Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da ma’qullangan


 Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi


Download 0.57 Mb.
bet23/56
Sana10.07.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1659414
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56
Bog'liq
JSH-maketi

6.2. Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi:
6.2.1. xodimlarni ishdagi muvaffaqiyatlari uchun tarmoq va davlat mukofotlariga taqdim etishni;
6.2.2. xodimlarni mehnatdagi yutuqlari uchun hamda yubiley sanalarida (50, 55, 60, 65, 70 yoshga to‘lganda):
pul mukofotlari bilan;
tashakkur e’lon qilish bilan;
qimmatbaho sovg‘alar bilan;
sayohatlarga yuborish bilan;
Maktab-internatining sanatoriy-profilaktoriysiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda chet elda joylashgan sanatoriylar va dam olish uylariga yo‘llanmalar taqdim etish yo‘li bilan rag‘batlantirishni o‘z zimmasiga oladi.
6.3. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimlar tomonidan ichki mehnat tartibi qoidalariga, mehnat intizomiga rioya etilishiga, mehnat vazifalari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga ko‘maklashib boradi.
6.4. Xodimlar ichki mehnat tartibi qoidalariga, o‘rnatilgan mehnat rejimiga, mehnat intizomiga va dress-kodga rioya qilishlari shart.
VII. MEHNAT ShARTNOMASI TARAFLARINING MODDIY JAVOBGARLIGI
7.1. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi mehnat shartnomasi tarafining boshqa tarafga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplash majburiyatini ifodalaydigan yuridik javobgarlikdir.
Bunda Ish beruvchining xodim oldidagi shartnomaviy javobgarligi Mehnat kodeksida nazarda tutilganidan kam bo‘lmasligi, xodimning ish beruvchi oldidagi javobgarligi esa Mehnat kodeksida nazarda tutilganidan yuqori bo‘lmasligi kerak.
7.2. Ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 320-moddasida nazarda tutilgan hollarga qo‘shimcha ravishda yana quyidagi hollarda Xodimga to‘liq olinmagan ish haqini qoplashi shart:
a) kafolatli to‘lovlar va qo‘shimcha to‘lovlar, kompensatsiya tarzidagi qo‘shimcha to‘lovlar va ustama to‘lovlar, rag‘batlantirish tarzidagi qo‘shimcha to‘lovlar va ustama to‘lovlar hamda mukofotlardan qonunga xilof ravishda to‘liq yoki qisman mahrum qilinish;
b) faoliyatning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI)ni noqonuniy ravishda kamaytirilishi.
v) _______________________________________________________________;
g) _______________________________________________________________.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling