Mehnat jamoasining konferensiyasida ma’qullangan


Ish haqini to‘lash muddatlari


Download 499.5 Kb.
bet6/31
Sana25.07.2023
Hajmi499.5 Kb.
#1662475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
ЖАМОА ШАРТНОМА 2023

Ish haqini to‘lash muddatlari:

- birinchi yarim oy uchun – joriy oyning 18 sanasida;
- ikkinchi yarim oy uchun – keyingi oyning 5 sanasida;
Haq to‘lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to‘lanadi.

  1. Xodimning roziligi bilan ish haqining bir qismi uning plastik kartochkasiga o‘tkazib beriladi.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19 martdagi 88-sonli «Ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishiga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida muassasada ish haqining o‘z vaqtida va to‘liq berilishi ta’minlanadi. Qarzdorlik mavjud bo‘lgan hollarda mutasaddi idoralarga yozma murojaatlar bilan chiqiladi.

  3. Ish beruvchi mehnatga haq to‘lashga va mehnatni me’yorlashtirishga oid lokal hujjatlarni, shuningdek, ularni joriy etish tartibini kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib oladi.

  4. Xodimlarni mukofotlash “Filial professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarni byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan mukofotlash, ustama haq belgilash va moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga asosan amalga oshiriladi (10-ilova) .

  5. Filialda oshirilgan miqdordagi mehnat haqi, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va kompensatsiyalarning quyidagi turlari va miqdorlari o‘rnatiladi:

  • tungi vaqtdagi ish uchun bir yarim baravar haq to‘lanadi;

- ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish va bayram kunlaridagi ish uchun - ikki baravar miqdorda haq to‘lanadi;

  • xodimlarga bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lash miqdori mehnat shartnomasi tomonlarining kelishuvi bo‘yicha belgilanadi, lekin lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning 60% dan kam bo‘lmasligi kerak. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” qoidalari bajariladi);

  • O‘zbekiston Respublikasi ichidagi xizmat safarlari uchun va Ish beruvchining manfaatlarida, shuningdek lokal hujjatlarda nazarda tutilgan xollarda majburiy malaka oshirish kurslarida malaka oshirish davriga to‘laniladigan kompensatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munsosabatlari vazirligi tomonidan 2003 yil 24 iyulda 83 va №7/12-son bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003 yil 29 avgustda 1268-raqam bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab xizmat safarlari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 171-moddasiga asosan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

a) yo‘lkira xarajatlari - normativ asosida;
b) doimiy turar joyidan boshqa joyda yashash, shu jumladan uy-joy ijarasi bilan bog‘liq harajatlar;
v) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini 10 foizi miqdorida sutkalik harajatlar;
g) xodim tomonidan ish beruvchining ruxsati yoki roziligi bilan qilingan boshqa harajatlar;
- O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi xizmat safarlari uchun to‘lanadigan kompensatsiyalar (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2015 yil 19 noyabrda 2730-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015 yil 19 oktyabrdagi 92-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan) “Vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga binoan amalga oshiriladi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 517-son “Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan ustamalar.

  • ish jarayonida zararsizlantirish vositalaridan foydalanganligi uchun xojatxona farroshlarining lavozim maoshlariga 10 foiz miqdorida kompensatsiya.

  1. Filial direktorining ko‘rsatmasiga binoan ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish (malaka oshirish, xizmat safarida bo‘lish, navbatchilik, darslar o‘tkazish va boshqa turli tadbirlarda qatnashish) maqsadida xodim o‘z asosiy ishidan ozod etiladi. Agar yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlar ish vaqtida o‘tkazilsa, bu holda xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi-mazkur tadbirlar ishdan tashqari vaqtda o‘tkazilsa, xodimga sarf qilingan vaqtiga mutanosib qo‘shimcha dam olish vaqti beriladi.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida Qaror qabul qilinsa filialning tarif setkasi ham qayta ko‘rib chiqilishi lozim.


  3. Download 499.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling