Mehnat an’analarida mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasida xalq og‘zaki ijodidan foydalanish Reja
Download 1.69 Mb.
|
2 seminar Mehnat an’analarida mehnat tarbiyasi Mehnat tarbiyasida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Xalq og’zaki ijodida mehnat tarbiyasining targ’ib etilish.
- “Baxshi”
- “ALPOMISH” DOSTONI
6-7-ball-qoniqarli; 9-8-ball-yaxshi; 10-11-ball-a’lo Mehnat tarbiyasida xalq og’zaki ijodining o’rni. Xalq og’zaki ijodida mehnat tarbiyasining targ’ib etilish. Xalq maqollarida mehnat tarbiyasi. Xalq rivoyatlari asosida o ‘quvchilami mehnatga o ‘rgatish. 1.Xalq og’zaki ijodida mehnat tarbiyasining targ’ib etilish. O’zbek xalq ijodi qamrovi nihoyatda keng, bag’oyat serqirra va serjilo tushunchadir. U xalqning paydo bo’lishi bilan paydo bo’ladi va rivojlanadi. Unda xalqning orzu-umidlari, qarashlari, hayoti keng bayon etiladi. O’zbek xalq og’zaki ijodi namunalaridan maqol, topishmoq, tez aytish, qo’shiq, ertak, dostonlarda bola tarbiyasining ma’lum bir xususiyatini o’zida aks etadi. Doston–qissa, hikoya, ta’rif, sarguzasht ma’nolarini anglatadi. U keng tarqalgan etnopedagogik janr bo’lib, xalqning ma’naviy-maishiy qiyofasi, kurashi, axloqiy-estetik qarashlari, adolat, ozodlik, tinchlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, do’stlik kabi tarbiyaviy sifatlarni targ’ib etadi. Dostonlarda komil shaxs tarbiyaviy sifatlari umumlashgan holda beriladi. Oliy insoniy sifatlar bo’rttiriladi. Shuning uchun tinglovchida doston qahramonlaridan o’rnak olish hissi tug’iladi. Dostonlarni baxshilar kuylashadi. “Baxshi” mo’g’ulcha va buryatcha “baxsha”, “bag’sha” so’zlaridan olingan bo’lib, “ustod”, “ma’rifatchi” degan ma’nolarni anglatadi. [https://fayllar.org/oquvchilarni-manaviy-axloqiy-tarbiyalashda-xalq-ogzaki-ijodi-t.html] Yoshlarni mardlik, halollik, jasurlik ruhida tarbiyalashda, ma’nan pok va barkamol qilib voyaga yetkazishda xalq og’zaki ijodining noyob durdonasi bo’lmish “ALPOMISH” DOSTONI bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga. O’z yurtini, oilasi, qo’rg’onini qo’riqlashga, do’sti, or- nomusini, ota- bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzlardan saqlashga, ma’naviy- axloqiy pok bo’lishga o’rgatadi. “Alpomish”dostoni ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning yorqin namunasi bo’lib, tarixiy ildizlarimizning qanchalik chuqur ekani, xalqimiz qanday muhitda shakllanib, rivojlangani, qiyinchiliklarni qanday yengib chiqqanini yorqin tasvirlab beradi. Biz “Alpomish” timsolida ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning qay darajada ekanligini, ma’naviy barkamol axloqan pok, vijdonli o’g’lonlarimizning qiyofasini ko’ramiz. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling