Mandarin Oriental, Shanxay
"Mandarin Oriental” mehmonxonasining Prezidentlik Lyuksi Shanxayning ishbilarmon hududidagi osmono’par binoning 25-qavatida joylashgan. Bu shaxsiy sharob zahirasiga va shaharning ajoyib manzarasiga ega bo’lgan ikki kishilik xona. Uning narxi bir kechaga 26,450 AQSh dollariga teng.
Xonaning narxiga shaxsiy bosh qarol xizmati, shuningdek, moslashuvchan kirib kelish va chiqib ketish vaqti jadvali bilan 24 soatlik foydalanish kiradi.
Hotel Plaza Athenee mehmonxonasi, Parij
Hotel Plaza mehmonxonasida 450 kvadrat metrga ega, narxi esa 27000 AQSH dollari bo’lgan Shoxona Lyuks Parijdagi eng yirik mehmonxona xonasi. Yaqinda mehmonxona egalari mehmonxonaning yonida joylashgan uchta binoni sotib olib, nozikta’b mehmonlarni bezovta qilmaslik uchun uni qurilish ishlarini olib borish vaqti davriga vaqtincha yopib qo’yishdi.
St.Regis Villa, Mavrikiy
St. Regis mehmonxonasidagi villa – butun oroldagi eng katta villa. Villada jakuzi, bar, loundge hudud va shaxsiy oshpaz bor.Mehmonxona veb- sahifasida ular “mehmonlarning ehtiyojlarini bilintirmagan holda qondirish”ga asaslangan deyiladi. “Mehmonlarning ehtiyojlarini bilintirmagan holda qondirish” va boshqa barcha hizmatlarning bir kecha-kunduz uchun narxi 30000 AQSh dollariga teng.
St Regis Saadiyat Island Resort, Birlashgan Arab Amirliklari
Narxlar oshib bormoqda: Birlashgan Arab Amirligidagi Saadiyat orolidagi St.Regis mehmonxonasidagi ikki qavatli Shoxona lyuks narxi 35 000 AQSh dollarini tashkil etadi. Xonalarda boshqa narsalar bilan bir qatorda kinoteatrlar ham mavjud. Asosiy yotoqxona qavatlardan birini to’liq egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |