- I-BOB. TURIZM INDUSTRIYASIDA MEHMONXONA XO„JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI
- 1.1. Mehmonxonalarning turizm sohasida tutgan o„rni
- 1.2. Mehmonxonalarning turlari va ularning muhim turlari
- 1.3. Mehmonxona xo„jaligi va uning rivojlanishiga ta‟sir qiluvchi omillar
- II-BOB. O„ZBEKISTONDA MEHMONXONA XO„JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING BOSQICHLARI VA YO„NALISHLARI
- 2.1. Mehmonxonalarning rivojlanish tarixi va bosqichlari
- 2.2. Mehmonxona xo’jaligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni shakllantirishning asosiy yo’nalishlari va bosqichlarining mavjud imkoniyatlari
- Mehmonxonalarning turizm sohasida tutgan o’rni
- Mehmonxona deb, xizmat ko„rsatish va vaqtincha yashash uchun mo„ljallangan korxona tushuniladi. Uning tarkibiga kompleks binolar, yaxlit bino yoki binoning bir qismi, jihozlar va boshqa mulklar kiradi. Mehmonxonalar quyidagi sifat belgilari bilan tavsiflanadilar. Turizm sohasida mehmonxona industriyasi iqtisodiy faoliyatning bir turi bo„lib, muayyan haq evaziga mehmonxona, motel, kemping, pansionat va boshqa joylashtirish vositalarida qisqa muddatli joylashtirish amalga oshiriladi. Chunki, mehmondo„stlik insoniyatning fundamental tushunchalari qatoriga kiradi. Hozirgi vaqtda ko„pgina turizm rivojlangan davlatlarda turistik komplekslar mavjud. Turistik komplekslar deb, turistlarga xizmat ko„rsatishga mo„ljallangan, tarkibida kechki qo„noqi, ovqatlanish va turli xizmati bor, bir-biriga bog„langan kompleks qurilmalar tushuniladi. Uning xo„jalik-tashkiliy tuzilmasi o’z hududi bilan birlashgan turistik korxonalar guruhini tashkil etadi. Uning tarkibiga mehmonxonalar, restoranlar, turbazalar, kempinglar va boshqalar bo’lishi mumkin.
- Mehmonxonalarning turlari va ularning muhim turlari
- Mehmonxonaning turlari juda ko„p bo„lib, o’tgan o’n yilliklar davomida sezilarli o„zgarishlar ro„y berdi. So’nggi yillarda ko„proq noan‟anaviy va norasmiy mehmonxona turlariga talab ko„paydi. Hamda mehmonxona sohasida ko„p o„zgarishlar bo„lib o’tdi. Xususan, joylashtirishning yangi turlari, asosan, shaharlardan tashqari joylar, kempinglar, uy-vagonlari va sayyohlik uylari juda mashhur bo’lib ketmoqda. Odatda, ko„p sonli sayyohlar oddiy joylarga tashrif buyuradilar, chunki birinchi klass mehmonxonalar o„zlarining ajoyib hizmat ko„rsatishlari mavjuddir. Bugungi kunda Shveysariya, Gollandiya, Avstriya va Niderlandiyaning milliy oshxonasi, qulaylik va tozalik uchun obro„ga sazovor. Agar o„z uyidan uzoqda bo„lgan turist biron turistik makonda o„zini o„z uyidagidek his qilsa, unda u joyga yana qaytib keladi. Aksincha, agarda u erda etarlicha xizmat ko„rsatilmasa yoki turist u erdagi sharoitdan qoniqmasa, u erga qaytib bormaydi. Shu tufayli, mehmonxonalar turistlarga maksimal qulayliklar bilan ta‟minlash va xizmat ko„rsatishga harakat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |