Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da ma’qullangan


Download 0.57 Mb.
bet22/56
Sana10.07.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1659414
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
Bog'liq
JSH-maketi

5.34. Maktab-internatida amaliyot o‘tuvchi oliy o‘quv yurtlari talabalarining va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 11 fevraldagi 40-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining korxona, maktab-internati, muassasalarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga va 20-ilovaga binoan amalga oshiriladi.
5.35. Ish beruvchi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda tegishli Nizomga binoan yil yakunlari bo‘yicha mukofot to‘laydi (21-ilova).
5.36. Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni bo‘lgan xodimlar lavozim maoshiga har oyda _____ foiz miqdorida ustamalar to‘lanadi.
5.37. Xalqaro mehnat maktab-internatiining “Teng ahamiyatli mehnat uchun erkak va ayol mehnatkashlarga teng haq to‘lash to‘g‘risida”gi 100-sonli Konvensiyasiga binoan erkaklar va ayollar tomonidan turli sharoitlarda, turli ko‘nikma va malaka bilan, turli ko‘rinishdagi, javobgarligi bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan, lekin bir xil qiymatga ega bo‘lgan ishlar teng miqdorda rag‘batlantiriladi (25-ilova).
5.38. Avtotransport haydovchilari mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil 23 yanvarda 3130-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq to‘lashning umumiy shartlari to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.
VI. MEHNAT INTIZOMI
6.1. Xodimlar tomonidan mehnat vazifalarining bajarilishi mehnat shartnomalari, tarkibiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomlar, mansab yo‘riqnomalari, odob-axloq qoidalari, Maktab-internati Nizomi hamda Ichki mehnat tartibi qoidalariga binoan ta’minlanishini va nazorat qilinishini taraflar o‘z zimmasiga oladilar.
Ichki intizomni belgilovchi hujjatlar bilan xodimlarni tanishtirish Ish beruvchining majburiyati hisoblanadi. Intizom qoidalari bilan tanishtirilmagan xodimga mazkur qoidalarning buzilishi vaji bilan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin emas.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling