Mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi ma’muriy va qishloq xo‘jalik huquqlari ham mehnat huquqidan o‘z predmeti va metodiga ko‘ra farq qiladi. Ularning o‘rtasidagi farqlar mehnat huquqining maxsus qismida o‘rganiladi. Mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi ma’muriy va qishloq xo‘jalik huquqlari ham mehnat huquqidan o‘z predmeti va metodiga ko‘ra farq qiladi. Ularning o‘rtasidagi farqlar mehnat huquqining maxsus qismida o‘rganiladi. Mehnat huquqining predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar tizimi mehnatga oid munosabatlardan tashqari, ular bilan muayyan tarzda bog‘langan boshqa munosabatlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu munosabatlar mehnat munosabatlaridan oldinroq yoki ular bilan bir vaqtda yoxud mehnat munosabatlaridan keyin vujudga kelishi mumkin. Shunday munosabatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Tashkiliy boshqaruv munosabatlari;
Ishga joylashtirishga oid munosabatlar;
Kasbga tayyorlash va malaka oshirishga oid munosabatlar;
Mehnat muhofazasi va mehnat qonunlariga rioya etishni nazorat qilishga oid munosabatlar;
Mehnat nizolarini hal etishga oid munosabatlar;
Mehnat munosabatlaridan kelib chiquvchi protsessual munosabatlar.
Tashkiliy boshqaruv munosabatlari asosan ish beruvchi va korxona jamoasi, kasaba uyushmasining o‘rtasida mehnatni tashkil etish hamda boshqarish yuzasidan vujudga keladi. Bunday munosabatlar sirasiga ijtimoiy sherikchilik munosabatlari, ya’ni jamoa shartnomasi va kelishuvlarini tuzish, uni bajarishga oid munosabatlar ham kiradi. Tashkiliy boshqaruv munosabatlari asosan ish beruvchi va korxona jamoasi, kasaba uyushmasining o‘rtasida mehnatni tashkil etish hamda boshqarish yuzasidan vujudga keladi. Bunday munosabatlar sirasiga ijtimoiy sherikchilik munosabatlari, ya’ni jamoa shartnomasi va kelishuvlarini tuzish, uni bajarishga oid munosabatlar ham kiradi. Ishga joylashtirishga oid munosabatlar fuqaroning ishga joylashtirish bo‘limiga ish so‘rab murojaat qilishi bilan paydo bo‘ladi.Kasbga tayyorlash va malaka oshirishga oid munosabatlar fuqaroning ishlab chiqarishdan ajralmagan holda yakka tartibda, brigada tarkibida yoki maxsus kurslarda kasbga o‘rgatish, malakasini oshirish vaqtida yuzaga keladi.Mehnat muhofazasi va mehnat qonunlariga rioya etishni nazorat qilishga oid munosabatlar vakolatli organlarning mehnat qonunlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalari ustidan nazoratni amalga oshirishi jarayonida yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |