Mehnat jamoasining konferensiyasida ma’qullangan


Kasaba uyushmasi qo‘mitasi muassasada


Download 499.5 Kb.
bet4/31
Sana25.07.2023
Hajmi499.5 Kb.
#1662475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
ЖАМОА ШАРТНОМА 2023

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi muassasada bandlikni ta’minlash, ishdan ozod etilayotgan xodimlarni himoya qilish masalalarini, shuningdek xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish huquqiga ega. (O‘zbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonunining 27-moddasi).

  • Ish beruvchi Filialda xodimlarini majburiy mehnatga, jumladan, hududlarni obodonlashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligidagi turli ishlarga jalb qilmaydi.

  • Kasaba uyushmasi qo‘mitasi filial xodimlarini majburiy mehnatga, jumladan, hududlarni obodonlashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligidagi turli ishlarga jalb qilinishining oldini olish yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib boradi.



    IV. ISh VAQTI VA DAM OLISh VAQTI



    1. Filialda ish haftasining quyidagi muddatlari qabul qilinadi:

    a) professor-o‘qituvchilar tarkibidagi xodimlar uchun – 36 soat;
    b) normal mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun – 40 soat;
    v) I va II guruh nogironi bo‘lgan xodimlar uchun – 36 soat;
    g) 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun – 36 soat.

    1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 229-moddasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek, quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lganda xodimning iltimosiga ko‘ra unga to‘liqsiz ish vaqti belgilab qo‘yilishi shart:

    a) oila a’zolaridan birining betobligi;
    b) ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borilishi;
    v) profilaktik davolanish zaruriyati.

    1. To‘liqsiz ish vaqti sharoitida ishlash muddati xodim bilan filial direktori o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilab qo‘yiladi. To‘liqsiz ish vaqti rejimidagi mehnat uchun haq ishlangan vaqtga yoki ish hajmiga mutanosib ravishda, lekin Yagona tarif setkasining 1-razryadi stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.

    2. Ayrim xodimlar uchun jamlab hisoblanadigan ish vaqti rejimi joriy etiladi. Ushbu rejimda band bo‘lgan xodimlarga har oyda to‘lanadigan ish haqi miqdori tenglashtirilishi kafolatlanadi (hisobga olinadigan davr yakunlari bo‘yicha to‘g‘rilab qo‘yish sharti bilan). Bunda hisobga olinadigan davr mobaynida ish soatlarining normal miqdoridan ko‘p ishlaganlik uchun ish vaqtidan tashqari ishlar uchun qonunlar va qonunosti xujjatlarda belgilangan miqdorda haq to‘lanadi yoki xodimning xohishiga ko‘ra dam olish kuni beriladi.

    3. Ishdan tashqari vaqtlarda ishga jalb etish faqat xodimning roziligi bilan amalga oshiriladi.

    4. Tabiiy va texnogen tusdagi avariyalar, baxtsiz xodisa, tabiiy ofat, va boshqa favqulotda xodisalarning oldini olish hamda qisqa muddatda katta xajmdagi ishni bajarish zaruriyati yuzaga kelganda xodimlarni kechki vaqtlarda, dam olish va bayram kunlari ishga jalb etish mumkin.

    5. Dam olish yoki bayram kuni ishlaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga asosan kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to‘lash saqlangan holda otgul berish yo‘li bilan qoplanishi mumkin.

    6. Yillik asosiy ta’til muddati, qonun hujjatlari va mazkur shartnomaga muvofiq asosiy uzaytirilgan ta’tillar belgilangan shaxslardan tashqari, filialning professor-o‘qituvchilari uchun 48 ish kuni, amaliyotchi psixolog uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 23 avgustdagi 600-sonli buyrug‘iga asosan 48 ish kuni, o‘quv-yordamchi va texnik xodimlar uchun – 24 ish kuni, xo‘jalik bo‘limlari xodimlari uchun – 18 ish kuni etib belgilanadi.

    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har yilgi «Rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmonlariga binoan qo‘shimcha dam olish kun(lar)i deb belgilanadi.

    • Qo‘shimcha dam olish kun(lar)i har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini qisqartirish hisobiga qoplanadi, har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta’tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga qo‘shimcha dam olish kun(lar)i ham qo‘shiladi.

    Har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qisqartirishni hisobga olgan holda ham yillik ta’til davomiyligi 15 ish kunidan kam bo‘lmasligi ta’minlanadi.

    1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o‘rtasida 2015-2017 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuviga muvofiq Filial xodimlariga asosiy va qo‘shimcha ta’til beriladi (2-ilova). Yillik ta’tillar davri uchun xodimga o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lash kafolatlanadi.

    2. Taraflar xodimning mehnat shartnomasi bekor bo‘lgan taqdirda foydalanilmagan ta’til uchun tovon puli (kompensatsiya) berish haqidagi iltimosini ish beruvchi tomonidan quyidagi hollarda qondirilishi haqida kelishdilar:

    - ish beruvchining tashabbusi bilan(mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari uchun bekor qilinishidan tashqari);

    • xodimning ilgari bajargan ishiga tiklanishi munosabati bilan (MK ning 106-moddasi, 2-bandi);

    • mehnatning yangi sharoitida ishni davom ettirishdan bosh tortish munosabati bilan(MKning 89-moddasi to‘rtinchi qismi).

    Mehnat shartnomasi qolgan hollarda bekor qilinganda foydalanilmagan ta’til uchun tovon puli (kompensatsiya) berish masalasi mehnat shartnomasida taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.

    1. Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimning ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish haqidagi iltimosini qanoatlantirishni o‘z zimmasiga oladi:

    a) yaqin qarindoshi vafot etganda – 3 kun;
    b) xodim yoki uning farzandining to‘y marosimini o‘tkazishga – 3 kun;
    v) homilador ayollarga yillik mehnat ta’tili berish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqquniga qadar bir oygacha.

    Download 499.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling