Xodimlar va ish beruvchilarning manfaatlarini bitta vakillik organi ifoda etishi va himoya qilishi mumkin emas. Vakillik organlarining faoliyati ularni saylagan mehnat jamoasining qaroriga binoan, shuningdek ular qonun hujjatlariga zid xatti-harakatlar sodir etgan taqdirda esa, sud tomonidan ham tugatilishi mumkin. Xodimlar va ish beruvchilarning manfaatlarini bitta vakillik organi ifoda etishi va himoya qilishi mumkin emas. Vakillik organlarining faoliyati ularni saylagan mehnat jamoasining qaroriga binoan, shuningdek ular qonun hujjatlariga zid xatti-harakatlar sodir etgan taqdirda esa, sud tomonidan ham tugatilishi mumkin. Xodimlarning vakillik organlari quyidagilarga haqlidir: – muzokaralar olib borish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish, ularning bajarilishini tekshirib turish, ish beruvchiga korxonada mehnat to‘g‘risida normativ hujjatlar tayyorlash yuzasidan takliflar kiritish; – korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalarni ko‘rib chiqishda qatnashish; – mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlarda xodimlarning manfaatlarini himoya qilish; – ish beruvchi hamda u vakil qilgan shaxslarning qarorlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarga zid bo‘lsa yoxud xodimlarning huquqlarini qonunga zid tarzda buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish. 3. MEHNAT HUQUQINING TIZIMI VA MEHNAT QONUNLARINING ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA QO‘LLANILISHI Mehnat huquqi – bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida mehnat bozorining faoliyatini, mulkchilik shaklidan, xo‘jalik yuritish usulidan qat’i nazar, barcha korxona, tashkilot, muassasalarda yuzaga keluvchi ijtimoiy mehnat munosabatlarini, yollanma mehnatni tashkil etishga oid munosabatlarni davlat, jamiyat, ayrim shaxslar manfaatlarini uyg‘unlashtirgan holda huquqiy tartibga solishga qaratilgan huquqiy me’yorlar yig‘indisi va tizimidan iborat. Mehnat huquqi tizimi – mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlarning tabiati va bu normalarning ahamiyatiga qarab muayyan izchillikda birlashtirilishidir. Demak, mehnat huquqining tizimi deganda, mehnat huquqi normalarining ilmiy asoslangan tarzda joylashish tartibi va tasnifi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |