1– vaziyat. Tovar yoki xizmatning yuqori nafliligi va narxning past darajadagi tiniqligi.2– vaziyat. Tovar nafliligining yuqori darajasi va narxning yuqori darajasi tiniqligi. Bu holda xaridor tovardan yuqori naf olish bilan uning narxiga ishonch hosil qilib undan qoniqadi.3– vaziyat. Xaridor tovardan, uning nafliligidan qoniqmaydi. Bu holda tovarga nima uchun pul to‘layotganidan ham qoniqmaydi. Bunday holat raqobatchi firmalar uchun juda qulay bo‘lib, u o‘z mahsulotlari bilan xaridorlarni o‘ziga jalb qilib oladi.4–vaziyat. Tovar nafliligi kam va aniq bozordagi narxga nisbatan past daraja. Bu vaqtda korxona mahsuloti narxini raqobatdagi korxonaga nisbatan past narx belgilaydi, bunda undan ko‘radigan samara yuqori bo‘lmaydi.
Bu holda 4 vaziyatga e’tibor qaratish kerak.
Narx strategiyalariYuqori narxlar strategiyasi. Bu strategiya tovar narxini sotib oluvchilar idrok qiladigan qiymatiga nisbatan yuqoriroq narx qo‘yishni ko‘zda tutadi.Yuqori narxlar strategiyasiga “qaymog‘ini olish” strategiyasi ham kiradi. U yangi tovarni bozorga kiritish bosqichida o‘rnatiladi. Bu strategiyaning maqsadi, bu tovar katta boylik va daromadga ega bo‘lgan xaridorlarning kattaroq qismidan ko‘proq “ishlab qolish”. “Qaymog‘ini olish” strategiyasi korxona ushbu tovarni, unga birinchilardan bo‘lib ega bo‘lish uchun katta narxda sotib olishga tayyor xaridorlar doirasi mavjudligiga ishongandagina qo‘llanishi mumkin.Past narxlar strategiyasi.Past narxlar strategiyasi tovarni sotib oluvchilar uning qiymatini idrok etadigan darajadan pastroq, ya’ni tovarni o‘z narxidan ko‘ra pastroq baholashni belgilashni ko‘zda tutadi.Past narxlar strategiyasi, shuningdek, yangi tovarni bozorga olib chiqishda uni bozorga tez singib ketishi «yorib o‘tish», iloji boricha ko‘proq miqdordagi xaridorlarni qamrab olishi potensial raqobatchilarning bozorga kirishini cheklash yoki sekinlashtirish maqsadlarida narx belgilashda qo‘llaniladi. «Yorib o‘tish» strategiyasi bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlab olgandan keyin narxni asta-sekin oshirib borishni ko‘zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |