Mehnat huquqiy manbalari tushunchasi,tasnifi


Download 17.14 Kb.
bet4/7
Sana02.06.2024
Hajmi17.14 Kb.
#1837888
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mehnat huquqiy manbalari tushunchasi,tasnifi

Ushbu metodlarni qo‘llashda mehnat huquqiy munosabat qatnashchilarining ongiga ta’sir ko‘rsatib, huquqiy harakatlarni sodir etishga majburlaydi yoki ularni cheklaydi. Misol uchun, xodimlar ish vaqtidan tashqari yoki tunda ishlatilganda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157, 158-moddalariga ko‘ra ish beruvchidan oshirilgan miqdorda haq to‘lashni talab qilishga haqlidirlar. Yoki ikkinchi misol, agarda korxonalar mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermasa, O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunining 9-moddasiga binoan ushbu korxonalarning ishlashiga ruxsat etilmaydi.

Mehnat huquqining metodi quyidagi o‘ziga xos belgilarga ega.


mehnat huquqi predmeti bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni markazlashgan va lokal normalar bilan tartibga solishning uyg‘unligi;
mehnat huquqi predmeti bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda shartnomaviy, tavsiyaviy va imperativ usullardan keng foydalanilishi;
mehnat munosabatlarini tartibga solishda mehnat jamoasi, kasaba uyushmalari va xodimlar boshqa vakillik organlarining faol ishtirok etishi;
mehnat munosabatlarini tartibga solishda xalqaro huquqiy normalar, shuningdek davlatlararo shartnomalar qoidalarining qo‘llanilishi.

Markazlashgan va lokal yo‘l bilan tartibga solishning uyg‘unligi xodimlarning mehnat shart-sharoitlari belgilab qo‘yilganligini ifodalaydi.Markazlashgan normativ hujjatlar bilan asosan butun xalq xo‘jaligi yoxud tarmoq uchun umumiy bo‘lgan mehnat shartlari tartibga solinadi.

Markazlashgan va lokal yo‘l bilan tartibga solishning uyg‘unligi xodimlarning mehnat shart-sharoitlari belgilab qo‘yilganligini ifodalaydi.Markazlashgan normativ hujjatlar bilan asosan butun xalq xo‘jaligi yoxud tarmoq uchun umumiy bo‘lgan mehnat shartlari tartibga solinadi.

Masalan, ishga joylashtirishga oid munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi 1998-yil 1-may qonuni bilan, mehnat muhofazasiga oid qoidalar esa O‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi 1993-yil 6-may qonuni bilan tartibga solinadi.


Download 17.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling