada yotadi. SHuninng uchun keng ma’noda Yorug’lik infraqizil, ko’zga ko’rinadigan va ultrabinafsha nurlar to’plamidir. Bu nurlanishlarning tabiatini o’rganadigan fanga optika deyiladi va nurlanishlar spektriga optik spektr deyiladi.
Optikaning rivojlanish jarayonida Yorug’lik tabiati haqida ikki qarama-qarshi nazariya vujudga kelgan. Birinchi nazariyaga ko’ra, Yorug’lik tabiati to’lqin xarakterga ega. Bu sohada birinchi bo’lib Robert Guk, Xristian Gyuygens, Tomas Yung, Arago, Koshi, Frenel kabi olimlar ko’plab ish qildilar. Keyinchalik ularning ishlari ingliz olimi Maksvell tomonidan ishlab chikilgan elektromagnit nazariyaga asos bo’ldi va Yorug’likning elektromagnit nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaga ko’ra Yorug’lik to’lqinlari ko’ndalang to’lqinlar bo’lib, elektr vektori  va Yorug’likning tarqalish tezligi s o’zaro perpendikulyardir. Yorug’likning to’lqin nazariyasi asosida Yorug’lik interferensiyasi, Yorug’lik difraksiyasi, Yorug’likning qutblanishi bilan bog’langan barcha hodisalar to’g’ri tushuntiriladi.
Yorug’likning to’lqin nazariyasi bilan bir qatorda Yorug’likning kvant nazariyasi ham rivojlandi. Bu sohada I.Nyutonning g’oyalari va ishlari katta ahamiyatga ega. I.Nyuton o’zi kuzatgan Yorug’lik dispersiyasi va boshqa hodisalarni tushuntirishda Yorug’lik juda kichik zarralar — korpuskulalar oqimidan iborat degan g’oya asosida tushuntirgan edi. Bu nazariya keyinchalik yanada rivojlantirildi va u asosda XX asrda Yorug’likning foton yoki kvant nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaga ko’ra Yorug’lik elementar zarralar — fotonlar oqimidan iborat deb qaraldi, absolyut qopa jism qonunlari fotoeffekt, Kompton effekti shu nazariya asosida tushuntirildi. Yorug’likning foton nazariyasi kvant mexanikasi asosida vujudga keldi. Shu sababli yorug’likni foton nazariyasi yana yorug’likning kvant nazariyasi deb ham ataladi.
Interferensiya - yorug‘likni to‘lqin tabiatini namoyon bo‘lishining bir isbotidir. Interferensiya so‘zi lotin tilida interfere – “xalaqit bermoq” degan ma’noni anglatadi. Bu juda qiziq va chiroyli manzara ma’lum shartlar bajarilganda, ikkita yoki bir nechta to‘lqinlarning qo‘shilishi natijasida kuzatiladi. Ikki yorug‘lik to‘lqini qo‘shilib, bir-birini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Natijada ekranda markazi bir nuqtada yotuvchi yorug‘ va qorong‘i halqalar navbat bilan joylashadi. Bular interferension maksimum va minimum deb yuritiladi. Interferensiya hodisasini biz kundalik hayotimizda juda ko‘p kuzatganmiz. Masalan, suv betiga to‘kilgan neft maxsulotlarining har xil rangda tovlanishi, kapalaklar qanotining tovlanishi, «Havoga uchirilgan sovun pufagi atrofdagi narsalarga xos bo‘lgan barcha ranglar bilan tovlanadi. Sovun pufagini tabiatning eng ajoyib, eng nozik mo‘jizasi desa bo‘ladi» deb ta’riflagan edi Mark Tven. Sovun pufagining kishiga shunchalik zavq baxsh etishiga xuddi ana shu yorug‘lik interferensiyasi sababdir. Ingliz olimi Tomas Yung yupqa pardalarning har xil rangda tovlanish sababini biri pardaning tashqi yuzasidan, ikkinchisi esa ichki yuzasidan qaytuvchi 1 va 2 to‘lqinlarning qo‘shilishidan deb tushuntirish mumkin, degan genial fikrni maydonga tashladi.
Yorug'likning tabiati haqida birinchi ilmiy gipoteza XVII asrda aytilgan. 1672 yilda I. Nyuton yorug'likning korpuskulyar (lotincha korpuskula–zarracha demakdir) nazariyasiga asos soldi. Bu nazariyaga ko'ra yorug'lik manbadan har tarafga tarqaluvchi zarrachalar oqimidan iborat. Shu davrda X. Oxugens tomonidan yorug'likning to’lqin nazariyasi ishlab chiqildi. X. Gyugensning tasavvurlariga ko'ra, yorug'lik alohida muhitda tarqaluvchi va barcha jismlar ichiga singuvchi to'lqindan iboratdir. • Ikkala nazariya ham alohida-alohida uzoq vaqt mavjud bo'lib keldi va yorug'lik tarqalishining o'sha vaqtda tajribalardan ma'lum bo'lgan qonunlarini ikkala nazariya ham ma'lum darajada izohlab berar edi. • XIX asrning boshida yorug'likning difraksiyasi(yorug'likning to'siqlarni aylanib o'tishi) va yorug'lik interferensiyasi (yorug'lik dastalari bir birini ustiga tushganda yoritilganlikning kuchayuvi yoki zayiflashuvi) hodisalarining kashf etilishi va bu hodisalar faqat to'qin harakatlari natijasida yuzaga kelishi mumkinligi sababli, yorug'likning to’lqin nazariyasi, yorug'lik to'g'risidagi korpuskulyar nazariya ustidan uzul-kesil g'alaba qildi. Bunday ishonch XIX asrning ikkinchi yarmida Maksvellning yorug'lik elektomagnit to'lqinlarning xususiy holi ekanligi to'g'risidagi gipotezadan keyin yuzaga keldi. Yorug'lik nuri to'lqin uzunligi 400 nm dan 780 nm gacha bo'lgan elektomagnit tebranishlarning fazodagi tarqalishidir.


Download 92.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling