Mehnat jamoasining konferensiyasida ma’qullangan


Download 499.5 Kb.
bet1/31
Sana25.07.2023
Hajmi499.5 Kb.
#1662475
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
ЖАМОА ШАРТНОМА 2023

Mehnat jamoasining konferensiyasida ma’qullangan


2023 yil «____»_________
Bayon № _______
TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI SHAHRISABZ FILIALI MA’MURIYATI
hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida
2023–2025 yillar uchun


JAMOA SHARTNOMASI
mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishi qarori asosida jamoa shartnomasiga quyidagi vakillar imzo chekdilar:



Ish beruvchi:
Toshkent kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori

Xodimlarning vakili:
Kasaba uyushmasi
qo‘mitasi raisi

Mutalov Sh.A.


(F.I.O.)

Niyazov S.S.


(F.I.O.)

2023 yil «_____»___________

2023 yil «____»__________

Jamoa shartnomasi quyidagilar ishtirokida imzolandi:



Ish beruvchi vakillari:


1. Ishlar boshqarmasi boshlig‘i – A.Zayniddinov


2. Fuqaro va mehnat muhofazasi bo’limi muhandisi – N.Ochilov


3. Kadrlar bo‘limi boshlig‘i – D.Mingboyeva

Xodimlar vakillari:

  1. Kafedra mudiri – T.Primov




  1. Yuristkonsult – T.Esanov




  1. O’qituvchi – F.Boboqulova




  1. UMUMIY QOIDALAR




  1. Mazkur jamoa shartnomasi (keyingi o‘rinlarda «Shartnoma») Toshkent kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filialida (keyingi o‘rinlarda “Filial”)da ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjat hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida», «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida», «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida», «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida», «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunlari, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Ish beruvchilari konfederatsiyasi o‘rtasida tuzilgan Bosh Kelishuv, Istemol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi o‘rtasida 2019-2021 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, undagi shartlar tizimdagi barcha xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va imtiyozlarining eng past darajasini kafolatlaydi.

  2. Mazkur shartnomaning taraflari deb (keyingi o‘rinlarda “taraflar” deganda ish beruvchi va kasaba uyushmasi tushuniladi) quyidagilar hisoblanadi:

- ish beruvchi timsolida – filial direktori;
- xodimlar timsolida – kasaba uyushma qo‘mitasi.

  1. Shartnoma imzolangan kundan kuchga kiradi va 2023-2025 yillarga amal qiladi. Belgilangan muddat tugagach, jamoa shartnomasi taraflar yangi shartnoma tuzguncha yoki amaldagi shartnomani o‘zgartirguncha, to‘ldirguncha amalda bo‘ladi.

  2. Mazkur Shartnoma Ish beruvchiga va Filialning barcha xodimlariga, shu jumladan, jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga, o‘rindosh xodimlarga hamda kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lgan talabalarga ham tatbiq etiladi.

Mazkur Shartnomada nazarda tutilgan hollarda uning ayrim qoidalari quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:
- xodimning oila a’zolariga;
- yoshga doir pensiyaga chiqishi munosabati bilan mehnat munosabatlari ish beruvchi tomonidan bekor qilingan shaxslarga;
- mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli zarar yetkazilishi oqibatida jabrlangan xodimlarga;
- mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘ligiga boshqacha tarzda shikast yetishi sababli vafot etgan xodim qaramog‘ida bo‘lgan va zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan qonun bilan cheklanmagan shaxslarga;
- kasaba uyushma qo‘mitasining shtatdagi xodimlariga;
- fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo‘yicha ishlarni bajarayotgan shaxslarga;
- kasaba uyushmasi a’zolariga (kasaba uyushmasi byudjeti hisobidan beriladigan qo‘shimcha imtiyozlar qismida).

  1. Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taraflarning o‘zaro kelishuviga asosan amalga oshiriladi.

  2. Ish beruvchi barcha xodimlarni, shu jumladan ishga yangi qabul qilingan xodimlarni, jamoa shartnomasi, shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib qabul qilingan institutning boshqa lokal hujjatlari bilan tanishtirish, jamoa shartnomasining mazmuniga va bajarilishi shartlariga oid ma’lumotlar oshkoraligini (majlislar, konferensiyalar, mas’ul xodimlar hisobotlari, axborot stendlari, tarmoq nashrlari va hokazo orqali) ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

  3. Filialga ishga kirgan yangi xodim kasaba uyushma qo‘mitasi raisi suhbatidan o‘tkaziladi.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 9-moddasiga muvofiq, kasaba uyushma qo‘mitasi muassasada mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini tekshirish hamda nazorat qilishni amalga oshiradi.

  5. Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Muassasada mehnatkashlar vakillarining huquqlarini himoya qilish va ularga beriladigan imkoniyatlar to‘g‘risida”gi 135-Konvensiyasiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1995 yil 18 dekabrda 196-raqam bilan ro‘yxatga olingan “Mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil haqida Nizom”ning 12-bandiga binoan xodimlarning quyidagi toifalari mazkur shartnoma maqsadlarida Mehnatkashlar vakillari deb e’tirof etiladilar:

a) kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari;
b) mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar;
v) mehnat nizolari komissiyasining a’zolari.

  1. Kasaba uyushma qo‘mitasi vakillari filialning boshqaruv organlari tarkibiga kiritiladi.


Download 499.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling