Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida ma’qullangan 2023-yil Bayon № Farg‘ona shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi


Download 108.99 Kb.
bet1/19
Sana29.03.2023
Hajmi108.99 Kb.
#1307387
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
49-DMTT Jamoa shartnomasi 2023



Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida ma’qullangan
«____»___________ 2023-yil
Bayon № _______


Farg‘ona shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi
49-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti


2023-2025 yillar uchun


JAMOA ShARTNOMASI
Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan
jamoa shartnomasiga imzo chekdilar:



Ish beruvchi






Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi




F.M.Ismailova







I.A.Nishonova

(imzo)







(imzo)




«_____»________________2023-yil




«_____»________________2023-yil


Jamoa shartnomasiga imzo chekish vaqtida quyidagilar guvoh bo‘ldilar:

Ish beruvchi vakillari

Xodimlar vakillari

1.




1.




2.




2.




3.




3.




4.




4.




5.




5.






Ushbu jamoa shartnomasi 17 bob, 124 bo’lim hamda 5 ta ilovadan iborat.

I. UMUMIY QOIDALAR


  1. Mazkur jamoa shartnomasi (keyingi o‘rinlarda «Shartnoma») Farg‘ona shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 49-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjat hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, «Aholi bandligi to‘g‘risida», «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida», «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida», «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida», «Ta’lim to‘g‘risida», «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasi va O‘zbekiston O‘zbekiston Ish beruvchilar Konfederatsiyasi o‘rtasida tuzilgan Bosh jamoa kelishuv, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi o‘rtasida tuzilgan Tarmoq jamoa kelishuvi va boshqa huquqiy va me’yoriy hujjatlarga asoslanib ish beruvchi va xodimlarning huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish masalalaridagi hamkorligi to‘g‘risida tuzilgan.

  2. Mazkur Shartnomaning taraflari deb quyidagilar hisoblanadi:

- Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Ismailova fatima Musayevna;
- Xodim Nishonova Iqboloy Azimovna

  1. Shartnoma imzolangan kundan kuchga kiradi va 2025 yilgacha amal qiladi. Belgilangan muddat tugagach, Shartnoma taraflar yangi Shartnoma tuzguncha yoki amaldagi Shartnomani o‘zgartirguncha, to‘ldirguncha amalda bo‘ladi.

  2. Mazkur Shartnoma Ish beruvchiga va MTTning mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan barcha xodimlariga, shu jumladan jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan hamda o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga ham tatbiq etiladi.

  3. Mazkur Shartnomada nazarda tutilgan hollarda uning ayrim qoidalari quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:

  1. xodimning oila a’zolariga;

  2. ushbu tashkilotda uzoq yillar samarali mehnat qilib, ayni paytda pensiyada bo‘lgan shaxslarga;

  3. mazkur MTTda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli zarar etkazilishi oqibatida jabrlangan sobiq xodimlarga;

  4. mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘ligiga boshqacha tarzda shikast etishi sababli vafot etgan xodim karamog‘ida bo‘lgan va zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga;

  5. fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo‘yicha ishlarni bajarayotgan shaxslarga;

  6. kasaba uyushmasi byudjeti hisobidan beriladigan qo‘shimcha imtiyozlar qismida faqatgina kasaba uyushmasi a’zolariga.

6. Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taraflarning o‘zaro kelishuviga asosan Mehnat kodeksida uni tuzish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


  1. Download 108.99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling