Mehnat huquqiy manbalari tushunchasi,tasnifi


MEHNAT HUQUQINING METODLARI VA VAZIFALARI


Download 17.14 Kb.
bet3/7
Sana02.06.2024
Hajmi17.14 Kb.
#1837888
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mehnat huquqiy manbalari tushunchasi,tasnifi

2. MEHNAT HUQUQINING METODLARI VA VAZIFALARI

Metod tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini o‘rganish, bilish, tadqiq etish usulidir. Yuridik fanning metodi – davlat va huquqiy voqeliklarni anglash, yuridik bilimlar hosil qiluvchi va ularni jamlovchi usullardan iborat yuridik metoddir.

Huquqiy tartibga solish usuli (metodi) – jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarga huquq vositasida qo‘llaniladigan usul, vosita va yo‘llar majmui hisoblanadi.

Mehnat huquqining metodi deganda, mehnat huquqi munosabatlari qatnashchilarining ongiga, xulq-atvoriga davlat tomonidan huquq normalari orqali ta’sir ko‘rsatish usullari va ushbu huquq normalarining qay darajada maqsadga erishishi tushuniladi. Masalan:

Mehnat huquqining metodi deganda, mehnat huquqi munosabatlari qatnashchilarining ongiga, xulq-atvoriga davlat tomonidan huquq normalari orqali ta’sir ko‘rsatish usullari va ushbu huquq normalarining qay darajada maqsadga erishishi tushuniladi. Masalan:


Mehnat munosabati ishtirokchilarining huquqiy tengligini ta’minlash bilan birga xodimlarni korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatiga bo‘ysundirish;
Qonunlar orqali yo‘l qo‘yilgan hollarda, mehnat munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solish;
Mehnat sharoitini yaxshilashda, mehnatni muhofaza qilishda, xodimlarning manfaatlarini himoya qilishda mehnat jamoasi va kasaba uyushmalarining qatnashishiga imkon yaratish.

Ushbu metodlarni qo‘llashda mehnat huquqiy munosabat qatnashchilarining ongiga ta’sir ko‘rsatib, huquqiy harakatlarni sodir etishga majburlaydi yoki ularni cheklaydi. Misol uchun, xodimlar ish vaqtidan tashqari yoki tunda ishlatilganda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157, 158-moddalariga ko‘ra ish beruvchidan oshirilgan miqdorda haq to‘lashni talab qilishga haqlidirlar. Yoki ikkinchi misol, agarda korxonalar mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermasa, O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunining 9-moddasiga binoan ushbu korxonalarning ishlashiga ruxsat etilmaydi.


Download 17.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling