Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da ma’qullangan


Download 0.57 Mb.
bet21/56
Sana10.07.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1659414
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56
Bog'liq
JSH-maketi

5.27. Ish beruvchining yo‘llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tishga yuborilgan xodimlarga yashash joyidan tashqarida yashaganlik uchun kompensatsiya (sutkalik) to‘lovi belgilanadi.
5.28. Xodimlarni mukofotlash Maktab-internati xodimlariga mukofot to‘lovlari to‘g‘risidagi Nizom asosida amalga oshiriladi. (16-ilova).
5.29. Xodimlarga bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lash miqdori mehnat shartnomasi tomonlarining kelishuvi bo‘yicha belgilanadi, lekin qo‘shib berilayotgan lavozimdagi maosh (tarif stavkasi)ning ______% dan kam bo‘lmasligi kerak. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” qoidalari bajariladi).
5.30. Xodimlarga mehnat sharoiti og‘ir va zararli bo‘lgan ishlar uchun qo‘shimcha to‘lovlar (ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha) 17-ilovaga muvofiq o‘rnatiladi.
5.31. Tegishli kasblardagi ishchilarga ishlarning ayrim texnologik turlari, ishlab chiqarishlar va iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarif stavkalarini oshirishning tarmoq koeffitsientlari o‘rnatiladi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 6 sentyabrdagi 743-sonli qarori bilan tasdiqlanganidan kam bo‘lmagan miqdorlarda).
5.32. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 sentyabrdagi 743-son qarori bilan tasdiqlangan “Tuman koeffitsientlari, shuningdek, yillik qo‘shimcha ta’tilning eng kam muddati qo‘llaniladigan tabiiy-iqlim sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylar Ro‘yxati”da ko‘rsatilmagan tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan ayrim joylarda ishlovchi xodimlar ish haqiga o‘z mablag‘lari doirasida xarajatlar, soliq solinadigan bazaga kiritilgan holda, ustamalar (faqat nobyudjet maktab-internatilarda) o‘rnatiladi.
5.33. Xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, ular malakasini oshirishga, shuningdek o‘quvchi va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilishga (asosiy ishidan ozod etilib yoki ozod etilmasdan) jalb etilgan yuqori malakali ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash 19-ilovaga binoan amalga oshiriladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling