Mehnat faoliyati motivlari Mundajera


Jahon psixologiya fanining nazariy mushohadalariga va o’zimizning shaxsiy ma’lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagi turkumlarga ajratishni lozim topdik


Download 46.59 Kb.
bet6/6
Sana15.03.2023
Hajmi46.59 Kb.
#1269442
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
referat 99660000

Jahon psixologiya fanining nazariy mushohadalariga va o’zimizning shaxsiy ma’lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagi turkumlarga ajratishni lozim topdik.
I. Shaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg’unlashgan, ularning mohiyati mezoni orqali o’lchanuvchi motivlar:
1) dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo’lgan g’oya va motivlar;
2) ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi, shaxsiy pozitsiyani ifodalovchi siyosiy motivlar;
3) jamiyatning ahloqiy me’yorlari, prinsiplari, turmush tarzi, etnopsixologik xususiyatlariga asoslanuvchi ahloqiy motivlar;
4) borliq go’zalligiga nisbatan ehtiyojlarda in’ikos etuvchi nafosat (estetik) motivlari.
Vujudga kelishi, shartlanganlik manbai bo’yicha umumiylikka ega bo’lgan, boshqaruv boshqariluv xususiyatli motivlar:
1) keng qamrovli ijtimoiy motivlar (vatanparvarlik, fidoiylik, altruistik);
2) guruhiy, jamoaviy, hududiy, umumbashariy motivlar;
3) faoliyat tuzilishi, mohiyati va tuzimiga yo’naltirilgan protsessual motivlar;
4) faoliyat mahsulini baholashga, maqsadga erishuvga mo’ljallangan rag’batlanuv, mukofot motivlari.

III. Faoliyat turlari mohiyatini o’zida aks ettiruvchi motivlar:


1) ijtimoiy – siyosiy voqeliklarni mujassamlashtiruvchi motivlar;
2) kasbiy tayyorgarlik va mahoratni o’zida namoyon etuvchi motivlar;
3) o’qishga, bilishga (kognitiv), ijodga (kreativ) oid motivlar.

IV. Paydo bo’lish xususiyati, muddati, muhlati, barqarorligi bilan umumiylikka ega bo’lgan motivlar:


1) doimiy, uzluksiz, longityud xususiyatli motivlar;
2) qisqa muddatli, bir lahzali, bir zumlik va soniyalik motivlar;
3) uzoq muddatli, vaqt taqchilligidan ozod, xotirjam xatti-harakatlarni talab etuvchi motivlar.

V. Vujudga kelishi, kechishi sur’ati bioquvvat bilan o’lchanuvchi motivlar:


1) kuchli, qudratli, ta’sir doirasidagi shijoatli motivlar;
2) paydo bo’lishi, kechishi o’rta sur’atli motivlar;
3) yuzaga kelishi, kechishi o’rta sur’atli motivlar.

VI. Faoliyatda, muomalada va xatti-harakatda vujudga kelishi xususiyati, xislati hamda sifatini aks ettiruvchi motivlar:


1) aniq, yaqqol, voqe bo’luvchi real motivlar;
2) zarurat, yuksak talab va ehtiyojlarda ifodalanuvchi dolzarb motivlar;
3) imkoniyat (potensiya), zahira (rezerv), yashirin (latent) xususiyatlarini o’zida mujassamlashtiruvchi motivlar.

VII.Aks ettirish darajasi, sifati nuqtai nazardan iyerarxiya vujudga keltiruvchi motivlar


1) biologik motivlar;
2) psixologik motivlar;
3) yuksak psixologik motivlar.
Xulosa.
Motivlarning mustahkamlanishi mehnat faoliyatida ishlovchilarning kópgina omillarini qondirilishiga boģliq bóladi. Unga kóra insonlar qanchalik òz ishidan qoniqsa, shunchalik ular òz ishlarini bajarishga kuchliroq xarakat qiladilar. Ularni faoliyat jarayonida raģbatlantirib borilsa, shunchalik qattiqroq ishlaydilar. Bunday yondashuvda amalga oshiriladigan raģbatlantirish ishchilar faoliyatining maxsuldorligiga boģlik. Bunda ular faoliyat kórsatadigan firma, kompaniya va tashkilotlardan kuch oladilar. Bu turli qóshimcha imtiyozlar nafakat ta’lim olish uchun intilish, dam olish, korxona tomonidan tashkillashtiriladi.
Kasb mansabga intilish asosida, xaqiqiy tashqi taassurotlar zamirida, ota-ona, dóstlarining maslaxatlari orqali yoki omadga boģlik holda tanlashi mumkin. Lekin kasbdagi romantika odatda tezda yóqoladi va uning órnida inson hali na hissiy, na jismoniy va na psixik jixatdan tayyor bòlmagan “ogir ish kunlari” qoladi. Tanlagan kasbi òzi uchun qiyin bólib, kòp xollarda turli tósiqlarni yuzaga keltiradi va ayrim xollarda óz kasbini ózgartirishiga tuģri keladi.
Kasb tanlashga yo‘llashning asosiy maqsadi - yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda ta’lim yunalishini tanlashiga yoki shaxsning psixofiziologik xususiyatlari, qiziqishi, qobiliyati, moyilliklari va jamiyatning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda mehnat qilish sohasini tanlashga tayyorlashdan iborat.
Kasb tanlashga yo‘llash quyidagi ikki asosiy vazifani xal qilishga qaratilgan:
- mehnat imkoniyatlarini oqilona taqsimlash va foydalanish xisobiga mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustaxkamlash;
- Shaxsni ijtimoiy va iqtisodiy himoyalash, chunki o‘z qiziqishlari, moyillik va imkoniyatlariga mos kelgan kasbni tanlagan inson ham kasbiy, ham moddiy jihatdan tezroq uni o‘zlashtiradi va sezilarli natijalarga erishadi.
Kasb tanlashga yo‘llash ishining pirovard natijasi ijtimoiy - iqtisodiy omil bo‘lib, Shaxsga ham, davlatga ham real foyda keltiradi.
Kasb tanlashga yo‘llashda quyidagi tamoyillar asos qilib olingan:
- kasb tanlashga yo‘llash xizmatlarining majmuaviy xarakterdaligi;
- iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorini o‘rganish va prognoz kilish orkali jamiyat va Shaxs qiziqishlarini muvofiqlashtirish;
- Shaxsni kasb tanlashga yo‘llash va psixologik-pedagogik tashxis qilish shakli, uslublari va vositalarining ilmiy asoslanganligi;
- O‘zbekiston fuqarolarining va (lozim bo‘lganda) boshqa davlat fuqarolarining o‘qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va diniy dunyoqarashidan qat’iy nazar kasb tanlashga yo‘llash xizmatlaridan foydalanishga teng xuquqligi;
- kasb tanlash yoki almashtirish, ta’lim turi va ishga joylashish imkoniyatlariga nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning tushunarliligi;
- kasbiy tashxis va maslahat berishning ixtiyoriyligi;
- kasbiy tanlov, tashxis va maslahat xulosalarining ob’ektivligi, maxfiyligi va tavsiyaviy xarakterda ekanligi;
- kasb tanlashga yo‘llash xizmatlari xodimlarining kasbiy axloq normalariga rioya etishligi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Aripova N.A., Xolmamatova L.A., Qurbonova N.B. Kasbiy psixologiya.
    Darslik. – Toshkent: “Yoshlar matbuoti”, 2018.

  2. Abduraxmonov F.R., Abduraxmonova Z.E. Kasb psixologiyasi (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent, TTESI 2017 y.

  3. Jalilova S.X., Xaydarov F.I., Xalimova N.I. Kasb psixologiyasi (o‘quv qo‘llanma). - Nizomiy nomidagi TDPU – 2010.

Download 46.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling