Mehnat huquqiy manbalari tushunchasi,tasnifi

Download 17.14 Kb.
bet1/7
Sana02.06.2024
Hajmi17.14 Kb.
#1837888
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mehnat huquqiy manbalari tushunchasi,tasnifi

Mehnat huquqiy manbalari tushunchasi,tasnifi

BAJARDI: NEMATULLAYEV BAHRIDDIN

QABUL QILDI: JUMABOYEV DONIYOR

REJA

1. «MEHNAT HUQUQI» TUSHUNCHASI VA PREDMETI

2. MEHNAT HUQUQINING METODLARI VA VAZIFALARI

3. MEHNAT HUQUQINING TIZIMI VA MEHNAT QONUNLARINING ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA QO‘LLANILISHI

1. «MEHNAT HUQUQI» TUSHUNCHASI VA PREDMETI

Mehnat huquqi huquqshunoslik fanlari orasida yetakchi o‘rin tutadi. U mehnat bozori faoliyati natijasida yuzaga keladigan yollanma mehnatni qo‘llash va undan foydalanishni tashkil etish oqibatida paydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Demak, mehnat huquqi deb, mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlarini tartibga solib turuvchi huquq sohasiga aytiladi. Keng ma’noda mehnat huquqi deb, mehnat bozori faoliyati natijasida yuzaga keluvchi, yollanma mehnatni qo‘llash va undan foydalanishni tashkil etish oqibatida paydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq sohasi ekanligini qayd etish mumkin.

Huquq sohasining predmeti deb, huquq sohasining normalari ta’sir o‘tkazadigan ijtimoiy munosabatlarga aytiladi.Huquqiy tartibga solish predmeti – huquqiy ta’sir doirasidagi barcha ijtimoiy munosabatlardir, boshqacha aytganda, huquqiy maydon ko‘lamidagi munosabatlar.

Shunday qilib, mehnat huquqining predmeti deb, ijtimoiy mehnat munosabatlarida mehnat kuchlari bilan ishlab chiqarishning bevosita bog‘lanish jarayoni va shu jarayonga ko‘maklashuvchi mehnat-huquqiy munosabatlar yig‘indisiga aytiladi.

Mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida yuzaga keladigan munosabatlar;
Jamoa xo‘jaligida yoki boshqa bir kooperativda a’zolikka asoslangan mehnat munosabatlari.
Mehnat munosabatlarining quyidagi ikki turi mavjud:

Download 17.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling