Mehnat jamoasining konferensiyasida ma’qullangan


Download 499.5 Kb.
bet7/31
Sana25.07.2023
Hajmi499.5 Kb.
#1662475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
ЖАМОА ШАРТНОМА 2023

Filialda eng past lavozimdagi xodimlarning Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining 1-razryadi (tarif koeffitsienti – kamida 1,000) bo‘yicha tarifikatsiya qilinishi ta’minlanadi.

  • Xodimga haq to‘lash mazkur Shartnomaning 43-bandida belgilangan muddatlarga nisbatan kechiktirilganda quyidagi choralar ko‘riladi:

  • Xizmat ko‘rsatuvchi bankning aybi bilan sodir bo‘lganda – Ish beruvchi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 iyundagi 264-sonli Qarori asosida tuzilgan bank va mijoz o‘rtasidagi xizmat ko‘rsatish shartnomasiga binoan) bank rahbariyatiga jarima undirish to‘g‘risida talabnoma kiritishni va undirilgan jarimani mehnatga haq to‘lash fondiga yo‘naltirishni o‘z zimmasiga oladi;

  • Muddati o‘tgan debitor qarzdorlik mavjudligi sababli kechiktirilish sodir bo‘lganda - Ish beruvchi debitor qarzlarni jarimalar, penyalar bilan birga undirishni va undirilgan mablag‘ni mehnatga haq to‘lash fondiga yo‘naltirishni o‘z zimmasiga oladi;

  • Kechiktirilish hisob raqamida mablag‘ning yo‘qligi sababli sodir bo‘lganda - Ish beruvchi tijorat bankidan kredit olib mehnat xaqini to‘lashni o‘z zimmasiga oladi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19 martdagi 88-sonli Qaroriga binoan).

  • Mehnat haqi, ta’til uchun haq, ishdan bo‘shash va boshqa holatlar bo‘yicha to‘lanadigan to‘lovlar o‘rnatilgan muddatlarga nisbatan Ish beruvchining aybi bilan (shu jumladan, 54, 55, 56 – bandlar talablariga rioya etilmaganligi sababli) kechiktirilganda Ish beruvchi har bir kechiktirilgan kun uchun xodimga ____ foiz miqdorida (lekin O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 1/300 qismidan kam bo‘lmagan miqdorda) pullik kompensatsiya to‘laydi.

  • Xalqaro mehnat tashkilotining “Teng ahamiyatli mehnat uchun erkak va ayol mehnatkashlarga teng haq to‘lash to‘g‘risida”gi 100-sonli Konvensiyasiga binoan erkaklar va ayollar tomonidan turli sharoitlarda, turli ko‘nikma va malaka bilan, turli ko‘rinishdagi, javobgarligi bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan, lekin bir xil qiymatga ega bo‘lgan ishlar teng miqdorda rag‘batlantiriladi.

  • Ustamalar hajmi har bir xodimning bajarayotgan ish sifatini oshirish uchun qo‘shayotgan hissasiga qarab, professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlarga ustama haq belgilash, qayta ko‘rib chiqish, bekor qilish bo‘yicha tuzilgan komissiya taklifi asosida ish beruvchi tomonidan belgilanadi. Komissiya tarkibi Filial Ilmiy Kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. Mazkur xodimlar haqidagi ma’lumotlar oshkoraligi ta’minlanadi. Mehnat samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xodimlarga belgilangan barcha ustamalar bekor qilinadi yoki kamaytiriladi.

  • Qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb etilgan xodimlarga mehnat haqi xar bir ishlagan kuni uchun o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lmagan hisobda amalga oshiriladi.

  • Ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega professor–o‘qituvchi va xodimlarning lavozim maoshlariga faoliyat samaradorligiga qarab ish beruvchi tomonidan ustamalar belgilanadi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875 sonli “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari”gi Qarori bilan belgilab qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida xodimlar farzandlarining chet tillariga o‘qitish uchun ish beruvchi hisobidan moddiy ko‘mak berish mumkin.




    Download 499.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling