Mehnat jamoasining konferensiyasida ma’qullangan


XI. AYoLLAR mehnatini tartibga solish. ayollar VA OILAVIY VAZIFALARNI BAJARISh BILAN MAShG‘UL ShAXSLARGA BERILADIGAN QO‘ShIMChA imtiyozlar va KAFOLATLAR


Download 499.5 Kb.
bet13/31
Sana25.07.2023
Hajmi499.5 Kb.
#1662475
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
ЖАМОА ШАРТНОМА 2023

XI. AYoLLAR mehnatini tartibga solish. ayollar VA OILAVIY VAZIFALARNI BAJARISh BILAN MAShG‘UL ShAXSLARGA BERILADIGAN QO‘ShIMChA imtiyozlar va KAFOLATLAR

  1. Taraflar Xalqaro mehnat tashkilotining quyidagi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konvensiyalariga og‘ishmay rioya etilishini ta’minlaydilar:

Xalqaro mehnat tashkilotining 1930 yildagi Majburiy mehnat to‘g‘risidagi 29-sonli Konvensiyasiga Bayonnoma;
“Zo‘raki yoki majburiy mehnat to‘g‘risida”gi 29-sonli Konvensiya;
“Teng ahamiyatli mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarga teng haq to‘lash to‘g‘risida”gi 100-sonli Konvensiya;
“Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 103-sonli Konvensiya;
“Mehnat va ish turlari sohasida kamsitishlar to‘g‘risida”gi 111-sonli Konvensiya.

  1. Taraflar Mehnat kodeksida ko‘zda tutilgan quyidagi kafolatlarga rioya etilishini hamda imtiyozlar berilishini ta’minlash majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar:

a) homilador ayollar uchun (78, 84, 224, 237, 228, 229, 143, 231, 233-moddalari);
b) ikki yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar uchun ( 143, 227, 234, 236-moddalari);
v) uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar uchun (78, 84, 150, 224, 228, 228I, 234, 237-moddalari);
g) o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollar uchun (150, 232-moddalari);
d) o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onaning biri (vasiy, homiy) uchun (230-modda);
ye) o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollar uchun (68, 144, 228, 229-moddalari);
j) onasiz bolalarni tarbiyalayotgan shaxslar uchun (235, 238-moddalari);

  1. Ish beruvchining majburiyatlari:

a) qisqartirilayotgan ayollarni mehnat bozorida talab bo‘lgan kasblarga o‘qitishni ta’minlash;
b) ayollarga malaka oshirish va qo‘shimcha ma’lumot olish huquqidan foydalanish uchun imkoniyatlar yaratib berish;
v) filial (tizim birligi) rekonstruksiyadan so‘ng ishga tushganda unda ishga joylashtirish uchun qayta o‘qitilgan va ilgari mazkur Muassasada mehnat qilgan ayollarga afzalliklar berish;
d) tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarga yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta’siridan holi bo‘lgan ish o‘rinlari ajratish;
ye) homilador ayollarni tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari uchun, ularning o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etish, agar mazkur ko‘rikni ishdan tashqari vaqtda o‘tkazish imkoniyati bo‘lmasa;
j) uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga 1 soatga qisqartirilgan ish kuni belgilash;
z) 2 yoki undan ortiq 12 yoshgacha farzandi bo‘lgan ayollarga har oyda 1 kundan iborat ish haqi saqlanmaydigan dam olish kuni hamda har ish kunida ish haqi saqlangan holda 1 soat qisqartirilgan ish vaqtini belgilash;
i) normativda ko‘zda tutilganidan tashqari ayollar uchun shaxsiy gigiena xonalarini tashkil etish. Sog‘lomlashtirish majmualari va dam olish xonalarini joriy etish.

  1. Ikki yoshgacha farzandi bo‘lgan ayollarga, bolani ovqatlantirish uchun xar uch soatda 30 daqiqadan tanaffus beriladi, ikki nafardan ko‘p 2 yoshgacha farzandi bo‘lgan ayollarga esa, xar uch soatda 1 soatdan tanaffus belgilanadi. Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar ish soatiga qo‘shilib, o‘rtacha ish haqi to‘lanadi. Xodimaning hoxishiga ko‘ra, bolani ovqatlantirish uchun ajratilgan tanaffuslar vaqti dam olish va ovqatlanish uchun belgilangan tanaffusga qo‘shib berilishi yoki umumlashtirilib, ish kunining(smena) boshiga yoki ohiriga o‘tishi mumkin. (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 236-moddasiga asosan ).


  2. Download 499.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling