Mehmonxona va mehmonxona xizmatlari rivojlanish tarixi


Download 1.97 Mb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1516031
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mehmonxona va mehmonxona xizmati rivojlanishi tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi “Mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 433-son qarori bilan Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan mablag‘ ajratish tartibi haqidagi Nizom tasdiqlandi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi “Mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 433-son qarori bilan Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan mablag‘ ajratish tartibi haqidagi Nizom tasdiqlandi.
  • 1) Nizomga ko‘ra investorlar va tashkilotlar uchun mehmonxona qurish va uni jihozlashga sarflagan xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Davlat byudjeti hisobidan quyidagi hajmlarda mablag‘ ajratilishi belgilangan:
  • 3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarda har bir xona uchun 40 million so‘m;
  • 4 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarda har bir xona uchun 65 million so‘m.
  • Subsidiya 2019 yil 5 yanvaridan 2022 yilning 1 yanvariga qadar foydalanishga topshirilgan mehmonxonalar uchun ajaratiladi.
  • Subsidiya olish uchun investor Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga ariza va quyidagi hujjatlar bilan murojaat qiladi:
  • ariza beruvchining - yuridik shaxs bo‘lgan investorning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), STIR va tijorat bankidagi hisobraqami rekvizitlari;
  • ko‘chmas mulk ob'yektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma;
  • Qo‘mita huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan taqdim etilgan 3 yoki 4 yulduzli mehmonxona toifasi ko‘rsatilgan muvofiqlik sertifikatining nusxasi.

Bunda investor tomonidan muvofiqlik sertifikatini olinishida ushbu jarayonga xizmatlar sohasidagi xorijiy “Katta to‘rtlik” kompaniyalarini jalb etish sertifikatlashtirishning majburiy sharti hisoblanadi.
2) Nizom bilan shuningdek Davlat byudjeti hisobidan tashkilotlarning royalti uchun sarflagan mablag‘i quyidagi hajmlarda qisman moliyalashtirish ham nazarda tutilgan:
3 yulduzli toifaga ega bo‘lgan dastlabki 50 ta mehmonxona - har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 200 AQSH dollari;
4 yulduzli toifaga ega bo‘lgan dastlabki 30 ta mehmonxona - har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 400 AQSH dollari.
Moliyalashtirish dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan (“Brand Finance” reytngidagi TOP-50 ga kiruvchi mehmonxona brendlari yoki Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxat asosida) foydalanish bo‘yicha royalti franchayzing shartnomasi kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida amalga oshiriladi.
Royalti moliyalashtirilishining umumiy hajmi 10 million AQSH dollariga teng.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling